Diskret turli kodlovchi moslama A4 dan to A0 formatli planshetlardan va "+" shaklli vizirli kattalashtiruvchi shishadan, qalam yoki ko’rsatkich shaklli tig’dan iborat bo’lib, kodlovchi mantiqiy qurilma bilan kabel orqali bog’langan. Planshetning ishchi yuzasida perpendikulyar holda joylashgan mis simlardan iborat turli shaklidagi o’tkazgichlar joylashgan Har bir o’tkazgichga malum ikkilamchi juftlangan kodli signal uzatiladi, u vizir yoki ko’rsatkich bilan induktiv kontur yordamida qabul qilinadi. Digitayzer elektron sxemasi vaqti-vaqti bilan o’tkazgichlardan elektr impulsni yuborib turadi, konturning burchagiga sichqoncha yordamida strelkani olib borilib, chap klavishani bosib, fayl belgilanganda bu impulslar qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |