Ko’rsatkichning uchiga vaqti-vaqti bilan uchqun beradigan ikki elektrodli nurli datchik o’rnatilgan. Planshetning yon tomoniga berkitilgan sezgir mikrofonlardan olingan buyruqlar asosida xisoblovchi mexanizmlar, uchkun chikish va ovozli buyruq orasida o’tgan vaqtni xisoblab, nuqtalarning koordinatalarini aniqlaydi. Nuqtali prinsipga asoslangan digitayzerlarning ko’pchiligi mantiqiy jadvallar - menyular bilan jihozlangan, bu esa operatorga har nuqtaga tegishli atributivini berish imkonini yaratadi, masalan, qaysi nuqta qishloq xo’jaligining qanday sifatli yerlariga tegishli va x k. Bundan tashqari, ko’pchilik digitayzerlar raqamlash ishlarini yetarli darajada aniq bajarishi uchun turli lupalar, aniq ko’rsatkichli butlar, yoritiladigan nuqtalar bilan jihozlangan. Aniqlangan koordinatalar va berilgan maxsus mazmun to’g’ridan-to’g’ri kompyuter xotirasiga yoki ma’lumotlarni saqlashning tashqi jamlovchilariga yozib boriladi. Qo’lda digitallash texnologiyasi sermehnat va operatorning ancha qo’l mehnatini talab qiladi, lekin u qator afzalliklarga xam ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |