Axloq va huquq Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi vosita sifatida insoniyat jamiyati taraqqiyoti qonunlarga muvofiq ravishda rivojlanadi va takomillashib boradi



Download 28,19 Kb.
bet3/4
Sana24.03.2023
Hajmi28,19 Kb.
#921317
1   2   3   4
Bog'liq
Axloq va huquq

Huquqning asosiy tamoyillari

Huquqning prinsiplari- huquqning mazmuni, mohiyati va jamiyatdagi urni ( vazifa)sini xarakterlovchi eng asosiy qarashlari, goyalar va qoidalardir.


Huquq prinsiplari, huquq normalarini takomillashtirish yo’llarini aniqlaydi, qonunshunos uchun bosh goyalar ko’rinishida yo’zaga chiqadi.
Huquq printsiplari xuquq uchun xos bo’lgan quyidagi qismlarga bo’linadi:
*umumhuquqiy;
*sohalararo ( javobgarlikning mukarrarligi, oshkoralik va boshqalar)
*sohaviy (fuqarolik huquqi- mulkiy munosabatlarda tomonlarning tengligi, JPKda- aybsizlik prezumptsiyasi);
Umumhuquqiy prinsiplarga quyidagilar kiradi;
*adolatparvarlik;
*inson huquqlarini hurmat qilish,
*teng huquqlilik,
*qonuniylik,
*gumanizm,
*fuqarolarning qonun oldida tengligi va b.
Huquqshunos olim Z.Islomov xuquqning prinsiplarini quyidagi turlarga bo’ladi.
1. Huquq barcha xalqning hokimiyatini mustahkamlaydi. Bu tamoyil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 7-moddasida belgilangan bo’lib, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. O’zbekiston davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko’zlab va Respublika Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat beorgan idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
2.Mulkning turli shakllarini qo’riqlash va mustahkamlash Konstitutsiyaning 53-moddasiga asosan: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi».
3.Demokratiya tamoyili. Huquq jamiyatda barcha kishilarning irodasini ifodalaydi. Huquqiy normalarni muhofaza qilish, qabul qilish va qo’llanishda barcha O’zbekistonda yashaydigan xalq ularning kasbi, jinsi va millatidan qat’iy nazar teng qatnashadi.
4.Huquqning baynalminal tamoyili. Bu tamoyil demokratik O’zbekistonning mohiyatidan, uning siyosiy tizimini baynalminalligidan, barcha fuqarolarning qonun bilan tengligidan kelib chiqadi. Konstitutsiyaning 18- moddasiga binoan barcha fuqarolarning nasl-nasabidan , ijtimoiy va mulkiy holatidan, irki va millatidan, tili va dini, kasbi, yashash joyi va boshqa holatlaridan hamma sohalarida teng huquqliligini ta'minlaydi.
5. Qonuniylik va uning ustunligi ham huquqning muhim tamoyilidir.
Konstitutsiyaning 15- moddasiga binoan; «O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiyasi va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar.»
6. Huquqning insonparvarlik tamoyili, O’zbekistonda barcha huquq normalari har bir inson to’g’risida g’amxo’rlik qiladi.Bu tamoyil xuquqbuzarlarga jazo qo’llash, ularni qayta tarbiyalash va tuzatish ishlarini ham o’z ichiga oladi.
Huquq va iqtisodning bog’liqligi.
Barcha boshqa ijtimoiy o’zaro bog’liqlar kabi iqtisodiy munosabatlar normativ shaklda (ko’rinishda) mustahkamlangan bo’lsagina, barqaror amalda bo’lishi mumkin. Normativ shakllar xilma-xil bo’lib, ularning orasida faqat huquq iqtisodiy munosabatlarning mohiyatiga, ularning bozor bilan bog’liq tabiatiga javob bera oladi.
Barcha iqtsodiy munosabatlar tsiklining yuridik asosi sifatida mulkka egalik huquqi yuzaga chiqadi.
Huquq iqtisodiy o’z-o’zini boshqarish usulidir. Bozor iqtisodiyoti davrida mol yoki xizmat talabdan kelib chiqqan holda tartibga solinadi. Buning uchun esa barcha mulk egalari yuridik jihatdan erkin bo’lishlari zarur, chunki ularning o’zlari mustaqil ravishda qancha ishlab chiqish kerakligini va qaysi bahodan sotishini va b. yechishlari darkor. Yuridik erkinlik – iqtisodiy zaruratni anglashning muhim shartlaridan biridir.
Huquq va siyosat.
Huquq siyosatga bir qancha yo’nalishlar bo’yicha ta'sir kursatadi, jumladan: ommaviy huquqvositaligida (Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonunlar) jamiyatning siyosiy tizimi mustahkamlanadi; saylov tizimining amal qilish mexanizmi (saylov huquqi, xokimiyat taksimlanishi va h.k.) va fuqarolarning siyosiy erkinligi ta'minlanadi.
Hokimiyatga qarshi harakat huquqqa qarshi harakat deb hisoblanadi.
Huquq insonlarning huquqiy erkinliklarini ta'minlaydi, kafolatlaydi, tatbiq etadi.
Huquq va madaniyat: Huquq ijod uchun, madaniy boyliklarni yaratish uchun, insonning madaniyatini rivojlantirish uchun optimal sharoit yaratadi. Huquq asosida huquq madaniyati shakllanadi, uning (tarqatuvchilariya) tashuvchilari bo’lib jamiyat, davlat organlari, mansabdor shaxslar, ijtimoiy guruhlar, siyosiy vakillar va fuqarolar yuzaga chiqadilar.
4. Huquqning mohiyati haqida turli nazariyalar.
Huquq va uning kelib chiqishi haqidagi, shuningdek, uni normativ tartibga solish tizimi to’g’risidagi qarashlar jamiyatning rivojlanish jarayoniga qarab, huquq haqidagi ilmning o’sishiga qarab hamda ob'ektiv va sub'ektiv faktorlarning ta'siriga qarab o’zgarib turgan.
Huquq to’g’risidagi tushunchalar ma'lum ilmiy yo’nalishlar, maktablar bo’yicha tasniflanadi:
Tabiiy huquq nazariyasi (maktabi); Tarixiy huquq nazariyasi, Real huquq nazariyasi; Normativ huquq yo’nalishi nazariyasi; Sotsiologik (ijtimoiy) huquq nazariyasi. Psixologik nazariyasi, Materialistik huquq nazariyasi, Teologik huquq nazariyasi va b.
Teologik nazariya. Uning vaqillari Aristotel, Akvinskiy va boshqalar. Bu ta'limot huquqning paydo bo’lish va mohiyatini xudoga bog’lab ilohiylashtiradi. Huquq fuqarolarga xudo tomonidan berilgan, u abadiy uni bajarish barcha uchun majburiydir.
Realistik huquq maktabi. realistik huquq maktabi vakillari huquq tashqi faktorlar asosida yuzaga keladi va rivojlanadi deyishadi. Bunday faktor bo’lib manfaatlar hisoblanadi (asoschisi taniqli yurist Rudholf Ieringdir). Shuningek, bu nazariya huquq davlat tomonidan qabul qilingan va barcha uchun umummajburiy bo’lgan normalar yig’indisi deb ko’rsatiladi. Uning vakillari nemis, olimi R.Cherving, rus olimi D.A.Muromtsev, AQSh olimlari D.Frank, K.Levillin va boshqalar.
Psixologik huquq maktabi. psixolgik nazariya – XX asr boshlarida tarqalgan nazargiya bo’lib,uning vakillari nemis olimi L.Knapp, Frantsiyalik G.Tard, rus olimlari va Karkunov bo’lgan. Bu ta'limot huquqning paydo bo’lishi va mohiyatini insonning psixikasiga bog’lab, huquq - bu kishlarning kechinmalari, o’ylanish fikrlaridan iborat deb, huquqning tabiiy va pozitivligini uning jamiyatning moddiy hayoti bilan boq’liqligini tan olmaydi.Uning asoschilari L.I.Petrojitskiy, Dyugi, Merill, Ross va b. Huquq turmush xodisalarining psixik dunyosi bilan bog’liqdir deyishadi.
Markcha-Lenincha huquqiy nazariya materialistik ta'limotga asosan ibtidoiy jamoa tuzimining yemirilishi bilan xususiy mulk paydo bo’lib, jamiyat qarama-qarshi sinflarga bo’linishi sababli huquq paydo bo’lgan. Materialistik huquq nazariyasi ularning fikricha, huquq iqtisodiy hukmron sinflarning erkini ifodalanishi va mustahkamlanishidir.
Tabiiy huquq nazariyasining mazmuni shundan iboratki, ya'ni davlat tomonidan yaratiladigan pozitiv huquq boshqa undan yuqoriroq turadigan hamda hamma uchun umumiy bo’lgan tabiiy huquqdan iboratdir. (yashash huquqi, erkin rivojlanish, mehnat qilish, jamiyat va davlat ishlarida ishtirok etish va b. huquqlari).
Uning asoschilari Lokk, Russo, Monteske, Golbak, Radishev va boshqalardir.
(O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 moddasida yashash huquqi «kishining ajralmas huquqi» sifatida mustahkamlangan).
Tarixiy huquq nazariyasi – bu nazariya vakillari huquqni xalqning ruhiy ifodasi deb qarashgan, ya'ni bu tarixiy jarayon davomida sekin-asta yig’ilib shakllangan (qonunchilik hokimiyati va davlatga bog’liq bo’lmagan holda) deyishadi.
Qonunshunos huquq sifatida shakllangan holatni qayd qiladi xolos deb qarashadi.
Normativ yo’nalish nazariyasi – vakillarining fikricha huquqni ijtimoiy hayotni tashqaridan turib kishilarning talablarini qondirish maqsadida tartibga solishdir deyishadi.



Download 28,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish