149
11- bob
Elektron tijorat - biznes samaradorligini oshiruvchi manba
11.1 Internet – elektron tijoratning asosi
Elektron tijorat nima? Bu texnologiya O’zbekistonga ham kirib keldi. Elektron
tijorat – bu Internet orqali sotish va sotib olishdir. Uning imkoniyatlari turli tuman.
Internet yordamida o’zingizga
zarur kitob, kiyim, yoki kompyuter va xattoki oziq -
ovqat mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin. Xo’sh Internet qanday
imkoniyatlarni yaratadi ?
Bu texnologiya bir necha yillar davomida ravnaq topdi. Undan Dell, Cisco, IBM,
HP, Oracle, Microsoft va Sun kompaniyalari juda keng ko’lamda foydalanishadi.
Cisco kompaniyasi mahsulotlarni sotish faoliyatining ¼ qismini Internet orqali
amalga oshiradi[18,20].
Internetdan foydalanish sotuvchilarga qo’yidagi imkoniyatlarni beradi.
Uzining maxsuloti va tovarini xalqaro va regional darajada reklama qilish.
Bundan tashqari reklama o’z ichiga umumiy tariflar bilan birgalikda, tovarning
rasmini, sotuvchi taklif
qilayotgan chigirmalar
hamda qo’shimcha
ma’lumotlarni
olishi mumkin
Qo’shimcha biznes sheriklar orttirish maqsadida o’zining korxonasini reklama
qilishi mumkin.
Bozordagi narxlarni o’zgarishini tezkor kuzatib borishi mumkin;
Invistrlar topish maqsadida o’zining loyixalarini reklama qilishi mumkin;
Sotilayotgan tovarlar uchun internetdan buyurtma qabul qilish tizimini
yaratishi mumkin;
Elektron pochta orqali sotuv vakillari bilan tezkor aloqa o’rnatish xamda
biznes bo’yicha sheriklarni maьlumotlariga to’g’ridan to’g’ri kira olish
imkoniyati yaratiladi.
Sotib oluvchiga esa:
Kerakli tovarni sotadigan korxonani tezkor topish;
Bozordagi narxlar bilan tanishish, hamda kerakli
tovarni sotadigan va narxi
kanoatlantiradigan sotuvchini topish;
Elektron pochta yordamida sotuvchi – firmaga aniq surovlar yuborish hamda
javob olish;
Tovar buyurtma qilish;
Ekspiditor va transport xizmatini ko’rsatuvchilarni tanlash;
YUkni olib kelishini buyurtma qilish;
Tulovlarni amalga oshirish v.b.
Sotuvchilar ham, sotib oluvchilar ham, Internetdan o’zlariga kerakli
maьlumotlar manbai sifatida foydalanishlari mumkin.
Internetning tuzilishi
xar doim takomillashtirilmoqda, imkoniyatlari esa
kengaymoqda. Xozirda “Internet Help” deb nomlangan umuman yangi qidiruv tizimi
yuzaga kelgan. Bu tizimning yangiligi shundaki, foydalanuvchi kerakli surovlarni
oddiy tilda (yoki shevada) beradi. Bu surovnomalarni qabul qilgan operator shu
surovnomaga taaluqli WEB-manzillarni yuboradi.
150
Bugungi kunda Internet jadal tarzda nafaqat kompyuter texnikasi, balki boshqa
texnologik
jixatdan
murakkab
bo’lgan
tovarlarni
(telvizorlar,telefonlar) ishlab chiqaradigan korxonalarga ham kirib bormoqda.
Bunday korxonalarning maqsadi – uy-jixoz bozori imkoniyatlaridan to’liq
foydalanish.
SHu sababdan kompyuter va mobil telefon
texnologiyalaridan keng
foydalaniladi, hamda virtual reallikga kirib borish vositalarini narxi tushiriladi, bu esa
maьlumotlarga Internet orqali etishishni iqtisodiy imkoniyatini oshiradi. Natijada
alternativ qurilmalarni afzalliklarini yo’qqa chiqishiga olib keladi.
Misol tariqasida, Microsoft kompaniyasi muxandislari oldiga qo’yilgan
masalalarni olishimiz mumkin: kompyuterni inson ovozi yordamida boshqarish,
kompyuterlarda tasvir sifatini oshirish v.b.
Do'stlaringiz bilan baham: