Elektron hisoblash mashinalar davri.
Elektromexanik mashinalar ham o`z navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko`p vaqt talab qilishi, ya’ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug`ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi electron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi. Shu maqsad yo`lida 1942-45 yillarda birinchi bo`lib AQShdagi Pensilvaniya universitetida axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo`lgan electron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasi yaratildi. 30 tonna( ba’zi manbalarda 70 tonna) o`girlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampaga ega bo`lgan ulkan hisoblash mashinasi “ENIAK” deb nom oldi.
1 946 yili amerika olimi Djon Fon Neyman (1903-1957) shunday elektron hisoblash mashinalarini qurishni matematik jihatdan asoslab berdi. Bu hil mashinalar hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi, fan-texnikaning turli sohalari jadal rivojlanishiga turtki bo`ldi. Keyinroq, AQShda va Buyuk Britaniyada “ADVAK”, “EDSAK”, “SEAK”, “BINAK”, “UNIVAK” va boshqa mashinalar yaratildi. Umuman, 1950 yilelektron hisoblash mashinalarining taraqqiyotining boshlanishi bo`ldi.
XULOSA
Hozirgi kunda beshincha avlod mashinalarini ishlab chiqish ustida katta ishlar qiliniyapti. Ayniqsa, bu sohada yaponiya olimlari yaratgan beshinchi avlod mashinalarining loyihalari diqqatga sazovordir. Bu loyiha keyingi davr mashinalarini yaratishni ko`zda tutgan.Yaponiya olimlarining tabiricha, ushbu avlod mashinalari mantiqiy masalalarni hal qila oladigan, og`zaki gaplarni “eshitadigan” va “tushunadigan”, matnlarni o`qiyotgan tezlikda tarjima qila oladigan, rasm va chizmalarni “ko`ra” oladigan hamda “tushunadigan” bo`lishi kerak. Bunday komputerlar galley arsendi, katta va o`ta katta integral sxemalar asosida qurlishi nazarda tutilgan. Oxirgi paytlarda yer yuzida laboratoriyalarda oqsil molekulalari bilan tajriba o`tkazilmoqda. Ular komputerlarning arifmetik asosini tashkil qiluvchi asosiy element ikkilik sanoq sistemasida xotirlovchi katakchalarning vazifalarini o`tayapti. Albatta, ushbu yo`nalish bo`yicha EHM qurish haqida gap yuritish erta albatta, lekin tajribalar yaxshi natijalarga olib kelsa, komputerlaning yangi davrini boshlaydigan biokomputerlarga ega bo`lishimiz mumkin.
АСОСИЙ АДАБИЕТ
Каримов А “Microsoft Access билан дастлабки танишув”
ТДЮИ 2005
Анатолий Хомокенно “Microsoft Access 2002” Экспресс курс Петербург 2005
“Учебник по Access” Составитель. Джалилов М.Л. ТАТУ ФФ-2006
Информатика 2003 Алексеев А.П. М: СОЛОН-Пресс 2003
Информатика ва хисоблаш техникаси Холматов Т ва бошкалар Т.: Узб. М.Э 2001
Ахборот тизимлари ва технологиялари С.С. Гуломов, ва бошқалар Т: «Шарк» 2000
Do'stlaringiz bilan baham: |