Odatiy iqlimiy o’zgarishlar insonda fiziologik o’zgarishlarga sabab bo’ladi.
Bu iqlimga moslashuv akklimatizatsiya deyiladi (Smirnov, Dubrovskiy, 2002;
hosil qilingan ko’nikma moslashish faoliyatini tushinamiz. Adaptatsiya orqali
gomeostaz bir darajada saqlanib turadi, organizmni yomon sharoitlarida ham ishga
layoqatlik qobiliyatini saqlaydi. Organizm tashqi muhitning ba`zi omillariga to’la,
ba`zilariga esa qisman moslashishi mumkin (Txorevskiy, 2001; Nuritdinov va
10
boshqalar, 2013; Solodkov, 1988, 1990, 1995; Kots, 1986; Zimkin, 1984; Fomin,
1992). Ekstremal (favqulodda) vaziyatlarda ko’p bo’lishi kasallika olib keladi
(Aver’yanov, 1988; Agadjanyan, shabatura, 1989; Anoxin, 1975; Dubrovskiy,
1998, 2005; Sterki, 1984; Xedman, 1980; Astrand, 1970).
Fiziologik adaptatsiyaning birinchi etapida organizmning shartli reflektor
faoliyati faollashadi. Kutilmagan omillar organizmning gomeostatik sistemasida
o’zgarishlarga sabab bo’lib, gomeostaz bunday sharoitlarda tana muvozanatini
saqlaydi. (Borodyuk, 2000; Bulatova, 1996; Butuzova, 2004; Vaytsexovskiy,
1986; Verxoshanskiy, 1987; Viru, 1981; Visochin, 2002; Garkavi, 1990;
Kamolova, 2013; Meerson, 1988). Shartli reflektor faoliyati keyingi ta`sirlarga
befarq bo’lib, bosh miya asablarining ko’zg’alishi tormozlanadi, ya`ni tashqi
ta`sirlovchi omillariga befarq bo’lib, unga moslashadi. Hamma sportchilar ham
tezda tashqi muhitga ko’nikavermaydi. Bunda jins, yosh, asab sistemasi tipi,
sog’liq, funktsional holat (sportchining tayyorgarligi), ruhiy emotsional barqarorlik
va organizmning zaxiraviy manbasi muhim ahamiyatga ega. (Meerson, 1986;
Mishenko, 1990; Mizjuxin, 1984; Platonov, 1988, 2004; Sel’i, 1990; Uilmor,
Kostil, 2001; Fomin, 2003; Xaritonov, 1991; Carolan, 1992; Costill, 1978;
Yoldspink, 1992; Wilmore, 1995).
Sportchilarda har xil geografik iqlim sharoitida tayyorlanish to’g’ri keladi.
Bunda organizm retseptorlarining moslashuv jarayoni alohida e`tiborga molik.
Barcha
retseptorlar
ularning
tuzilishidan
qat`iy
nazar
tez
va
sekin
moslashuvchilarga bo’lidani [Horn, 2002; Paula, 2001; Fox, 1993; Foss, 1998].
Tezlik bilan yuzaga keladigan adaptatsiya reaktsiyasi ta`sir boshlangan zahoti hosil
bo’lib, oldin shakllangan tayyor fiziologik mexanizm orqali amalga oshadi. Bu
davrning muhim tomoni shundan iboratki, organizmning faoliyati fiziologik
imkoniyat chegarasida o’tadi va to’liq darajada kerakli adaptatsiya samarasini
ta`minlaydi. Tezlik bilan yuzaga keladigan adaptatsiyaga g’ayriodatiy ta`sir tufayli
ularga javoban yuzaga keladigan reaktsiyalar kiradi (Azimov, Sobitov, 1993).
Fiziologik adaptatsiyaning zaxiralari organizmning odatdagidan tashqari
sharoitlarida ishga safarbar etiladi. Bu zaxiralarga birinchi navbatdagi zaxiralardan
11
tashqari hayajonlanish (emotsiya) mexanizmi ham qo’shilib, ularning ishga
tushishi «aktivlanish reaktsiyasi» tarzida bo’ladi (Smirnov, Dubrovskiy, 2002).
Sport musobaqalari va mashq qilish jarayonlari hamma vaqt ham organizm
hayot faoliyati uchun qulay sharotlarda o’tkazilavermaydi. Organizmning hayot
faoliyati uchun noqulay bo’lgan sharoit fiziologik jarayonlarni o’zgartirish bilan
birga fiziologik funktsiyalarni ham izdan chiqaradi (Txorevskiy, 2001; Solodkov,
Sologub, 1999; Nuritdinov, 2005; Xaydarov, Nuritdinov, 2007; Nuritdinov, 2013;
Dubrovskiy, 2005). Atrof muhitning harorati, namligi, havoning tarkibi, kislorod
etishmasligi (gipoksiya) qo’yo nurining intensivligi va boshqa omillar optimal
darajada bo’lganida organizm tarkibidagi organ va ssistemalar funktsiyasi o’z
me`yorida bo’ladi, kishi o’zini yaxshi his qiladi, ish qobiliyat ko’tariladi, ishga tez
kirishadi, unda charchash kech rivojlanadi, ish unumi oshadi (Gerasimova, 1991;
SHevchenko, 2000; Grishenko, 2000; Nozdrachev va boshqalar, 2001; Rozenfel’d,
2004; Henriksson, 1992; Lambert, 2002; Smith, 2002; Viru, 1995; Thomas, 2001).
Do'stlaringiz bilan baham: