38.Tasodifiy mikdorlar uchun sonli xarakteristikalari
39.Aloka texnikasida eng kup ishlatiladigan taqsimot qonunlari. Aloka texnikasida eng ko‘p ishlatiladigan taqsimot qonunlari quyidagilardan iborat:
Normal (Gauss) taqsimot qonuni
Bir tekis taqsimot qonuni
R eley taqsimot qonuni
Normal taqsimot qonuniga signallarga zararli ta'sir etuvchi fluktuasion shovqinning oniy qiymatlari bo‘ysunadi.
B ir tekis taqsimot qonunining ehtimollik zichligi quyidagi ifoda bilan beriladi:
Bir tekis taqsimot qonuniga IKM signalini xosil qilishda kvantlash xatoligi bo‘ysunadi.
40.Rele taqsimot qonuni tushuntirib bering.
Reley taqsimot qonunining ehtimollik zichligi quyidagi ifoda bilan beriladi:
41.Mobil aloqa, raqamli televidenie, sun'iy yo‘ldosh orqali aloqa tizimlaridagi raqamli modulyasiya turlari. Har qanday aloqa tizimida, shu jumladan raqamli aloqa tizimlarida modulyatsiya turini tanlashda quyidagi ikki bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan talabni e’tiborga olish kerak. Birinchisi, ajratilgan chastotalar diapazonidan samarali foydalanish va ikkinchisi talab darajasidagi xalaqitbardoshlikni ta’minlashdir. Ma’lumki, bir xil sharoitda signal uzatish sifati uning spektrining kengligiga bog‘liq, ammo ajratilgan chastotalar diapazonida abonentlar sonini oshirish elektromagnit moslashuvchanlikni va polosa birligiga to‘g‘ri keluvchi signal uzatish tezligini oshirish ajratilgan chastotalar diapazonidan samarali foydalanishni taqazo qiladi.
42.Raqamli modulyasiya turlari. Oddiy binar fazasi modulyatsiyalangan (BFM) signal (inglizcha BPSK – binary phase shift keying) to‘g‘ri to‘rtburchaksimon davomiyligi 0 va boshlang‘ich fazasi i impulslar ketma-ketligidan iborat bo‘lib, fazasi faqat ikkita: 0 yoki qiymatga ega bo‘ladi.
Bunday modulyatsiya turi kvadraturali FM – KFM (QPSK – quadrature phase shift keying) deb ataladi. Bunda radioimpuls signal davomiyligi 0 dastlabki qiymatiga nisbatan ikki marta kattalashgani uchun energetik spektr shakli saqlangan holda kengligi ikki marta kichik bo‘ladi, ya’ni chastotalar spektridan foydalanish samaradorligi ikki marta oshadi. Bunda avvalgi xalaqitbardoshlik saqlanib qoladi.
Umuman olganda energetik yo‘qotishlarni signal vektorlari orasidagi eng kichik masofani maksimal qiymatiga erishishni ta’minlovchi usuldan, ya’ni FMni bir vaqtning o‘zida amplituda bo‘yicha modulyatsiyalash natijasida signal vektorlari orasidagi masofani kattalashtirish usulidan foydalanishga asoslanadi. Bunday modulyatsiya turlari: amplituda-faza modulyatsiya (AFM) va kvadratura amplituda modulyatsiya (KAM)dan telekommunikatsiya tizimlari (kabel orqali va radiorele aloqasi)da keng foydalaniladi. Ammo fazalari soni 16 va undan katta bo‘lgan AFM va KAM signallardan mobil aloqa tizimlarida elektr manbaidan foydalanish samaradorligi kichikligi uchun foydalanilmaydi.
BPSK (Binary Phase Sift Keying) – diskret Ikkilik faza modulyatsiyasi. Kvadraturali amplituda modulyatsiyasi (KAM, inglizcha Quadrature Amplitude Modulation – QAM) da tashuvchi signalning ham amplitudasi ham fazasi o‘zgaradi