O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti
AXBOROT XATI
Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining 2017 yil tadbirlar rejasiga asosan 2017 yilning 18 aprel oyida “Yosh olimlar”ning ilmiy - amaliy anjumani o‘tkaziladi.
Ilmiy anjumanda quyidagi yo‘nalishlar (seksiyalar) muhokama qilinishi rejalashtirilgan:
-
Pediatriya, Terapiya;
-
Jarroxlik;
-
Tibbiy-biologik.
Ilmiy anjumanda ishtirok qilish shakllari:
-
Tezis chop ettirish
-
Ma’ruza bilan qatnashishi;
-
Tezis chop ettirish.
Yosh olimlarning (45 yoshgacha katta ilmiy – xodim izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar, klinik ordinatorlar)ning ilmiy nazariy ishi, magistrlik dissertatsiyalari natijalari bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan tayyorlangan tezislari 2017 yilning 1 martgacha ilmiy va ilmiy-pedagoglarni tayyorlash bo‘limiga (katta ilmiy – xodim izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va klinik ordinatorlar topshiradi) va magistratura bo‘limida (magistrlardan) qabul qilinadi.
Tezislarni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:
O’zbek, ingliz, va rus tillarida tayyorlangan tezislar 2017 yil 1martgacha magistratura bo‘limida qabul qilinadi. Tezislar matni shrifti; Times New Roman, 12 kegel. Tezislarning hajmi to‘liq 1 betdan oshmasligi, Word – 2007-2010 formatida, A-4 o‘lchamdagi oq qog‘ozda qator oraligi 1,0 interval, yuqori va pastki chegaralari 20 mm, chap va o‘ng chegaralari mos ravishda 30 va 15 mm bo‘lishi lozim.Tezislar ikki nusxada va elektron variantda tayyorlanib, ikkinchi nusxada ilmiy rahbarning nashrga ruxsati va muallif(lar)ning imzosi bilan taqdim etiladi. OTM xati va ekspert xulosasi bilan yuboriladi.
-
Tezis nomi (bosh harflarda)
-
Talabaning F.I.Sh.
-
Muassasa nomi
-
Matn tuzilmasi; dolzarbligi, maqsad va vazifalar, qo‘llanilgan usullar, olingan natijalar, muhokama, xulosa.
Tashkiliy qo‘mita manzili:
100140, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 223.
Magistratura bo‘limi
Telefon: 8-371 – 260 -28-98
Yosh olim (katta ilmiy – xodim izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar, klinik ordinatura uchun)
100140, Toshkent shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 223.
Ilmiy va ilmiy-pedagoglarni tayyorlash bo‘limi
Telefonlar: 8-371 – 262 -33-73 Sh.R. Abzalova
Tezislarni registratsiya qilish uchun shu vebsayt orqali amalga oshiriladi
http://my.tashpmi.uz/ru/seminars/8
Do'stlaringiz bilan baham: |