Tarkibiy boyitishda talab qilingan aniqlik, axborot manbalarining
xizmat ko„rsatish tezligi va tahlil qilinayotgan jarayon chastota spektriga
bog„liq bo„lgan axborotni ifodalovchi parametrlarini o„zgartirish nazarda
tutiladi.
Statistik boyitishda statistik ma‟lumotlarni jamlash, jamlangan
ma‟lumotlardan saralanganlariga ishlov berish amalga oshiriladi.
Semantik boyitish axborotning mazmunini, hisoblashlar va
bildirishlar, tushunchalarni ajratish va tasniflash, mantiqiy formalarni
minimallashtirishni bildiradi. Semantik boyitish natijasida ishlov
berilayotgan yoki uzatilayotgan axborotni umumlashtirishga va undagi
mantiqiy qarama-qarshiliklarni yo„qotishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |