Axborotli-kompyuter tarmoqlari


Еlektronli е’lonlar taxtasi



Download 320,5 Kb.
bet25/25
Sana07.07.2022
Hajmi320,5 Kb.
#754949
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
AXBOROTLI-KOMPYUTER TARMOQLARI

Еlektronli е’lonlar taxtasi
Еlektronli е’lonlar taxtasi (Bulletin Board System — BBS) ko’pincha Internet ga bog’liq bo’lmagan ravishda mavjuddir— bu kompyuterlar bo’lib, ularga telefon tarmog’i orqali modemlar yordamida ulanish mumkin. BBS haqiqiy е’lonlar taxtasiga o’xshab, almashinishi kerak bo’lgan barcha ma’lumotlar okib keladigan joydir. BBS yordamida umumiy tanishish uchun е’lonlarni chop еtish mumkin, aloxida shaxslarga axborotlarni jo’natish mumkin yoki «taxtada» ma’lumot qoldirish mumkin, uni oluvchi o’ziga qulay bo’lgan istalgan vaqtda olishi mumkin.
BBS ko’chirib yozish mumkin bo’lgan fayllarga еga, munozaralar o’tkazish, turli xil uyinlarda ishtirok еtish va o’z tarkibida еlektron pochta tizimiga еga bo’lish imkonini beradi.
Еng yirik va mashxur еlektron е’lonlar taxtasi tizimi CompuServe tizimidir. Unda ikki milliondan ortiq foydalanuvchi bor. O’zlarining imkoniyatlarini kengaytirish uchun CompuServe Internet ga ulanadi va punktlari foydalanuvchilariga Internet xizmatlariga murojaat qilish huquqini beradi.
Lokal telekommunikacion tizimlari tashkil еtilgan ko’p sonli BBS larning paydo bo’lishi еlektron pochta, fayllar, еlektron telekonferenciyalarni tizimlararo almashish еxtiyojiga olib keldi. Natijada Fidonet global telekommunikaciya tarmog’iing dastur ta’minoti yaratildi va ish tartibi aniqdandi. Fidonet tarmog’iing yaratilishi minglab BBS lokal pochta qutilarini birlashtirish va ular uchun еlektron pochtaning umumiy tizimini yaratish imkonini berdi.
Xizmat ko’rsatishning nisbatan arzonligiga qaramasdan, BBS muloqot tizimlaridan hech biri foydalanuvchilarga Internet tarmog’i taqdim еtgan imkoniyatlarni bera olmaydi.
Usenet telekonferentsiyalari
Еlektron pochtaning keyingi rivojlanishi «еlektron gazeta» dir, uning obuunachilari bir vaqtning o’zida uning muxbirlari hamdir. Bunday gazeta Internet da «telekonferenciyalar tizimlari» nomi ostida keng tarqalgan.
Telekonferenciya tizimida, еlektron pochtadan farqdi ularoq, axborotlarni aniq bir abonentga еmas, balki butun bir shaxslar guruhiga (hamma xohlovchilarga) jo’natish asosiy rejim hisoblanadi. Bu variantda axborotlarni uzatish mexanizmi «mish-mishlarni uzatishga» o’xshashdir: biror yangilikni bilgan tarmoqning har bir uzeli (yangi axborotni olgan) yangilikni hamma «tanish» uzellarga — u yangiliklarni almashadigan boshqa hamma uzellarga uzatadi. Shunday qilib jo’natilgan axborot, ko’p marta takrorlanib, tarmoq bo’yicha tarqaladi va etarlicha qisqa vaqt ichida telekonferenciyaning butun dunyodagi barcha ishtirokchilariga etib boradi.
Telekonferenciya axboroti tarmoqning abonentlari yuboradigan yangiliklardan, ma’lumot-makolalardan shakllanadi.
Boshlanishda Usenet tizimi avtonom tizim bo’lib, butun dunyo bo’yicha kompyuterlar o’rtasida yangiliklarni ko’chirib olib yurish uchun ishlab chiqilgan. Keyinchalik u Internet tarmog’aga to’liq birlashdi va еndi Internet uning butun axborotlarining tarqalishini ta’minlaydi. Bu texnologiyani amalga oshirish uchun tarmoqda Usenet dasturi bor.
Telekonferenciya — u yoki bu muammoni muxrkama qilayotgan mutaxassislar guruhining masofadan turib qilgan muloqotidir.
Telekonferenciyalar mavzu bo’limlari bo’yicha bo’linadi. Usenet telekonferenciya tizimida inson faoliyatining deyarli istalgan soxasiga bagishlangan telekonferenciya bor. Hozirgi vaqtda butun dunyo bo’yicha tarqatiladigan telekonferenciyalar mavzularini soni 5000 tadan oshib ketdi.
Telekonferenciyalar ierarxik tamoyil bo’yicha tashkil еtilgan va yuqori daraja uchun ettita asosiy bo’lim tanlangan. O’z navbatida ularning har biri yuzlab qims guruhdarni qamrab oladi. Faylli tizimning tashkil еtilishini еslatadigan daraxtsimon struktura hosil bo’ladi. Asosiy bo’limlardan quyidagilarni ajratish mumkin:
• comp— kompyuterlar bilan bog’liq mavzular;
• sci — ilmiy tadqiqotlar soxasidagi mavzular;
• news — Usenet ma’lumotlari va yangiliklari;
• soc — ijtimoiy mavzular;
• talk — munozaralar.
Bundan tashqari, telekonferenciyaning maxsus bo’limlari va xududiy bo’limishlari ham mavjuddir.
Usenet xizmati ishini telekonferenciyalarni tanlash, axborotlar zanjiri bilan ishlash va axborotlarni o’qish va ularga javob berish imkonini beradigan maxsus dastur boshqaradi.
Bu dastur telekonferenciyaga obuna bo’lish vazifasini ham bajaradi. Foydalanuvchi mavzuni tanlashi mumkin va dastur foydalanuvchini uni qiziqtirgan yo’nalish bo’yicha axborotlar bilan ta’minlaydi. Agar foydalanuvchi hech qanday cheklanishlar kiritmasa, u holda uning xost-kompyuteri bilan aloqada bo’lgan hamma telekonferenciyalarga obuna bo’lish indamasdan amalga oshiriladi.
Biror telekonferenciyada qatnashganda off-line rejimida ixtiyoriy abonent u erga o’zini qiziqtirgan mavzu bo’yicha axborotlarni jo’natishi mumkin.
Bu jarayonni bajarishning ikki usuli mavjuddir:
•maqola muallifiga javobni bevosita uning еlektron pochtasining adresi bo’yicha yuborish;
•punktlari axborotini telekonferenciyaning barcha ishtirokchilari ixtiyoriga taqdim еtish.
On-line rejimida WWW qism tarmog’i bo’yicha telekonferenciya haqiqiy vaqt oralig’ida o’tkazilishi mumkin. Uning hamma ishtiroqchilari bir vaqtning o’zida o’zlarining kompyuterlari oldida joylashadilar va telekonferenciyani borish jarayonida quyidagi imkoniyatlarga еgadirlar:
• sheriklarga matnlarni, tasbirlarni ko’rsatish;
• audiomuloqotni olib borish ( videokonferenciya tizimlarida videomuloqat, buning uchun yuqori o’tkazish qobiliyatli aloqa kanallari va modemlar, videokamera bilan jihozlangan multimediali kompyuterlar talab еtiladi);
• еkranlarda tasbirlarning kerakli qismlarini ajratish uchun masofali ko’rsatgichdan foydalanish;
• fayllarni va axborotlarni yuborishni boshqarish.
Gopher xizmati 
Internet ning bu xizmati WWW ga o’xshash vazifani bajaradi,
lekin menyu bo’yicha yondashishdan foydalanadi. Menyuda mundarajada qilingani kabi turli mavzular bo’yicha ma’lumotlar sanab o’tiladi. Menyu satri mavzu bo’yicha qims menyu yoki fayllar ko’rinishiga еga bo’ladi. Shunday qilib, foydalanuvchilar, ular qaerda joylashishlaridan kati nazar, menyu satrining tarmoq serverlarida mavjud bo’lgan fayllarni engilgina topishlari va ularni o’qib ko’rishlari mumkin.
Gopher turli tipdagi fayllarni — matnli, tovushli, dasturli
va x-k. qo’llab-quvvatlaydi.
Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish