Raqamlashning aniqligi juda yuqori (0,05 mm gacha). Tasvirni qismlarga bo’laklash imkoniyati bor, bu mavzuli karta tuzishda juda muhim. Eski va uta ifloslangan planli - kartografik materiallar bilan xam ishlash imkoniyati bor. Tezda vektor shakldagi axborot olinadi va kompyuter dasturida bevosita foydalanilishi mumkin. Usul nisbatan ancha arzon. Qo’lda digitallash ishlari bajarilayotganda egri va to’g’ri chiziqlar opreator tomonidan alohida bosh nuqtasidan boshlab to oxirigacha yoki boshqa bir chiziq bilan tutashgan joyigacha chizib chiqiladi. Boshqa chiziqlarni chizish uchun ko’rsatkich qo’lda yana qayta o’rnatiladi. Avtomatik ravishda tasvirni o’qish esa, ya’ni tasvirni raqamli ko’rinishga keltirish elektron skanerli vositalar bilan bajariladi. Bunday uskuna skaner deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |