Axborot tizimlari va texnologiyalari yo`nalishi 915-21 gurux talabasi Kamolov Faxriddinning oraliq nazoratidan savollarga javoblari



Download 0,92 Mb.
bet1/4
Sana07.07.2022
Hajmi0,92 Mb.
#754029
  1   2   3   4
Bog'liq
tarix oraliq Kamolov F.




Axborot tizimlari va texnologiyalari yo`nalishi 915-21 gurux talabasi Kamolov Faxriddinning oraliq nazoratidan savollarga javoblari

1.«Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo’lishi.


2. Qanday sabablar SSSRni inqirozli vaziyatga olib keldi?
3. Taraqqiyotning «Oʼzbek modeli» xaqida soʼzlang?
1.«QAYTA QURISH» SIYOSATI VA IJTIMOIY-SIYOSIY INQIROZ
Sovet jamiyatining 80-yillar o’rtasidagi holati, ijti-moiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarida hukm surgan siyosatning bevosita, mantiqiy davomi edi. Shu o’rinda ta'kidlash joizki, 80-yillarning boshlariga kelib sovet mustabid siyosiy tizimi, xo’jalik yuritish usuli o’zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.
Sobiq mamlakat siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarida bir necha marta tub islohotlar, o’zgarishlar qilishga urinib ko’rdi. Ammo bunday harakatlarning barisi zoye ketdi, ko’zlangan maqsadga erishilmadi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo’jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko’proq daxldor bo’ldi.
Jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning so’nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida, bir tomondan, ma'muriy-siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, jamiyat a'zolari mehnat intizomining pa-sayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik kuchayib bordi. O’zbekiston iqtisodiyoti katta xom ashyo, iqtisodiy zaxi-ralarga ega bo’lishiga qaramasdan g’arb mamlakatlaridan juda tez ortda qola boshladi. Ishlab chiqarish sama-radorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, yangi texnika hamda texnologiyalarni o’zlashtirish juda sust olib borildi.
Jahonning rivojlangan va demokratik tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy o’zgarishlar, demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a siljishlar, xalq turmush sharoitidagi yangi imkoniyatlar sovet jamiyatidan nafratlanish, jiddiy, tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo qildi.
Ana shunday sharoitda 80-yillarning o’rtalarida sovet jamiyatida «qayta qurish» boshlandi. Qayta qurish KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeyevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining aprel (1985-yil) plenumi bilan bevosita bog’liqdir. Ushbu jarayon avvalo jamiyat-ning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida to’planib qolgan inqirozli holatlarni tahlil etishdan bosh-landi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish uchun ikki baravar ko’p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po’lat, stanoklar ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallashiga qaramas-dan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilmaganligi qayd etildi.
Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985—1987-yil-lar) ma'muriy-tashkiliy tadbirlarning an'anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlandi. Mazkur bosqichda kun tartibiga qo’yilgan vazifalardan biri ilmiy-texnika taraq-qiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishdan iborat bo’ldi.
Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e'tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratildi. Ammo bunday jarayonni ijtimoiy munosabatlarni takomil-lashtirmasdan amalga oshirish mumkin emasligi tezda ayon bo’lib qoldi. Shuning uchun 1986-yilda qayta qu-rish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e'tibor berildi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma'muriy-buyruqbozlik va byurokra-tizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar edi.
Natijada jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma'lum o’zgarishlar ro’y bera boshladi, kishi-larning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari qadam tashlandi, milliy o’zlikni anglash jarayoni yuz berdi. Ammo tub o’zgarishlarni, barcha sohalarda haqiqiy islo-hotlarni amalga oshirish yo’lidagi urinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. 1986-yildan boshlab mamlakat iqtisodiy ahvoli battar yomonlasha boshladi, 1987-yil yanvaridan ishlab chiqarish sur'atlari keskin pasaya bordi, iqtisodi-yotda inqirozli holat yuzaga keldi. Qayta qurishning bi-rinchi bosqichi shu tarzda mag’lub bo’ldi.
Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987— 1990-yil-lar) endi jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo’ydi. Xususan, bunday va-zifa sobiq siyosiy mafkura tomonidan 1987-yil yanvarda yanada konkretlashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to’liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta'kidlandi.
Jamiyatda sodir bo’layotgan voqealar, hodisalarga o’sha davrda kun tartibiga qo’yilgan «ko'proq demokratiya» shiori ostida baho berish rasm bo'1-
di. To’g’ri, demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma'lum darajada uyg’otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtirokida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy holat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini o’zgartirish to’g’risidagi Qonun (1988-yil de-kabri) ning qabul qilinishi ham jamiyat a'zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma'lum ahamiyat kasb etdi.
Ammo mamlakatda tub demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetka-zish mumkin boimadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo’q edi. Ikkinchidan, par-tiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar. Ma'lumki, qayta qurish «yuqoridan» boshlandi.

2.SSSR qanday parchalangandi - qabohat saltanatining yo‘qlikka yuz tutish sabablari

XX asr — insoniyat boshiga misli ko‘rilmagan falokatlar solgan ikkita jahon urushi bilan birga ikkita kuchli davlat, SSSR–AQSh qarama-qarshiligi orqali yodda qoldi. Bu ziddiyat, ayniqsa ikkinchi jahon urushidan keyin kuchaydi. SSSR urush g‘olibi sifatida dunyo sotsializmining rahnamosi bo‘lgan bo‘lsa, AQSh jahon kapitalizmi peshqadami bo‘ldi.


Bunda dunyo davlatlarini o‘z tomoniga og‘dirishda AQSh ko‘proq o‘z kapitaliga suyandi, SSSR esa zo‘ravon siyosatga. Masalan, o‘z fuqarolariga qilingan ko‘plab zo‘ravonliklar yetmaganday ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng SSSR g‘olib sifatida Sharqiy Yevropa va Osiyodagi bir nechta davlatlarni majburiy tarzda sotsializm boshqaruviga o‘tkazdi. Shu tariqa bu davlatlar SSSRga tobe bo‘lib qoldi.
Albatta, ular orasida SSSRga tobe bo‘lishni xohlamay jahon hamjamiyatidagi boshqa davlatlar bilan o‘zaro teng huquqli munosabat o‘rnatishni xohlaydiganlari ham chiqdi. Ammo SSSR unday harakatlarni kuch bilan bostirib, qonga botirdi. 1954 yil Vengriya, 1968 yil Praga voqealari shular jumlasidan.

Tarixdan ma'lum, zo‘ravonlikda haddidan oshgan davlatlarning hech biri uzoq yashamagan. SSSR ham bundan mustasno bo‘lmadi. Bu davlat 69 yil umr ko‘rib, parchalanib ketdi.
Bu parchalanishga 1985 yil 11 mart sanasida KPSS Markaziy Qo‘mitasining Bosh sekretari etib tayinlangan Mixail Gorbachyov ham tom ma'noda «yaxshi» hissa qo‘shdi.
Gorbachyov rahbar bo‘lgan paytda bir tarafdan afg‘on urushi, ikkinchi tarafdan G‘arbning o‘sha urush tufayli SSSRga joriy qilgan iqtisodiy sanksiyalari ortidan mamlakat og‘ir ahvolga tushgan edi.
Mixail Gorbachyov
Vaziyatni o‘nglash uchun Gorbachyov bir qator islohotlarni o‘tkazishga urindi. Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish reja qilindi. Mamlakatdagi ko‘plab taqiqlar bekor qilindi. Hatto 1990 yilda KPSSning gegemonligiga chek qo‘yilib, unga muxolif bo‘lgan partiyalar tuzishga ham ruxsat berildi. Xalqaro maydonda AQSh bilan munosabatlar yaxshilanib, Brejnev davrida boshlangan «sovuq urush»ga barham berildi.
Ana shunday holatda ittifoqdosh respublikalarda milliy uyg‘onish harakatlari boshlandi. Har bir respublikada milliy til davlat tili deb e'lon qilindi. Voqealar, ayniqsa 1990 yildan keyin juda tezlashib ketdi. O‘sha yili nafaqat ittifoqdosh respublikalar, balki ularning tarkibida bo‘lgan avtonom hududlarning aksariyati o‘z mustaqillik deklaratsiyasini e'lon qilgan bo‘lsa, yana bir qismi kengaytirilgan avtonomiya talabi bilan chiqdi. Shu tariqa SSSR so‘nggi kunlarini yashayotgani aniq bo‘la boshladi.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish