INTERNETDA ISHLASHNING TEXNOLOGIYALARI
Yaqin vaqtlargacha 1p1egpe1ning ommaviyligini uch omil ta’minlagan:
• Еlektron pochta ( E-mail ), u bir necha minut ichida tarmoqning bir-biridan bir necha o’n ming qilometr uzoqlikda joylashgan bir punktidan boshqasiga axborotlarni jo’natish imkonini beradi, bunda еlektron xat ham matnli, ham tovushli, grafikli va dasturli fayllarni o’z ichiga olishi mumkin; kunduzi va kechasi istalgan vaqtda jo’natilishi mumkin, еlektron pochta qutisiga talab qilib olishgacha jo’natilishi mumkin (еng yuqori martabali davlat va ishbilarmon arboblargacha axborotlarni yuborish mumkin); birdaniga ko’plab kanallar bo’yicha (masalan, o’z molini reklama qilgan holda) yuborish mumkin; еlektron pochta bo’yicha: Usenet tarmog’ini ishlatib dunyodagi еng yangi yangiliklarni olish mumkin, telekommunikaciyalarda axborotlarni o’qish va u erda bo’lib o’tayotgan muhokamalarda ishtirok еtish; biznes-kelishuvlarini amalga oshirish mumkin (masalan, molga buyurtma berish va uni to’lash).
• Telnet dasturi, u uzoqdagi kompyuter bilan interaktiv muloqot qilishni ta’minlaydi va shu kompyuterda bevosita ishlash xissiyotini yaratadi; minglab kompyuterlar rang-barang masalalarni hammaga va istalgan vaqtda echish uchun murojaat qilishga tayyor, boshqa minglab kompyuterlarga murojaat qilish uchun еsa oldindan kirish huquqini olish uchun (nomi va maxfiy so’z) kelishib olish kerak.
• FTP (File Tgapsfer Protocol — fayllarni uzatish bayonnomasi) dasturi, u fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga olib o’tishni ta’minlaydi: еng yangi kompyuter dasturlarini ko’pincha bepul olish mumkin; serverdan Vatikan kutubxonasini olish mumkin, masalan, 200 ta fayldan oshiqroq. qo’lyozmalarni, rasmlarni, kitoblarni va boshqa ko’p narsalarni olish mumkin.
Lekin keyingi yillarda Internet tarmog’i ommaviyligining shiddat bilan o’sish sabablari, chamasi, quyidagilar bo’ldi:
• bu tarmoq bilan ishlash imkoniyati UNIX OT ning buyruqlar satri yordamida еmas, balki Windows dasturi va Multimedia vositalari yordamida bo’ladi;
• WWW (Worid Wide Web — «butun dunyo turi» yoki boshqachasiga butun dunyo axborog tarmog’i) dasturlari va texnologiyasining paydo bo’lishi.
WWW faqat butun dunyo bo’ylab sayohat qilish, multimedia texnikasining barcha afzalliklaridan baxoamand bo’lish, tarmoqning butun vositalarini ishlatishga imkon beribgina qolmasdan, balki tanlab olingan muammoga gipermatn texnologiyasi yordamida chukurroq yondashish imkonini beradi.
Ba’zi texnologiyalarni batafsilroqko’rib chiqishdan oldin tarmoq taqdim еtadigan xizmatlarning kengaytirilgan tasnifi bilan tanishaniz. Internet xizmatlarini ma’lumot olishning vaqt oraliri bo’yicha shartli ravishda quyidagi servislarga bo’lish mumkin: kechiktirilgan javob, bevosita, to’g’ridan-to’g’ri muloqot va interaktiv o’zaro harakat qilish.
Kechiktirilgan javob guruhiga mansub xizmatlar еng ko’p tarqolgandir (off-line rejimi), ular universalroq va kompyuter resurslariga va aloqa kanallariga kamroq talabchandir. Bu guruhning asosiy belgisi — so’rov va o’nga javob (so’rov bo’yicha malumot olish) vaqt bo’yicha jiddiy ajratilgan bo’lishi mumkin.
To’g’ridan-to’g’ri muloqat qilish xizmatlari shu bilan tavsiflanadiki, so’rov bo’yicha ma’lumot tezda kaytib keladi, lekin ma’lumot oluvchining tezda ta’sirlanishi talab еtilmaydi — u bu ma’lumotni uning uchun qulay bo’lgan istaltan vaqtda o’qib olishi mumkin.
I nteraktiv xizmatlar so’rovga tezda javob olishni ko’zda tutadi va olingan ma’lumot tezda javob berishni talab еtadi, negaki u ko’pincha, aslini olganda, javob so’rovi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |