Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 1,69 Mb.
bet129/233
Sana12.08.2021
Hajmi1,69 Mb.
#146272
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   233
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida

3-§. Intuitiv bilish
Insonning olamni bilish jarayoni uning sezgilari va ongi zo‘r berib ishlashini talab qilibgina qolmasdan, uning uzluksiz qizg‘in g‘ayrishuuriy faoliyat ko‘rsatishini ham taqozo etadi. Insonning g‘ayrishuuriy bilish faoliyati intuitiv bilish nomini oldi, intuitsiyaning o‘zi esa - bu bilish ob'ektining muayyan sharoitda boshqacha yo‘l bilan asoslab berish mumkin bo‘lmagan xossalarini bevosita, g‘ayrimantiqiy tarzda haqiqat deb bilishdir. Intuitsiya sezgi va aql harakatiga qarshi turmaydi, balki bilishning xissiy va ratsional jihatlari bilan birgalikda chiqib ularni to‘ldiradi.

Inson biron-bir hodisani g‘ayrishuuriy tarzda oldindan sezgan oddiy, kundalik hayotda ham, olim bilib olinmagan jabhada uzoq vaqt adashib toliqib yurganidan keyin to‘satdan uning ko‘z o‘ngida yorishish, insayt sodir bo‘lib, shu asnoda ilmiy kashfiyot yuzaga keladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatida ham intuitsiyaning roli juda kattadir. Akademik N.N.Moiseev hozirgi ilmiy bilishda intuitsiyaning roliga yuqori baho berib, mantiqiy va matematik bilish metodlari qanchalik mukammal bo‘lmasin, ular intuitsiya, tusmol, faraz, sezgirlik, yorishish o‘rnini bosolmaydi, deydi.

Intuitsiya tasavvur bilan uzviy bog‘liqdir, chunki biz biror narsani tasavvur qilar ekanmiz shu tasavvur qilinayotgan obrazga ilgari bilib olingan ob'ektlar belgilarini, tomonlarini intuitiv tarzda nisbat beramiz.

Tasavvur - xissiylik, mantiqiylik va intuitivlikning qotishmasidir, bunda tafakkur xissiy obrazlarni umumlashtiradi va ularga ma'no beradi. Bilishga yangi g‘oyalar kerak, ammo birgina empirik materialning o‘zi buning uchun aslo yetarli emas, rivojlangan intuitsiya, tasavvur, fantaziya kerak. Intuitsiya fenomeni uzoq o‘tmishdan boshlab o‘ziga e'tiborni tortib kelgan. Ved yaratuvchilari, Pifagor va uning izdoshlari, Aflotun va Aristotel o‘zlari bevosita bilish deb tushungan intuitsiya jumbog‘ini ochib berishga uringanlar.

XVII asrda R.Dekart intellektual intuitsiya haqida ta'limot yaratadi. Dekartning fikricha, ilmiy bilish asosida yotgan boshlang‘ich g‘oyalarning haqiqatligi intuitiv tarzda anglab yetiladi, bilish sub'ektining aqli bilan bevosita aniqlab olinadi. Intuitiv bilimga o‘z-o‘zidan ravshanlik, aniqlik nisbat berilgan. Dekart intuitsiya inson aqlining tug‘ma qobiliyati, intuitivlik bilan ratsionallik bir-biri bilan bog‘lik, lekin intuitivlik birinchi o‘rinda turadi va bilishning oliy shaklidir deb hisoblagan.

Intuitiv bilishning to‘satdan, yorishish yo‘li bilan paydo bo‘lishi, natijaning aniqligi, uni mavjud ma'lumotlardan chiqarib bo‘lmasligi, muammo yechimining to‘g‘riligiga ishonch va uni mantiqiy asoslash zarurligini tushunish xissi kabi o‘ziga xos belgilarini qayd etmoq lozim. Fanda ko‘pgina kashfiyotlar intuitiv tarzda amalga oshirilgan. Hozirgi zamon matematikasida yaxlit bir yo‘nalish: intuitsionizm mavjud. Unga nemis filosofi I.Kant, fransuz matematigi va faylasufi A.Puankare va gollandiyalik matematik L.Brauer asos solganlar.

Geometriyada intuitsionizmni asoslab bergan Puankarening fikricha, bilish jarayonida ijod qilish intuitsiyani, g‘ayrishuuriy ishni albatta o‘z ichiga oladi. Bilish quyidagi bosqichlardan tarkib topadi: birinchi urinishda jo‘yali hyech nimaga erishib bo‘lmaydi, so‘ngra ozdir-ko‘pdir uzoqroq tanaffus boshlanadi, uning davomida g‘ayrishuuriy ish qilinadi, shundan keyin ongli ishning yangi bosqichi boshlanadi, u ham natijasizdek tuyuladi, lekin to‘satdan yorishish sodir bo‘ladi, hal qiluvchi fikr tug‘iladi, so‘nggi zaruriy bosqich - vazifaning olingan yechimini tekshirib ko‘rish. G‘ayrishuuriy intuitiv ish faqat undan oldin va undan keyin ongli ish bo‘lgan taqdirdagina samarali bo‘lishi mumkin. Puankare bilish natijalarini ularning aniq bo‘lib tuyulishiga va intuitiv aniqligiga qaramay, albatta tekshirib ko‘rish zarur deydi.

Intuitiv yorishish, tusmollab bilish tegishli muammoni hal qilishga olib kelgan yo‘llarni insonning o‘zi aniq anglamagan holda o‘z-o‘zidan, bexosdan, to‘satdan amalga oshadi. Bunda turli kishilarda turli sharoitlarda intuitsiya ongdan turli darajada uzoqlashgan bo‘ladi. Intuitsiya olingan natijaning mazmuni, harakteri, o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatiga qanchalik chuqur kirib borishi, sub'ekt uchun shaxsiy ahamiyati bo‘yicha o‘zining individual xususiyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga intuitsiya nafaqat hissiy bilishdan, nafaqat abstrakt mantiqiy bilishdan iborat. Unda bilishning shu ikkala jihati mavjud, lekin ular doirasidan tashqariga chiquvchi narsa ham borki, bu intuitsiyani shu shakllardan birontasiga ham mansub deb qarashga imkon bermaydi. Shuning uchun hozirgi zamon bilish nazariyasida intuitiv bilim hissiy bilishga ham, ratsional bilishga ham teng ahamiyatli bo‘lgan o‘rin egallaydi.


3-bob. GNOSeOLOGIYaDA HAQIQAT MUAMMOSI

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish