30-rasm. Mili avtomatining grafi.
Kirish signallarining ixtiyoriy ketma-ketligida avtomatning ishlashini avtomat lentasi yordamida kuzatish mumkin. Avtomat lentasi o‘zida avtomat ishining taktlarini, har bir taktdagi kirish signalining qiymatini, har bir taktdagi ichki holatining va chiqish signalining qiymatini ko‘rsatuvchi jadvalni tasvirlaydi.
29-rasmda keltirilgan o‘tishlar va chiqishlar jadvali bilan berilgan avtomatning lentasiga misol 33-rasmda ko‘rsatilgan.
Takt
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
Kirish signali
|
x1
|
X2
|
x1
|
x1
|
x1
|
x2
|
x2
|
x2
|
x1
|
x2
|
x2
|
x2
|
Holat
|
a0
|
a1
|
a0
|
a1
|
a2
|
a3
|
a0
|
a0
|
a0
|
a0
|
a0
|
a0
|
CHiqish signali
|
y2
|
Y2
|
y2
|
y2
|
y1
|
y3
|
y2
|
y2
|
y2
|
y2
|
y2
|
y2
|
33-rasm. Avtomat lentasi.
Kirish alifbosi kabi chiqish alifbolari ham o‘zaro mos keluvchi ikki avtomatlarda birining ixtiyoriy chiqish so‘zi boshqasining chiqish so‘ziga mos kelsa, bu avtomatlar ekvivalent deyiladi. Bu holda kirish so‘zi berilishidan oldin har ikkala avtomat ham boshlang‘ich holatda bo‘lishi lozim bo‘ladi.
Istalgan Mili avtomati uchun unga ekvivalent bo‘lgan Mur avtomati va aksinchasi mavjud bo‘ladi.
Mili avtomatidan ekvivalent Mur avtomatiga va aksinchasiga o‘tish
CHekli bo‘lgan Mili avtomatining o‘tishlar funksiyasi fa(a,x) va chiqishlar funksiyasi fb(a,x) bo‘lsin. Berilgan Mili avtomatiga ekvivalent bo‘lgan Mur avtomatining o‘tishlar funksiyasi fb(b,x) va chiqishlar funksiyasi b(b) ni topamiz. Mili avtomatining holati ai va kirish signali xj lar hamda Mur avtomatining holati bij larning har bir juftini mos holda qo‘yamiz. Bundan tashqari, Mili avtomatining ai boshlang‘ich holatini b0 deb belgilab olib, Mur avtomatining holatlari to‘plamiga qo‘shamiz. 29-rasmdagi o‘tishlar va chiqishlar jadvali orqali berilgan Mili avtomati uchun bunday moslikni kodlash jadvali ko‘rinishida tasvirlash mumkin (34-rasm). Ekvivalent Mur avtomatining o‘tishlar jadvalini shu ketma-ketlikda tuzamiz.
34-rasm. Kodlash jadvali
1. Kodlash jadvalidan Mili avtomatining holatini va Mur avtomatining har bir holatga mos keluvchi holatlar to‘plamini yozib olamiz:
a0={b0, b02, b12, b22, b32},
a1=b01,
a2=b11,
a3={b21, b31}.
2. Agar bij holat ar holatga mos keluvchi holatlar to‘plamiga kirsa, Mur avtomati o‘tishlar jadvalining bij holat ustuniga ar holat ustunida (kodlash jadvalidan) joylashgan holatni yozish kerak bo‘ladi. Masalan, Mur avtomati o‘tishlar jadvalining b0, b02, b12, b22, b32 holatli ustunlari kodlash jadvalining a0 ustuni bilan, b01 ustun a1 ustuni bilan mos keladi va h.k.
CHiqish signallari bilan holatni belgilash uchun Mili avtomatining chiqishlar jadvalini Mur avtomatining holatini kodlash jadvaliga qo‘yish etarli, bunda har bir holat o‘zi mos kelgan chiqish signali bilan belgilanadi. Mur avtomatining o‘tishlar jadvali 35-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |