Ovoz va videoma’lumotlarni uzatish. N.323 terminali N.245, Q.931, RAS, RTP va N.450 protokollar oilasini ta’minlashi hamda G.711 audio kodlashni qo‘llashi lozim.
Ovozlarni an’anaviy kommutatsiya kanallari va tarmoqlari o‘rniga IP tarmog‘i orqali uzatish texnologiyasi, yo‘laklar o‘rnatish orqali konfiguratsiyani inobatga oladi. Yo‘lak axborotni jipslaydi, IP paketga aylantiradi, IP tarmoqqa yuboradi, qarama-qarshi tomondagi yo‘lak aks harakatlarni amalga oshiradi, ya’ni chaqiriq paketlarini o‘qiydi va taqsimlaydi. Natijada oddiy telefon apparati chaqirishni hech bir muammosiz qabul qiladi. Axborotlarni bunday o‘zga tus olishi, dastlabki ovoz signalini ortiqcha yubortirmasligi kerak, uzatish rejimi mavjud vaqt ko‘lamida abonentlar o‘rtasidagi axborot almashinuvini saqlab qolishi kerak.
Ovozni siqish algoritmlari
Kodek
|
Talab etilgan o‘tkazuvchanlik qobiliyati (Kbit/s)
|
DSP, MIPS yuklanish
|
Kodekning kechikishlar
(ushlanishlar) yig‘indisi (ms)
|
MOS bahosi
|
G.711
|
64 (siqish yo‘q)
|
yo‘q
|
0,25
|
4,1
|
G.723.1
|
5,3/6,4
|
16/21
|
37,5
|
3,7/3,9
|
G.728
|
16
|
32
|
2,5
|
4.3
|
G.729
|
8
|
25
|
15
|
3,92
|
G.729A
|
8
|
13
|
15
|
3,85
|
Izoh. Ovoz sifati MOS (Mean Opinion Score, ITU-T P.800 tavsiyasi) ekspert baholarining besh balli shkalasida berilgan.
Xar xil turdagi ilovalarni o‘tkazish polosalari kengligi talablari
Ilova
|
Uzatish turi
|
Uzatish formati
|
Siqishsiz uzatish tezligi
|
Siqishli uzatish tezligi
|
Nutq
|
Telefoniya
|
G.711 – G723.1
|
64 kbit/s
|
8-32 kbit/s
|
Tasvir
|
Oddiy tasvirga ruxsat
|
SVGA
|
2,458 Mbit/s
|
24-245 kbit/s
|
JPEG
|
6,636 Mbit/s
|
104-830 kbit/s
|
Yqori sifatli tasvir
|
|
31,46 Mbit/s
|
0,3-3 Mbit/s
|
Video
|
Videokonferentsiya
|
MPEG-1 (PAL)
|
30,4 Mbit/s
|
1,15-3 Mbit/s
|
MPEG-1 (NTSC)
|
30,4 Mbit/s
|
1,15-3 Mbit/s
|
Keng eshittirishli TV
|
MPEG-2 (PAL)
|
124,4 Mbit/s
|
15 Mbit/s
|
MPEG-2 (NTSC)
|
124,4 Mbit/s
|
15 Mbit/s
|
Yqori ruxsatli TV
|
HDTV
|
994,3 Mbit/s
|
135 Mbit/s
|
MPEG-3
|
745,8 Mbit/s
|
20-40 Mbit/s
|
Kodeklar haqida tushuncha. Kodek (inglizcha codec, koder/dekoder - kodlash, qayta kodlash) - ovozli va video faylni ishga tushirish uchun mo‘ljallangan dastur hisoblanadi. Fayllar turli formatlarda bo‘ladi va ularni ishga tushirish uchun alohida kodeklar zarur.
Kodek bu amalga oshirilayotgan algoritmga muvofiq axborotni kodlash va dekodlash funksiyalarini amalga oshiruvchi qurilma yoki dasturdir. Kodeklar oqim/signalni kodlashi (ko‘pincha uzatish, saqlash va shifrlash uchun), koddan chiqarishi ham mumkin. Kodeklarning ishi - ma’lumotlar yoki signallarni siqish va audio-video fayllarni o‘zgartirishdan iborat. Bunda o‘zgartirilayotgan fayl imkon qadar yaxshi sifatda bo‘lishi talab etiladi.
Kodeklarning ikki turi mavjud-sifatni buzib ishlaydigan kodeklar va sifatni saqlagan holda ishlaydigan kodeklar.
Birinchi tur kodeklar fayl hajmini qisqartirishi natijasida audio va video fayllar sifati buziladi.
Ikkinchi tur kodeklar sifatni saqlagan holda fayllarni siqadi, ammo bu kodeklarni kamchiligi ularda fayllar hajmi katta bo‘ladi.
Audio kodeklar va ularning IP-telefoniyada qo‘llanilishi.
Nutq va video axborot kechikishlarga juda ta’sirchan, ammo alohida paketlar yo‘qolishga kamroq ta’sirchandir. Shuning uchun transport protokoli sifatida UDP qo‘llaniladi, chunki TCP ta’minlaydigan paketni yetkazib berishni nazorat qilish va qayta uzatish mexanizmlari nutq va video axborotlarini uzatishga mos kelmaydi.
IP-telefoniya uchun bir qator protokollar ishlab chiqilgan, ularning tarkibida IP-tarmoqlari bo‘ylab nutq uzatish va IP-telefoniya signalizatsiyasi uchun tegishli qo‘llanmalar mavjud. Bugunga kunda eng keng tarqalganlari quyidagilar: H.323, SIP, MGSP.
H.323.
H.323 ITU-T tavsiyasi – ovoz, video va ma’lumotlar uzatish standarti bo‘lib, kafolatsiz xizmat sifatli tarmoqlardagi multimedia ilovalarining o‘zaro munosabatlarini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |