3.4. Mushaklarning charchashi
52
3.5. Jismoniy mashq qilish (trenirovka)
54
3.6. Ish paytida fiziologik funksiyalarning holati.
61
3.7. Charchash va uning rivojlanish mexanizmlari
62
3.8. Tiklanish
63
IV. Bob. Tashqi muhitning alohida sharoitlarida odamlar
qobiliyatining fiziologik asoslari
65
4.1. Harorat yuqori bo’lgan sharoitlarda organizm
funktsiyalarining o’zgarishi
66
4.2. Sportchining yuqori haroratli sharoitga adaptatsiyasi (moslashishi)
72
4.3.
Yuqori haroratli sharoitlarga moslashishda yuzaga keladigan
fiziologik o’zgarishlar
73
MUHOKAMA
75
XULOSALAR
79
TAVSIYALAR
80
ADABIYOTLAR RO’YXATI
82
4
KIRISH
1.
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
«Madaniyat» tushunchasi dastavval Qadimgi Rimda «natura» ya`ni tabiat
tushunchasiga muqobil holda foydalanilgani yaxshi ma`lum. «Madaniyat»
tushunchasi odata qayta ishlov berilgan, qaytadan bajarilgan, sun`iy yaratilgan nav
va zotlarni belgilab bergan ya`ni tabiiy dastlabki yuzaga kelgan, yovvoiy
holatdagiga qarama-qarshi bo’lgan insonlar tomonidan parvarish qilinayotgan va
yovvoiy holda rivojlanayotgan organizmlarni farqlash uchun foydalanilgan.
«Madaniyat» tushunchasi vaqtlar o’tish bilan, ular o’zlarining umumiy
xususiyatlari bilan tabiyiga qarama-qarshi, tabiatga bog’liq bo’lmagan va odamlar
mehnati bilan yuzaga kelgan, o’ziga juda keng qo’lamdagi predmetlar, hodisalar,
jismoniy harakatlarni qamrab oldi.
Jismoniy madaniyat, madaniyatning bir ko’rinishi bo’lib, inson tabiatini
jismonan qayta qo’rilishi va dunyo qonuniyatlarini anglab etishga erishiladigan
natijalar, odamlar salomatligining holati, uning ijodiy mehnatining davomiyligi,
jamiyat hayotining turli jabholarida samarali mehnat qilishga jismoniy
tayyorgarlik darajasi va jismoniy imkoniyatlari shaklida qayd qilinadi.
Odamlarning ko’pincha o’zlarining iqtisodiy ilmiy, jismoniy va boshqa
mavkurasidan kelib chiqib, noqulay sharoitlarni o’zlarining vaqtinchalik yoki
doimiy yashash joylarida aylantirganlar.
Hozirgi vaqtda turli ekstremal sharoitlarning organizmga ta`siri haqida etarli
ma`lumotlar to’plangan bo’lsada jismoniy sifatlar va sport tayyorgarligi haqida
aniq ma`lumotlar etarli emas. Sport turi, musobaqa tavsifi, sportchilar tayyorgarlik
darajasi, sportchining funktsiyalari, ularning boshqarilishi va rivojlanishi kam
o’rganilgan yoki qarama-qarshi xulosalar qilingan.
Ma`lumki, oliy malakali sportchilar zahirasini tayyorlashdan maqsad
shundaki, yosh sportchilar yuqori natijalar sportiga o’tar ekanlar, oliy toifali
sportchi bo’lishlari uchun barcha imkoniyatlarga ega bo’lishlari kerak.
Yosh avlodning har tomonlama barkamol bo’lishida jismoniy madaniyat
5
asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Mustaqilligimiz tufayli ishlab chiqilgan
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabi hujjatlarda mamlakatimizda ta’lim
tizimini takomillashtirish va Vatanning ravnaqini taminlaydigan yosh avlodni
tarbiyalab voyaga yetgazish uchun muhim tadbirlar ko’zda tutilmoqda.
O’quvchilarni jismoniy jihatdan ilmiy-nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularni
bu boradagi ko’nikma va malakalar bilan oshno qilish jismoniy tarbiya va sport
fiziologiyasining asosiy vazifalaridir. Sportchilarning turli tabiiy sharoitlarga
moslashishi (adaptasiyasi), ularni jismoniy rivojlantirish va ularga sport
fiziologiyasi bo’yicha bilim berish asosiy vazifalardan biridir.
Jismoniy mashqlar har bir insonning hayotida muhim, lekin har xildagi
ahamiyat kasb etadi. Bu esa organizmning individual morfologik va fiziologik
(funksional) xususiyatlariga bog’liqdir. Masalan, jismoniy rivojlanishdan qolgan
yosh bolalar uchun korreksiyalovchi jismoniy mashqlar zarur bo’lsa, boshqalari
uchun, yani qaysidir sport turi bo’yicha rekord natijalariga erishish imkoniyatiga
ega bo’lganlar uchun esa sport bilan jaddal shug’ullanishni tavsiya qilish mumkin.
Sportga tanlash - bu tanlab olinadiganlarni qobiliyatini oldindan aniqlash asosida
sport faoliyatini bajarishi mumkin ekanligini tasdiqlashdir. Sportga tanlash -
murabbiv faoliyatining ajralmas qismidir.
Tayyorgarlik ko’rish darslarida yoki musobaqalar paytida odam organizmida
yuz beradigan funksional holatlarning uch davri farqlanadi: Startoldi, asosiy ishchi
va tiklanish davrlari. Musobaqalar boshlanishidan bir necha daqiqa yoki soat oldin
yurakning qisqarish chastotasi, qon aylanishining sistolik va daqiqalik hajmi
ortadi, arterial qon bosimi ko’tariladi, o’pka ventilyasiyasi, energiya xarajati, tana
harorati va organizmni neyro-gormonal tizimlarining faoliyati oshadi. Bu
reaksiyalarning ortishi yoki susayishi shartsiz va shartli reflektor faoliyati orqali
amalga oshiriladi.
Sport mashqlarini bajarish oldidan insonning ish qobiliyatini sekin-asta
oshirib borishi tayyorgarlik ko’rish deb ataladi. Bu vaqtda harakat va vegetativ
funksiyalarning yangi, ancha kuchlanishi, faoliyati, tartibini va harakat
uyg’unligining boshqarilishini neyrogumoral mexanizmlarini qayta shakllanishi
6
yuz beradi.
Tayyorgarlik ko’rish paytida fiziologik tizimlar faoliyatining kuchayish tezligi
bir xil bo’lmaydi. Yuqori qo’zg’aluvchanlik va labillik xususiyatiga ega bo’lgan
harakatlanish apparatlari yangi ish darajasiga vegetativ tizimga nisbatan ancha tez
moslashadi. Masalan, jadal yugurish paytida harakatning maksimal tezligiga 5-6
soniyalarda erishiladi. Shu vaqtning o’zida mushaklarning arterial qon tomirlari
60-90 soniyalar davomida kengayadi, lekin yurakning qisqarish chastotasi, sistolik
hajm va kislorodning daqiqalik hajmlari esa o’zlarining maksimal darajasiga faqat
1,5-2 daqiqadan keyin yetadi. Hattoki, maksimal aerob quvvatli ish paytida talab
qilingan kislorodni istemol qilish darajasiga faqat 2-3 daqiqadan keyingina
erishiladi.
Shunday qilib, ish paytida fiziologik funksiyalarning haqiqiy va
yolg’ondakam turg’un holatlari farqlanadi.
Haqiqiy turg’un holat, harakat apparatlarining va ularning taminlanishida
ishtirok etuvchi vegetativ tizimlarning yuqori darajada kelishishi bilan
xarakterlanadi. «Yolg’on» turg’un holatda esa mushaklar kislorodga bo’lgan
talabni qondirolmaydi. Bu juda ajoyib fenomenning fiziologik mexanizmlari
haligacha o’rganilmagan va ushbu soha bo’yicha qator izlanishlar olib borilishi
talab qilinadi.
Jismoniy madaniyat va sport sohalarida rejalashtirilgan natijalar jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturi bilan bog’liq bo’lib, shaxsni har tomonlama
va garmonik rivojlanishini taminlashni, uning jismoniy va manaviy kuchini ancha
to’liq ochib berishdan iborat. Jismoniy tarbiyalashning maqsadi uning amalda
yo’naltirilishi bilan konkretlashtiriladi va o’sayotgan avlodni faol ijobiy mehnatga
va vatan himoyasiga har tomonlama jismoniy jihatdan tayyorlashda yordam beradi.
Amaliy yo’nalishi shundan iboratki, sportchilarning jismoniv imkoniyatlarini
maksimal darajada rivojlanishini belgilab beradi, jismoniy tabiatni chegarasinigina
aniqlaydi. Bu chegaraning ko’lamidan chiqish uchun sportchilarning funksional
imkoniyatlarini maksimal darajada ochish imkoniyatini beradi.
Hozirda asosiy funksional tizimlarda (nafas, yurak- tomirlar, gemodinamika
7
va nerv-endokrin tizimlar) da yuz beradigan o’zgarishlarning yo’nalishlarini
ko’rsatib berishi mumkin. Ammo turli sharoitlarda odam organizmining
bosqichma-bosqich moslashish harakteri eng kam o’rganilgan jabhadir. Shu bilan
birga, muammoning bu tomonini o’rganish va ilmiy asoslash sport fziologiyasi va
sport tabbiyoti uchun ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega.
Yuqorida keltirilgan ilmiy asoslarga ko’ra tinchlik paytida ham jismoniy
yuklama bajarilganidan keyin ham nafas va qon aylanish kabi hayotiy muhim
tizimlarning faoliyati amalda organizmdagi zahiralarning kamayishi yo’nalishida
borishini ko’rsatadi.
Tayyorgarlik ko’rish darslarida yoki musobaqalar paytida odam organizmida
yuz beradigan funksional holatlarni aniqlashdan iborat. Sportchilarning emosional
statusi va fiziologik funksiyalarining o’zgarish harakterlariga bog’liq holda
funksional holatlarning o’zgarishini hamda razmerini, tayyorgarlik ko’rish va
jismoniy ish paytida fiziologik funksiyalar holatini aniqlashdan iborat edi.
Charchashni yoyilishi va rivojlanish mexanizmlari hamda asab-mushak sinapsidagi
o’zgarishlarini belgilab olish va vegetativ funksiyalar holatlarini aniqlash ushbu
ishning asosiy maqsadi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |