Axmadaliyev murodjonning



Download 0,99 Mb.
bet4/10
Sana31.10.2020
Hajmi0,99 Mb.
#51678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi tekshirilgan

Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.


ASOSIY QISM

  1. Pedagogika tizimi haqida tushuncha

Ta’limning mazmuni uning vazifalaridan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni ilmiy bilimlar, koʻnikma va malakalar tizimidir. O‘quvchi ilmiy bilim, koʻnikma va malakalarni egallash jarayonida aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiradi, dunyoqarashi, axloqi shakllanadi, hayotga, mehnatga tayyorlanadi. Ta’lim mazmuniga insoniyat toʻplagan barcha ijtimoiy tajribalar kiradi. Uning mazmuni, hajmi, ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan-texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ya’ni uning mazmuniga tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri haqidagi bilimlar, hozirgi zamon fani, texnikasi, madaniyati, ishlab-chiqarishdagi yangiliklar kiritiladi. Ta’limning mazmuni o‘zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi.

Bugungi kunda ta’limning mazmuni O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻg‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalardan kelib chiqadi. Ta’lim mazmuni jamiyat umumiy o‘rta ta’lim oldiga qoʻyayotgan talab-buyurtma asosida belgilanishi kerak. Ya’ni inson nimani bilishi, o‘rganishi, qanday insoniy fazilatlarga ega boʻlishi haqidagi savollarga javob berishi kerak.

Ta’lim jarayoni oʻquvchilarda: bilimdonlik, mustaqil fikrlash, ijodkorlik, tirishqoqlik, tashabbuskorlik, ziyraklik, intizomlilik, qiziquvchanlik kabi hislatlarni shakllantiradi. Tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuriga munosabati ham ta’lim mazmunini belgilashga, ta’lim olishga yordam beradi. Oʻquvchi oʻzida shakllangan munosabatlarga asoslanib tevarak-atrofdagi narsalarni, voqealarni baholaydi; oq-qorani ajratadi, ilmiy va g‘ayriilmiy hodisalaming farqiga boradi.

Ta’lim mazmuniga kiritilgan o‘quv materiali yuqori ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlishi, ta’lim jarayonining imkoniyatlariga mos boʻlishi (ta’limni tashkiliy shakllari, qonuniyatlar, tamoyillari, usullari, oʻquvchilarning umumiy rivojlanishi darajalariga, maktabning o‘quv-metodik hamda moddiy holati hisobga olinishi) lozim.

Shuningdek, ta’lim mazmunini belgilashda maktabda o‘qitiladigan barcha fanlarning o‘ziga xos xususiyatlari va fanlararo aloqa hisobga olinishi shart.

Ta’lim mazmuni ilmiy asoslagan DTS, oʻquv rejalari, dasturlari va darsliklarida ifodalanadi. Xususiy metodika nuqtayi nazari boʻyicha «ta’lim» aynan bir oʻquv fani asosida o‘qitish va oʻqish faoliyatlarini birgalikda amalga oshirishni anglatadi.

Pedagogika fani nuqtayi nazaridan qaralganda esa «ta’lim» o‘qituvchi va o‘quvchi ta’sirining majmuyi boʻlib, uning natijasida o‘quvchining aqliy salohiyati (intellekti), ruhiyatini rivojlantirish ma’nosini bildiradi.

Bilim tabiatda, jamiyatda, inson ongida amal qilinadigan qonuniyatlarning turli belgilar (masalan, yozuv) vositasida moddiylashtirilgan koʻrinishidir. Bilimlar qarash, g‘oya, ta’rif, qoida, aniqlik, aksioma, teorema, omil va boshqa shakllarda beriladi.

Ta’lim jarayoni tarkibiga ko‘ra, o‘ta murakkab didaktik hodisadir. Agar bu jarayonga oʻqituvchi faoliyati nuqtayi nazaridan yondashsak, «oʻqitish jarayoni», o‘quvchilar faoliyati nuqtayi nazaridan, esa «oʻquv jarayoni» iboralari ishlatiladi.

O‘qitish eng qadimiy faoliyat turlaridan biridir. U mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi natijasida alohida kasb sifatida ajralib chiqqan. Kishilar oʻqituvchilik kasbiga maxsus tayyorlanadi.

Ta’lim ma’lum bosqichlar asosida amalga oshiriladi: o‘rganiladigan narsa-hodisalarni bevosita yoki bilvosita idrok etish; oldin o‘rganilgan bilimlarni xotiraga, ya’ni esga tushirish; bilimlarni amalda qoʻllash, fikrlash, ularning umumiy va xususiy alomatlarini ajratish.

Hozirgi an’anaviy maktabda asosiy e’tibor bilimlarni o‘zlashtirishga, koʻnikma va malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Bu oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tajribasining eng zaif tomonidir. Ma’lumot mazmunining barcha elementlariga rioya qilib, ta’lim jarayonini tashkil etish yo‘li bilangina har tomonlama rivojlangan yoshlarni yetishtirib chiqarish mumkin. Ta’limning asosiy mazmunini uning vazifalari oydinlashtirib beradi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bogʻliq boʻlgan vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichiga ilmiy va texnikaviy bilimlar, hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan malaka va koʻnikmalar bilan qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan tarixiy va madaniy qadriyatlarda hayotning ma’nosi, jamiyatda insonning tutgan o‘rni, ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqidagi hikmatli fikrlar borki, bular bugungi xalq ta’limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratishi borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, imon-e’tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo doʻstlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuygʻularini tarbiyalaydi.

Ta’limni standartlashtirish-insoniyatning ijtimoiy ongida roʻy bergan tub o‘zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki, axborotlar almashinuvi maksimal chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida yashayotgan kishi ikkinchi qutbda sodir boʻlayotgan voqealami bilibgina qolmay, ularning ne boisdan aynan shu tarzda roʻy berganini anglashi va his qilishi zarurdir. Bir sayyorada bir vaqtda yashab turib, bir-birini tushunmaslik ba’zan insonlar oʻrtasidagi munosabatlami boshi berk koʻchaga kiritib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun ham iqtisodiy ahvoli va taraqqiyot darajasi turlicha boʻlgan davlatlarda yashovchi barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish ehtiyoji paydo boʻldi. Bu holat ta’lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi.

Standart - ta ’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o‘zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o‘zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o‘quvchini haddan tashqari zoʻriqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya’ni u o‘quvchi yoshiga mos, o‘zlashtira oladigan darajada boʻlishi kerak. Bunda albatta, ta’lim oluvchining qiziqishi, xohishi, ehtiyoji hisobga olinishi lozim. Ta’lim standartlarini oʻzlashtirishda shaxsga muhim ahamiyat berilishi, unga yakka tartibda yondashilishi maqsadga muvofiqdir. Standartlarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishdan oldin o‘ta puxtalik bilan tajriba-sinovdan o‘tkaziladi va shu asnoda bosqichma-bosqich o‘quv jarayoniga kiritib boriladi.

Davlat va jamiyat ta’lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qoʻyar ekan, o‘sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim boʻlgan ijtimoiy sifatlarining minimal chegarasini ham ko‘rsatib berishi tabiiydir. Tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchilar egallashi lozim boʻlgan bilim, ko‘nikma, malaka yoxud ma’naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat-davlat ta’lim standarti hisoblanadi. Standartlarda belgilangan natijalarga erishilmasa, yoki o‘sha koʻrsatkichlarni egallay olmagan bola, yoxud yoshlarda muayyan bilim, koʻnikma, malaka va ma’naviy sifatlarni shakllantira olmagan pedagogikani mukammal deb boʻlmaydi.

Bundan koʻrinib turibdiki, davlat ta’lim standarti (DTS) nazorat vositasi, ayni vaqtda, ta’lim muassasalarida koʻzlangan koʻrsatkichlarni qoʻlga kiritish uchun zarur boʻlgan sharoitni belgilash o‘lchovi hamdir. Davlat ta’lim standartlarining koʻrsatkichlari amaldagi mavjud ta’lim mazmunidan emas, balki o‘quvchiga singdirilishi lozim boʻlgan sifatlarning jahon standarti boʻyicha zarur deb hisoblangan miqdoridan kelib chiqadi.

Davlat ta’lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta’kidlab koʻrsatish lozim. Bunday standartlar umumiy o‘rta maktabda o‘quvchilarga beriladigan ta’lim mazmunining majburiy minimumini hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar majmuasini belgilab beradi. Ta’lim mazmunining majburiy minimumi o‘quv dasturlari va darsliklarda toʻliq oʻz ifodasini topishi shart. Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga koʻra o‘quvchi muayyan bosqichda egallashi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarning minimal miqdori belgilanadi.

Ta’lim-tarbiya jarayoniga DTSni joriy etish talablari rivojlangan gʻarb mamlakatlari tajribasiga asoslanadi. Ammo, shuni ham aytish kerakki, hali dunyodagi birorta jamiyatda ta’limni standartlashtirish keng koʻlamda amalga oshirilayotgani yoʻq. Chunonchi, mazkur masalaga birinchi boʻlib qoʻl urgan Fransiyada bu ish hanuzgacha sinov darajasida, AQShda esa DTS yaratishga endigina kirishilmoqda. Yaponiya va Germaniya ta’lim muassasalarida mazkur muammoni hal etish rejalashtirish bosqichida turibdi. Mamlakatimizda ta’lim standartlari masalasiga davlat miqyosida yondashildi va uni ilmiy yoʻsinda hal etishdan tashqari, ta’lim-tarbiya amaliyotiga joriy qilish maqsadida uzoq vaqt izlanishlar olib borildi, tajriba-sinovlar amalga oshirildi.

O‘quv rejasi - davlat hujjatidir. Unga barcha umumta’lim maktablari soʻzsiz amal qiladi. Bu hujjatda sinflar boʻyicha oʻrganilishi lozim boʻlgan oʻquv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o‘quv soatlari koʻrsatiladi. Bu hujjat maktabning yagona o‘quv rejasi hisoblanib, u xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning o‘quv rejasi - shu fanni oʻqitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.

O‘quv fan dasturi - har bir alohida fan uchun oʻquv dasturi tuziladi. Dastur oʻquv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, o‘quv rejasi boʻyicha ajratilgan soat va bilim hajmi mavjud jamiyatning gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishini oʻzida aks ettiradigan davlat hujjatidir.

O‘quv dasturida bir sinfda alohida fanlar boʻyicha o‘quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, koʻnikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda fanning mazmuni, mavzu ketma-ketligi ikkinchi mavzu birinchini toʻldirishi, izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali koʻrsatiladi. o‘quv dasturida shu fan bo‘yicha o‘quvchilarga berilishi lozim boʻlgan bilim, ko‘nikma va malakalar kichik mavzularda ifodalanib, mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi.

Fanning maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda boblarga boʻlinadi. Boblar katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga boʻlinib, shu mavzu yuzasidan o‘quvchi qanaqa bilim, koʻnikma va malakalami oʻzlashtirishi lozim boʻlsa, uning mazmuni qisqacha ifodalanib beriladi. O‘quv dasturining o‘zini amal qilinishi kerak boʻlgan prinsiplari mavjud.



  1. Dasturning aniq bir g‘oyaga asoslanganligi.

Mustaqil jamiyatimiz taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan holda isloh qilingan har bir sohadagi fan, texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlarda erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy asosda aks ettirishi lozim.

2. Dastur ilmiylik prinsipiga asoslanadi.

Har bir ta’lim va tarbiya g‘oyalari, ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida kiritiladi.

3. O‘quv dasturi - aniq mazmun va mantiqiy g‘oyalarni o‘zida aks ettirishi lozim.

Dasturda fanning maqsad va vazifalari undagi bilim asoslari misollar va masalalar orqali oʻrgatiladi. Aks holda o‘rgatilayotgan bilim asoslarini nazariy jihatdan tushunish qiyin boʻladi.

4. Nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi. Talabalar olgan nazariy bilimlarini, amalda qoʻllay olishi koʻnikmasini shakllantirish nazarda tutiladi.

5. O‘quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi.

Vaqt oʻtishi bilan fan olamida yangi-yangi kashfiyotlar, ma’lum bir ilmiy qonun-qoidalar paydo boʻlib, fan takomillashib boradi. Dastur fanning kelajakdagi istiqbolini o‘zida qisqacha ifodalaydi.

6. O‘quv dasturi davlat tomonidan tasdiqlangan reja asosida bakalavr, magistr, litsey, gimnaziya, kollejlar uchun alohida-alohida tuziladi.

Darslik - o‘quv jarayonining asosi. Darslik o‘quvchining uydagi muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi. Darslik fan bilan obyektiv borliq o‘rtasidagi muhim qonuniyatli bogʻlanishlarini aks ettiradi. Darslikdagi bilimlar tizimi o‘zaro ichki, mantiqiy bogʻlanishlarga ega boʻlib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan. Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi.

1. Har bir o‘quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va uning hajmi dastur talablariga, sinf oʻquvchilarining yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak.

2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari, g‘oyaviy yoʻnalishlari tizimi va izchil boʻlishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan, ishonarli boʻlishi lozim. Keltirilgan fakt va dalillarning ishonchli boʻlishi, ular toʻg‘ri tahlil, aniq ta’rif etilishi, tegishli xulosalar chiqarilishi lozim. Shu holdagina o‘quvchilardagi ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi.

3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bogʻlangan boʻlishi kerak.

4. Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi hamda tegishli qoida va ta’riflari berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va bezatilishi o‘quvchining yoshiga mos, fanning xarakteriga monand boʻlmogʻi zarur.

5. Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa boʻlishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.

Mamlakatimizda pedagogika ilmi ham, amaliyoti ham yangilanib bormoqda. Ma’lumki, har qanday millatning taraqqiyoti yoshlar tarbiyasidan boshlanadi.

Pedagogika o‘quvchilarning ruhiy, jismoniy, genetik va mintaqaviy o‘ziga xosliklarini toʻliq hisobga olgandagina yuqori samaradorlikka erishishi mumkin.

Hozirgi davrda yaratilayotgan darsliklarning asosiy kamchiligi millatimiz bolalarining psixologik o‘ziga xosliklarini, fikrlash tarzini toʻliq hisobga olishga erisha olinmayotganida, deb bilamiz. Bizning mutaxassislarimiz didaktik vositalar orqali o‘quvchilarga hamma gapni aytib berishga odatlanib qolishgan. Holbuki, o‘quvchini o‘qitish kerak emas, uni o‘zini o‘qiydigan holatga olib kelish lozim. Toki bolaning o‘zi izlanmas ekan, ta’limda yutuqqa erishish mumkin emas. Demak, yaratilayotgan didaktik vositalar jumboqli xarakterga ega boʻlishi, o‘quvchilarni o‘ylanishga, izlanishga, sinab koʻrishga da’vat qiladigan tarzda tuzilishi lozim.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish