Panjarali kodli modulyatsiya. Imai-Xirokava tomonidan taklif qilingan ko‘p darajali kodlash sxemasida 2V signallik nuqtalari yulduzli ko‘pxadi uchun v darajali kiritilgan ikkita ko‘pxadostilari qismlariga bo‘lingan sxemadan foydalaniladi. Kodli so‘z elementlari v ikkilik komponentlik kodlari S;, 1 < / < v, qismlarga bo‘lishning har bir darajasida chegaradosh sinflar indeksatsiyasi (nomeratsiya) uchun foydalaniladi.
Ko‘p darajali kodlash modulyatsiyasi konstruksiyasining ustunligidan biri Yevklid masofasiga muvofiq signal nuqtalari ko‘pxadostida, i = 1, 2, ...,v, har bir qismga bo‘lish darajasida, komponentli kodlar Xemming masofasi bilan moslashuvchanlik hisoblanadi.
Uochmen xammualliflari bilan o‘tkazish qobiliyatini idrok qilishga asoslangan bir nechta konstruksiya qoidalarini taklif qilgan, (o‘zaro axborot uchun zanjirli tengsizlikni qo‘llagan). Bundan tashqari, ishlarda ko‘rsatilganidek, uzun komponentli kodlarga ega ko‘p darajali kodlar, turbo kodlar kabi yoki past zichlik tekshiruvli kodlar kanalning o‘tkazish qobiliyatiga yetishishadi.
Yana shuni belgilash foydaliki, ikkilik komponentli kodlarni tanlashda, ko‘pxadostilariga bo‘lish dixotomik xisoblanadi, biroq umumiy holatda, komponentli kodlar signal ko‘pxadi qismlariga bo‘lish sxemasiga muvofiq istalgan tugallangan maydondan tanlanishi mumkin.
Ko‘p darajali kodlashning boshqa muxim afzalligi shuki, dekodlash (ikkilik kodini) xar bir darajada mustaqil amalga oshirilishi mumkin. Bunday ko‘p darajali dekodlash murakkablikni yetarlicha butun kodni optimal dekodlashga qaraganda kamaytirish imkoniyatini beradi. 18.3-rasmda 8-FM signallarida ko‘p darajali kodlash modulyatsiya tizimiga namuna keltirilgan.
18.3-rasm. 8-FM signallarida ko‘p darajali kodlash modulyatsiya tizimiga namuna
8-FM signallarida ko‘p darajali kodlash modulyatsiya misolida komponentli kodlar panjarasi keltirilgan.
18.4-rasm. 8-FM signallarida ko‘p darajali kodlash modulyatsiya misolida komponentli kodlar panjarasi.
Bu ko‘p darajali konstruksiyaning tezligi yoki spektral effektivligi R=(k1+k2+...+kv)/n(bit/simvol)ga teng. Minimal Yevklid masofasining kvadrati bu tizimni Dc 2 (A) koniqtiradi.
Ta’kidlanganidek, ko‘p darajali kodlashning afzalliklaridan biri ko‘p darajali dekodlashdir. Quyidagi rasmlarda panjarali kodlarni kodlash va dekodlashda foydalaniladigan asosiy strukturalar ko‘rsatilgan. Ko‘p darajali dekodlash maksimum haqiqatga yaqinlik bilan dekodlashga nisbatan murakkablikni kamaytirishga olib keladi. Biroq ko‘p darajali dekodlashda dekoderning boshqa darajalari, katta darajalarida kodlash qo‘llanilmaydi deb hisoblaydi. Bu minimal masofada kodli so‘zlarning miqdorini ko‘payishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, xatolar koeffitsienti yoki yaqin qo‘shnilar raqamlari oshishiga olib keladi. Bu effekt bilan bog‘liq kattalik yo‘qotish komponentli kodning tanlovi va signallarda belgining aksiga bog‘liq. Xatolik ehtimolligi diapazonida 10-2 -10-5 bu kattalik bir necha dB ga yetishi mumkin.
18.5-rasmda panjarali kodli modulyatsiya tizimi uchun koder va dekoderning baza strukturasi keltirilgan.
18.5-rasmda panjarali kodli modulyatsiya tizimi uchun koder va dekoderning baza strukturasi
18.6-rasm. Panjarali kodli modulyatsiya tizimlarida tengsiz himoya
Panjarali kodli modulyatsiya xatolardan tengsiz himoya hosil qilishning qulay sxemasi hisoblanadi (UEP - unequal-error- protection), chunki u qismlarga bo‘lishning xar bir darajasida kodli ketma-ketlik orasida minimal Yevklid masofasini konstruksiyalashda zarur moslashuvchanlikka ega.
Biroq diqqat bilan belgi va signal orasidagi tasvirni tanlash lozim, qidirayotgan tengsiz himoyani buzmaslik uchun aralash qismlarga bo‘lishda, boshqalari Ungerbyok tomonidan taklif etilgan qoidalar bo‘yicha bajarilganda, ba’zi bo‘lish darajalari nostandart hisoblanadi. Bu usul bilan xato koeffitsienti va konstruksiya darajalari bo‘yicha Yevklid masofasi orasida yaxshi almashinuvga erishiladi. Tengsiz himoyaga erishish uchun Yevklid masofasi qismlarga bo‘lish darajalari bo‘yicha quyidagicha tanlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |