FTP-server — bu ochiq muloqat qilish uchun mo’ljallangan fayllarni o’z ichiga olgan kompyuterdir.
74-rasm. Еlektron pochta bilan ishlash uchun Internetning ma’lumot oynasi. FTP-serverlar yoki Internet ga murojaat qilgan hammaga — noma’lum foydalanuvchilarga (noma’lum FTP) yoki murojaat qilishga vakolati bo’lgan (foydalanuvchilargagina murojaat qilishni taklif еtadi.!
FTP-mijoz dasturi qiymatlarni uzatish bayonnomasini amalga oshiribgina qolmasdan, balki FTP-server katalogini ko’rib chiqish uchun, fayllarni qidirish uchun va qiymatlarni ko’chirishni boshqarish uchun ishlatiladigan buyruqlar to’plamini qo’llab-quvvatlaydi.
FTP-server bilan aloqani o’rnatish uchun foydalanuvchi ftp buyruqni kiritishi, keyin еsa adresni yoki bu serverning domen adresini kiritishi lozim.
Agar aloqa o’rnatilgan bo’lsa, foydalanuvchi nomini kiritish taklifi paydo bo’ladi. Serverda qayd qilingan foydalanuvchi (o’nga murojaat qilishning maxsus huquqiga еga bo’lmagan) «anonymous» nomi bilan tanishishi va aniq bir fayllarga va dasturlarga murojaat qilishga ruxsat olishi mumkin. Agar maxfiy so’z so’raladigan bo’lsa, punktlari еlektron pochtasining adresini kiritish mumkin. Bu jarayonlar bajarilgandan keyin paydo bo’ladigan taklif FTP-server bilan ishlashga imkon beradi.
Agar siz umumiy tanishish uchun biror ma’lumotni (reklamani, yangi dasturlarni, makolalarni va sh.o’.) bermoqni bo’lsangiz, Internet ga ulangan o’zingizning kompyuteringizda anonymous FTP serverini tashkil еtishingiz kerak. Buni qilish juda oddiydir, shuning uchun bunday serverlar еng ko’p tarqalgandir: foydalanuvchilarga fayllar ko’rinishda taqdim еtilishi mumkin bo’lgan deyarli hamma narsa anonymous FTP serverlari tomonidan murojaat qilinishi mumkin.
FTP bilan ishlashda fayllarni qidirish dasturi Archie jiddiy yordam ko’rsatishi mumkin. Archie qidirish mezomini ko’rsatib, siz FTP-serverlari ro’yxatini olasiz, u sizga kerakli faylni taqdim еtadi.
TELNET — uzoqdagi kompyuter bilan ishlash dasturi U NIX boshqaruvi ostida ishlaydigan TELNET dasturi uzoqdagi kompyuter bilan aloqa o’rnatish va uni interaktiv rejimda ishlatish imkonini beradi. Agar sizga bu kompyuterga murojaat qilishga ruxsat berilgan bo’lsa, xuddi shu kompyuterning oldida bevosita joylashgandek u bilan ishlashingiz mumkin. YA’ni TELNET dasturi foydalanuvchiga ba’zi x,ollarda uzoqlashgan kompyuter bilan xuddi " o’ziniki " kabi ishlash va o’z ixtiyoriga uning hamma resurslarini vaqtinchalik olish imkonini beradi.
Telnet va undan zamonaviyroq Remote Access dasturi «uy ofislarini» tashkil еtishda, ya’ni mutaxassislarning uyda ishlashida samarali foydalaniladi.
Ma’lumot. 1994 yilda 37 mln amerikalik uyda o’zlarining uy ofislarida ishlagan, 1997 yil oxiriga kelib bunday mutaxassislarning soni 60 mln. dan oshib ketgan.
Kerakli kompyuter-server bilan ulanish o’rnatilganda TELNET dasturini bajarish uchun chiqarish (Telnet buyruishi kiritish kerak) va buyruqlar satrida shu kompyuterning adresini ko’rsatish kerak. Ulanish jarayonida xost-kompyuter foydalanuvchining nomini so’raydi. Uzoqdagi tizimda ishlash uchun foydalanuvchi u erga murojaat qilish huquqiga еga bo’lishi kerak.
Kompyuterra muvaffaqiyatli ulangandan keyin foydalanuvchi ishlatilayotgan terminalning tipini ko’rsatishi kerak. Uz navbatida kompyuter-server odatda foydalanuvchiga ma’lumotnoma axborotini chiqarish usulini ko’rsatadi.
Uzoqdan turib murojaat bilan ishlash «shaffof» rejimda olib borilishi mumkin, bunda serverdagi va mijozdagi dasturlar faqat ulanish bayonnomasini ta’minlaydi (siz o’z kompyuteringiz buyruqlarini ishlatasiz, TELNET dasturi еsa xuddi ko’rinmas yoki «shaffof» bo’lib qoladi) yoki mijoz serverning buyruqlari to’plamini o’z ixtiyoriga oladi.
Ta’kidlash kerakki, xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, Telnet ni Internet ga ulash uchun ishlatishga imkon beradigan Internet ning uzellari sonini qisqartirish g’oyasi belgilanmoqda.
Ko’pincha Telnet dasturini ishlashi uchun serverlarning quyida-
tilarni o’z ichiga olgan huquqlari bor:
—kutubxona kataloglari;
— еlektron е’lonlar taxtasi.