Mushakka maksimal darajada qisqartira oladigan ta’sirot berib va mushakga
yukning og’irligiga bog’liq. Butun organizm, a’zo yoki to’qima ishlaganidan keyin
Odamning charchashi ergograf degan asbob yordami bilan tekshiriladi. Ergograf
tekshiriladigan kishining bilagi, panjasi, II va IV barmoqlarini mahkam tutib
Ish ritmini, yukning og’irligini yoki ikkalasini o’zgartirib, odamning turli
sharoitda qay tariqa charchashini tekshirish mumkin. Shunga hosil bo’Iadigan egri
53
Ishdagi harakatlarni tekshirish uchun ba’zi olimlar maxsus erograf yasab
mushak charchashini tushuntirish uchun bir necha nazariya bayon qilgan. Ularning
fikricha, charchashning asosiy sababi shundan iboratki, ish natijasida energiya
zaxiralari tugashi, parchalanish mahsulotlari mushakni to’ldirib yuborishi,
charchashga sabab bo’ladi. Ammo bayon qilingan nazariyalardan birontasi ham
charchash hodisasini mukammal tushuntirib berolmadi. Mushak zo’r berib
ishlaganda unda haqiqatan ham parchalanish mahsulotlari, jumladan sut kislotasi
hosil bo’ladi (sut kislotasi ishlayotgan mushakning charchashiga ancha ta’sir
etadi), energiya zaxiralari sarf bo’ladi va hokazo, lekin shu jarayonlardan birontasi
ham ayrim holda charchashni tushuntirishga asos bo’laolmaydi. Bu nazariyalarning
hammasi ham charchashda asab tizimining rolini e’tiborga olmaydi. Xolbuki, ish
qobiliyatining uzoq saqlanishida va charchashning boshlanishida markaziy asab
tizimi hal qiluvchi rol o’ynashini I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, N.Ye.Vvedenskiy va
A.A.Uxtomskiylar o’z tekshirishlarida, shuningdek talabalarda sinovdan oldin va
undan 6 soat keyin mushakning ergogrammasini yozib ko’rsatib berishgan (9-
rasm).
Mushakning refleks yo’li bilan ta’sirlanib charchashni N.Ye.Vvedenskiy
maxsus tajribada ko’rsatgan. U markazga intiluvchi ikki turli asabni ta’sirlab,
mushakni qisqartirish ustida tajriba o’tkazgan. Markazga intiluvchi asablardan bir
xilini ta’sirlash natijasida mushak charchagan. Mushakning charchaganligi ma’lum
bo’lgaeh, markazga intiluvchi asablarning ikkinchisiga ta’sir etilgan. Mushak shu
ta’sirotga javoban avvalgidek kuch bilan qisqargan. Shunga asoslanib, awalo
mushak emas, markaziy asab tizimi charchaydi deb xulosa chiqarilgan.
Odam qo’lining mushaklari charchaganda dam olish vaqtida ikkinchi qo’l
bilan ish bajarilsa, yuk ko’tarishda charchagan qul mushaklarining ish qobiliyati
tez tiklanishini birinchi marta I.M.Sechenov (1903) ko’rsatib berdi. Charchagan
qo’l mushaklarining ish qobiliyati harakat faolligining boshqa turlarida, masalan,
oyoqning turli mushaklari ishlaganda ham tez tiklanishi mumkin. I.M.Sechenov
bunday dam olishni anchayin tinch turishdan farq qilib, faol dam olish deb atagan
edi. Sechenov bu dalillarga avvalo asab markazlarining charchashini ko’rsatuvchi
54
dalil deb qaragan edi.
Ishontirish ustidagi tajribalar butun organizmdagi charchash jarayonining
kelib chiqishida asab markazlari holatining o’zgarishi katta rol o’ynashini
ko’rsatuvchi ishonchli dalil bo’la oladi. Masalan, tekshirilayotgan kishiga
yengilgina savat ko’tarib turibsan deb ishontirilsa, u og’ir qadoq toshli savatni
uzoq ko’tarib tura oladi. Yengil savatni ko’tarib turgan kishiga og’ir qadoq tosh
tutqazildi deb ishontirilsa, aksincha, u tez charchaydi. Ayni vaqtda puls, nafas olish
va gazlar almashinuvi odamning haqiqatda qilayotgan ishiga emas, balki ishontirib
aytilgan gapga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: