Axmadaliyev murodjonning


Pedagogika tizimida oʻqituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligini shakllantirish xususiyatlari



Download 0,99 Mb.
bet5/10
Sana31.10.2020
Hajmi0,99 Mb.
#51678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi tekshirilgan

2. Pedagogika tizimida oʻqituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligini shakllantirish xususiyatlari

Kasbiy tayyorgarlik murakkab va koʻp qirrali jarayon hisoblanib, uning negizida muayyan kasb boʻyicha muvaffaqiyatli ishlashni ta’minlovchi imkoniyatlar, shaxsning yoʻnalganligi, kasbiy bilim, koʻnikma, malaka va kasbiy sifatlar, mehnat tajribasi yaxlit majmua koʻrinishida namoyon boʻladi.

Shaxsning pedagogik faoliyatga yoʻnalganligi uning dunyoqarashi, pedagogik kasbga qiziqishi, u bilan shugʻullanishga boʻlgan layoqati belgilanadi.

N.V.Kuzmina shaxsning pedagogik faoliyatga yoʻnalganligi uch xil holatda boʻlishini ta’kidlaydi:

1) haqiqiy pedagogik;

2) rasman pedagogik;

3) yolgʻon pedagogik yoʻnalganlik.

Pedagogik faoliyatni tashkil etishda faqatgina birinchi holatdagi pedagogik tayyorgarlik yuqori natijalarni qoʻlga kiritilishiga yordam beradi. Haqiqiy pedagogik yoʻnalganlikning asosiy motivi pedagogik faoliyatga qiziqish hisoblanadi.

Tadqiqotchilar (N.V.Kuzmina, G.A.Myurrey, A.Adiner, N.A.Aminov va boshqalar) shaxsning pedagogik faoliyatga intilish motivlarini oʻrganar ekanlar, ularni quyidagi uch turga ajratadilar:

- majburiylikka asoslanuvchi sabablar mavjudligini ifodalovchi motivlar;

- muayyan fanlarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishga asoslanuvchi motivlar;

- bolalar bilan muloqotga intilish ehtiyojining mavjudligini aks ettiruvchi motivlar.

Koʻrib chiqilgan ushbu jihatlar tahlil etiladigan boʻlsa, kasb tanlash motivlarining asoslanganligi pedagogik faoliyat choʻqqisiga erishishining muhim subyektiv omillaridan biri boʻlibgina qolmay, ayni vaqtda kasbiy tayyorgarlikning umumiy holatiga ham sezilarli ta’sir koʻrsatadi. Boʻlajak oʻqituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida ularning kelgusida kasbiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan shaxsiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik hamda jismoniy sifatlarga egaliklari va ularning rivojlanganlik koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Zero, har qanday kasbiy faoliyat insondan muayyan hislatlarga egalikni talab etadi.

Zamonaviy pedagogik tadqiqotlarda, xususan, M.Inomova tadqiqotlarida zamonaviy oʻqituvchining ma’naviy-axloqiy sifatlarini “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunidan kelib chiqib quyidagicha tasvirlaydi:

1) oʻqituvchi pedagogik faoliyatga qobiliyati bor, ijodkor ishbilarmon, insonparvar boʻlmogʻi;

2) milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglaydigan va mukammal egallagan, diniy va dunyoviy bilimlardan ogoh, ma’naviy-axloqiy barkamol inson sifatida obroʻ-e’tiborga ega boʻlmogʻi;

3) pedagogik kasbga doir bilimlarni, ya’ni psixologik, pedagogik malaka va mahoratni, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni puxta egallagan boʻlishi;

4) bolalarni sevishi, ularning ruhiyatini yaxshi bilishi, shuningdek, yosh va individual xususiyatini hisobga olgan holda ular bilan muomalaga kirisha olishi;

5) oʻqituvchi oʻtkir suxandon, mantiqiy fikrlovchi, oʻquvchilarga berilishi lozim boʻlgan ma’lumotni izchil va ketma-ketlik tamoyili asosida yetkazishi kabi bir qator talablarni keltiradi.

M.G.Davletshin esa oʻz izlanishlarida oʻqituvchi qiyofasida aks etishi zarur boʻlgan shaxsiy va kasbiy sifatlarni yaxlit majmua tarzida quyidagicha ifodalaydi:

1. Oʻqituvchining shaxsiy hislatlari (bolalarni yaxshi koʻrish, ularni sevish; amaliy-psixologik aql-farosatlilik; mehnatsevarlik; jamoat ishlarida faollik; mehribonlik; kamtarlik; odamiylik, dilkashlik; uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega boʻlish; oʻz bilimini oshirishga intilish).

2. Kasbiga xos bilimlarga egalik (ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi; psixologiya asoslarini, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi; etnopsixologik bilimlarni egallashi; hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini va uning metodologiyasini bilishi; maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi; oʻz fanini oʻqitish metodikasini bilishi; oʻquvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi; ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi).

3. Oʻz kasbiga xos hislatlarga egalik (milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini tushunishi; zamonaviy maktabda olib boriladigan oʻquv-tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an’analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi; oʻqituvchining kuzatuvchanligi; oʻz diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi; pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi; oʻziga tanqidiy munosabatda boʻlishi; oʻzini qoʻlga ola bilishi, oʻzini tuta olishi; pedagogik takt; nutqning emotsional ifodalanishi).

4. Shaxsiy-pedagogik uddaburonligi (dars mashgʻulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi; oʻquvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi; ta’lim va tarbiya jarayonida oʻquvchilar ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi; pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi; bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda oʻz faoliyatini rejalashtirishni bilishi; oʻquv maqsadlarini rejalashtira olishi; oʻzini ta’lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi).

5. Tashkilotchilik malakalariga egalik (bolalar jamoasini uyushtira bilishi; turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi; bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olishi; amaliy masalalarni hal etishda oʻzining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qoʻllay olishi).

6. Kommunikativlik malakalariga egaligi (bolalarni oʻziga jalb etishni bilishi; bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatni tartibga solishni bilishi; bolalarning jamoalararo va jamoa ichidagi oʻzaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi; bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bogʻlashni bilishi).

7. Gnostik malakalarga egaligi (bolalarning asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi; oʻzining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi; boshqa oʻqituvchilarning tajribalarini oʻrganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) toʻgʻri xulosa chiqara olishi; psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi; oʻquvchilarni toʻgʻri tushunib, ularning xulq-atvori sabablarini tushuntirishni bilishi).

8. Ijodiy hislatlarga egalik (pedagogik mahoratni takomillash-tirishga intilishi; oʻquvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati; oʻzini oʻquvchi oʻrniga qoʻyib, boʻlib oʻtgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi; avvalgi voqea-hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati; oʻzining oʻquvchiga pedagogik ta’sir natijalarini oldindan koʻra bilishi.

Pedagogika kolleji bitiruvchilari asosan uzluksiz ta’lim tizimining muhim boʻgʻinlaridan boʻlgan umumta’lim maktablarida faoliyat yuritishini e’tiborga olinsa, ularning kasbiy tayyorgarligi mazmuni mazkur ta’lim muassasalari tarbiyachi-pedagoglariga qoʻyiladigan kasbiy-malakaviy talablar doirasida belgilanishi va tashkillashtirilishi talab etiladi. Oʻrta maktab oʻqituvchisining pedagogik faoliyatini tavsiflashda koʻpchilik olimlar N.V. Kuzmina va Z.F. Yesarova tadqiqotlariga tayanadilar. Ular tarbiyachi-pedagogning kasbiy tayyorgarligida quyidagi komponentlarni farqlaydilar:

1. Bilimdonlik (gnostik qobiliyatga egalik).

2. Konstruktivlik (loyihalay olish qobiliyatiga egalik).

3. Kommunikativlik.

4. Tashkilotchilik.

Bilimdonlik (yunoncha ―gnosis‖ – ―bilish‖) pedagogning bilim sohasiga taalluqli boʻlib, uning oʻz fanini chuqur bilishi, muloqotchanligi, tarbiyachi-pedagogning psixologik xususiyatlari, oʻzini anglashga doir bilimlarini oʻzida mujassam etadi.

Konstruktivlik (loyihalay olish qobiliyatiga egalik) – bu pedagogning shaxsiy faoliyati va tarbiya maqsadlarini hisobga olgan holdagi faolliklarini alohida loyihalashtirishni koʻzda tutadi.

Kommunikativlik – bu tarbiyachi-pedagogning alohida xususiyati boʻlib, unda oʻquvchilar va hamkasblari bilan oʻzaro hamkorlik muloqoti nazarda tutiladi. Bunda pedagogik faoliyatning samaradorligi uning muloqotchanligiga bogʻliq boʻladi. Muloqot didaktik asosga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim. Shu bilan birga bu komponent tarbiyachining bolalar bilan muloqotda boʻlishiga, oʻquvchilarga yondashish uchun toʻgʻri yoʻl topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq oʻzaro aloqa bogʻlashga, pedagogik shaklning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatidir.

Tashkilotchilik – tarbiyachi-pedagogning oʻz shaxsiy faoliyati, shuningdek, oʻquvchilar faoliyatini metodik jihatdan toʻgʻri tashkil eta olish malakalariga egaligi boʻlib, ta’lim jarayonida muvaffaqiyatga erishishning muhim shartlaridan biri sanaladi. Oʻqituvchining tashkilotchilik qobiliyatiga egaligi, birinchidan, oʻquvchilar jamoasini uyushtira bilish, unda jamoani jipslashtira olish, ikkinchidan, oʻzini shaxsiy ishini toʻgʻri tashkil qila olishda namoyon boʻladi.

Shuni alohida ta’kidlab oʻtish kerakki, tarbiyachi-pedagog kasbiy qiyofasida aks etishi lozim boʻlgan mazkur sifatlar ularning nafaqat oʻquvchilar bilan oʻzaro aloqaga kirishishlarida aks etib qolmay, shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

N.V. Kuzmina va Z.F. Yesarovalarning tarbiyachi-pedagogning kasbiy tayyorgarligi borasidagi yondoshuvlari yetarlicha ilmiy-nazariy asoslangan boʻlsa-da, tarbiyachi-pedagogning kasbiy tayyorgarligi negizida aks etishi nihoyatda zarur boʻlgan ijodkorlik koʻnikmalari mualliflarning nazaridan chetda qolgan. Zero, kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy yondashmasdan turib, ta’lim va tarbiya ishlarini maqsadga muvofiq loyihalashtirish, amalga oshirish mumkin emas.

Koʻrinib turibdiki, mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi va pedagogik mahorati unda nafaqat kasbiy bilimlarni kerakli darajasini, balki, psixologik tayyorgarlikni, oʻzini-oʻzi va oʻquv-tarbiya jarayonini boshqarish, oʻzini kerakli faoliyatga yoʻnaltirish, kasbiy, ma’naviy, jismoniy va shaxsiy imkoniyatlarini kerakli sharoitda qoʻyilgan masalani hal etishga toʻgʻri yoʻnaltira bilish kabi kasbiy koʻnikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Chunki, aynan shu koʻnikmalar kasbiy tayyorgarlikning shakllanishidagi zaruriy fenomenlar sifatida baholanadi. Bu esa, pedagog mutaxassislar kasbiy mahoratiga qoʻyilayotgan talablar nafaqat kasbiy bilimlarning kerakli darajasini, balki, psixologik tayyorgarlikni, oʻzini-oʻzi va oʻquv-tarbiya jarayonini boshqarish, oʻzini kerakli faoliyatga yoʻnaltirish, kasbiy, ma’naviy, jismoniy va shaxsiy imkoniyatlarini kerakli sharoitda qoʻyilgan masalani hal etishga yoʻnaltira bilish qobiliyatini shakllantirishni ham nazarda tutadi. Shu nuqtai nazardan pedagogika oliygohlaridagi oʻquv-tarbiya jarayonini modernizasiyalash pedagog mutaxassislar kasbiy tayyorgarligini shakllantirish jarayonining mazmuniga zaruriy oʻzgartirishlarni kiritishni talab etadi va bu oʻzgarishlar quyidagi aspektlar boʻyicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiq sanaladi:

- kasbiy sifatlarning shakllanishi – pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining muhim omillaridan biri boʻlib, ular maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatliylik, tirishqoqlik, kuzatuvchanlik kabi sifatlardan tarkib topadi, unda ijtimoiy faollik, jamiyatda kechayotgan ijtimoiy jarayonlar hamda ta’lim muassasasi hayotida faol ishtirok etish, turli tashabbuslarni ilgari surish, ularni amalga oshirishda shaxsiy namuna koʻrsatish, umummilliy moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yanada boyitishga bevosita hissa qoʻyish layoqatiga egalik talab etiladi.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish