3)
nafas chiqarishning zahira hajmi (N.Ch.Z.H.) - zahira havo-nafas
chiqarilganidan keyin yana chiqarilishi mumkin bo’lgan gazlarning maksimal
hajmi;
4)
qoldiq havo hajmi (Q.H.H.) - maksimal darajasida havo chiqarilganidan
keyin qolgan gazlarning hajmi (qoldiq havo).
Tashqi nafas olish tizimining muhim funksional tavsifini o’pka hajmlarini:
o’pkaning umumiy sig’imi (O’.U.S.) - o’pkaning tiriklik hajmi (O’.T.H.) va
qoldiq sig’imni (Q.S.) qo’shishdan olinadigan ma’lumotlaridan olish mumkin.
O’pkaning tiriklik sig’imi (O’TS) xususiy bahosining ahamiyati solishtirish yo’li
bilan olinadi va qator formulalar taklif qilingan. Bu formulalar yordamida jTS
ko’rsatkichlari aniqlanadi
O’TS erkaklar uchun (27.63 - 0,112 x Yo) xB
O’TS ayollar uchun (21,78-0,101 x Yo) xB
Bu Yo - yosh (yillarda) B-bo’y uzunligi, sm)
Sportchilarda O’TS ko’rsatkichi juda keng miqyosda o’zgarib turadi - 3
litrdan 8 litrgacha.
O’pka ventilyasiyasi (O’.V) tashqi nafasning muhim funksional holatlarining
ko’rsatkichi hisoblanadi. U o’pkaga olinayotgan va chiqarilayotgan havo
hajmining 1 daqiqa mobaynidagi miqdori bilan xarakterlanadi. Tinch holatda o’pka
ventilyasiyasi mo’tadil mezonga teng (5-12 1/daqiqa), ayrim hollarda bu
ko’rsatkich biroz ko’tarilgan bo’lib, 18 1/daqiqa ga yetadi.
Nafas hajmi sport bilan shug’ullanuvchilarda ko’pchilik hollarda ancha katta
bo’lishi mumkin va u o’rtacha 1000-1300 ml.gacha yetadi. Tinchlik sharoitida
nafas tezligi 1 daqiqada 10-16 martagacha yetadi. Jismoniy ish bajargan paytda
N.H.T. (nafas hajmi tezligi) 1 daqiqadagi miqdori 50-61 martagacha ortishi
mumkin.
Eksperimentlarni o’tkazish tartibi.
-
Niqobni yuzga moslashtirib asbobga organizmning moslanishini
ta’minlash maqsadida 2 daqiqa mobaynida puflash;
-
Nafas harakatining tezligini aniqlash;
46
-
Pulsni sanash va jadvalga qayd qilish;
-
O’pka ventilyasiyasi va nafas tezligi miqdorini sanab yozish;
-
10-15 daq. mobaynida asbobga maksimal nafas olish va chiqarish
(O’.T.S.) va jadvalga yozish.
Yurakning qisqarish tezligini (Yu.Q.T.) sportchilarda o’rganish turli yo’llar
bilan olib borilishi mumkin. Shulardan eng oddiysi va keng qo’llanilayotgan usul-
palpasiya usulidir. Bu usul yuzada joylashgan arteriyalami paypaslash (yelka,
bilak, uyqu va chakka) va ushbu arteriyalar bo’yicha bir daqiqa mobaynidagi puls
to’lqinlarini sanashdan iboratdir. Lekin, ko’pchilik hollarda puls to’lqinlarining
o’zgarishi 10, 15, 00 yoki 30 soniya mobaynida sanalib, so’ngra o’zaro mos holda
6, 4, 3 yoki 2 ga ko’paytirilib, 1 daqiqadagi miqdori aniqlanadi. Sport usulida
bunday ekspress usul, ular jismoniy ish bajarganida Yu.K.T. ni hisoblashda
noto’g’ri ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Shu sababli, ayrim mufaxassislar
ma’lum vaqt birligi, ichida 20-30 puls to’lqinlarini sanab olib, so’ngra ushbu
miqdorni 1 daqiqadagi vaqtga aylantirish yo’li bilan 1 daqiqadagi Yu.K.T. aniqlash
usulini qo’llashni maslahat beradilar.
Kardiogrammani aniqlash uchun «Salyut» portativ kardiografdan foydalanildi.
Eksperimentlarda ishtirok etuvchilar safiga qo’shish uchun o’rganiluvchiga
(erkaklarga) quyidagi talablar qo’yiladi:
To’lig’ichajismoniy sog’liq.
6-rasm. Elektrokardiogrammalar va EKG ni mezoniy va ko’kraklarda o’tkazish paytida
elektrodlarni qo’yish chizmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |