Axborotning jamiyat rivojidagi o‘rni
Insoniyat jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlari texnik
rivojlanish
asosida
amalga
oshgan.
Avtomatlashtirish
mehnat
unumdorligining ortishiga olib keldi. Mehnat jamoalarining shakllanishi
bilimlar bilan almashish zaruratini yuzaga keltirdi. Birinchi navbatda
avloddan avlodga og„zaki berildi. Yozuvning yaratilishi ularni axborot
ko„rinishida berish imkoniyatini yaratdi. Axborotning yuzaga kelishi
insoniyat jamiyatining izlanishlari natijasi bo„ldi.
Hozirgi kunda axborot eng qimmat manbalardan biri hisoblanadi.
Bu material ishlab chiqarish muhitidan mehnat manbalarini axborot
muhitiga ko„chirishda ko„rinadi.
XIX asrning oxirlarida AQShda ishga yaroqli aholining 95% dan
ortig„i jismoniy mehnat bilan va 5% ga yaqini esa axborotga ishlov
berish bilan shug„ullangan. Hozirgi kunga esa, mehnat manbalari
nisbatining deyarli aksini ko„rishimiz mumkin.
Shunday fikrlar mavjudki, jahon ta‟lim tizimidagi inqirozni
axborotlashtirish negizida bartaraf etish mumkin. Hozirgi kunda AQSh
oliy ta‟limini yuz milliardinchi tijorat deb nomlamoqdalar. Ta‟lim
texnologiyalari eksportchilaridan biri hisoblangan amerikaliklar yiliga
g„aznaga o„rtacha 7 mlrd. dollar tushuradilar. Bu yalpi milliy
mahsulotning 2,7% ini tashkil etadi. Har yili AQShda 454 mingga yaqin
xorijiy talabalar tahsil oldalar. Ulardan 57% i osiyoliklar, 15% i esa
yevropaliklardir.
Bunday
natijalarga
erishish
asosan
axborot
texnologiyalarini keng tadbiq qilish natijasida bo„ldi.
Jahon hamjamiyatining iqtisodga intilishi natijasida axborot,
www.ziyouz.com kutubxonasi
10
telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari tez o„zgarib bormoqda.
Telekommunikatsiyalarning rivojlanishida yuridik shaxslar va
raqobatga ko„proq tayanilmoqda. Axborotga ishlov berish ham
rivojlangan, ham rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiyotning barcha
sohalarida katta ahamiyatga ega bo„lmoqda. Ma‟lumotlarni siqishning
yangi vositalari ishlab chiqildi. Shisha tolali va simsiz aloqa
texnologiyalari yangilanib bormoqda. Bog„lanish xizmatlari narxi tez
tushib bormoqda. Yaqin 20 yil ichida axborot almashinuvi deyarli tekin
bo„lishi mumkin. Raqamli aloqa texnologiyalariga o„tish ma‟lumotlarni
uzatish,
axborotni
tarqatish
va
boshqa
axborot
xizmatlarini
yaqinlashtirishga
olib
keladi
va
global
tarmoqlarning
yangi
imkoniyatlarini ochadi. Yangi texnologiyalar rivojlanish yo„lidagi turli
to„siqlarni bosib o„tish imkoniyatini yaratadi. Masalan, masofaviy ta‟lim
tizimi uning an‟anaviy usullariga hayotiy qo„shimcha bo„lishi mumkin.
Axborot jamiyatida katta axborot oqimining yuzaga kelishi
quyidagilar bilan asoslanadi:
ilmiy izlanishlar va tajriba-loyiha ishlari natijalarini bayon
etuvchi hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqa hujjatlar soninig
jadal sur‟atlar bilan ortishi;
insoniyat faoliyatining turli soxalari bo„yicha davriy nashrlarning
doimiy ortib borishi;
odatda magnit lentalarga yoziluvchi va kommunikatsiya tizimlari
doirasiga tushmaydigan turli-tuman ma‟lumotlarning yuzaga
kelishi.
Buning natijasida axborot krizisi yuzaga keladi. U quyidagilarda
namoyon bo„ladi:
inson tomonidan axborotni qabul qilish va qayta ishlov berishning
chegaralanganligi va saqlanayotgan axborot massivlarining
mavjud bo„lgan kuchli oqimi o„rtasida ziddiyatlar yuzaga keladi;
katta hajmdagi ortiqcha axborot yuzaga keladi, bu foydalanuvchi
uchun zarur axborotlarni qabul qilishni qiyinlashtiradi;
ma‟lum bir darajada, axborotning tarqalishiga to„sqinlik qiluvchi,
iqtisodiy, siyosiy va boshqa sotsial to„siqlar yuzaga keladi.
Masalan, ko„pincha sirni saqlash sababli turli tashkilotlar
xodimlari zarur axborotdan foydalana olmaydilar.
Bu kabi sabablar noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi. Dunyoda katta
hajmdagi axborot potensiali yig„iladi, ammo insonlar ulardan o„z
imkoniyatlari doirasida foydalana olmaydilar.
Axborot krizisining yuzaga kelishi jamiyat oldiga yuzaga kelgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
11
vaziyatdan chiqib ketish yo„llarini qidirish zaruratini qo„ydi. EHMlarni
faoliyatning turli sohalariga tadbiq qilinishi yangi evolyutsion
jarayonning birinchi qadami bo„ldi.
Axborot jamiyatida jamiyatning ko„plab ishchilari axborotni,
ayniqsa uning yuqori shakli bo‘lgan bilimlarni, ishlab chiqish, saqlash,
qayta ishlash va uzatish bilan band bo„ladilar.
Axborot jamiyatining xarakterli tomonlari quyidagilardan iborat:
informatsion krizis muammosi hal etiladi, ya‟ni axborot oqimi va
axborot tanqisligi o„rtasidagi qarama-qarshilik yechiladi;
axborotning boshqa manbalarga nisbatan ustunligi ta‟minlanadi;
rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodi bo„lib boradi;
yangi informatsion texnika va texnologiyalar yordamida
bilimlarni avtomatik generatsiyalash, saqlash, ishlov berish va
foydalanish jamiyat asosini tashkil etib boradi;
informatsion texnologiya insoniyat sotsial faoliyatining barcha
sohalarini qamrab olgan holda global tavsifga ega bo„ladi; butun
insoniyat olamining axborot birligi shakllanib boradi;
jamiyatni boshqarish, o„rab turgan muhitga ta‟sirning optimal
prinsiplari amalga oshiriladi.
Jamiyatni axborotlashtirishning salbiy tomonlari sifatida quyidagi
holatlarni keltirib o„tish mumkin:
1.
Jamiyatga ommaviy axborot vositalari ta‟sirining yanada ortib
borishi.
2.
Axborot texnologiyalarining tashkilotlar va insonlar shaxsiy
hayotiga yanada chuqurroq kirib borishi.
3.
Sifatli va ishonchli axborotlarni saralash muammosining yuzaga
kelishi va boshqalar.
Axborot industriyasi rivojlangan davlatlar axborot jamiyatiga
o„tishga
eng yaqin turganlar hisoblanadi. Bularga AQSh, Yaponiya, Angliya,
Germaniya va G‘arbiy Yevropa davlatlarini kiritish mumkin. Bu davlatlarda
davlat siyosatining yo„nalishlaridan biri, axborot industriyasida
innovatsiyalarni qo„llab-quvvatlash va investitsiyalash bilan bog„lq
bo„ghan kompyuter tizimlari va telekommunikatsiyani rivojlantirish
hisoblanadi.
So„nggi informatsion inqilob yangi yo„nalishni olg„a suradi – yangi
bilimlarni ishlab chiqish uchun texnik vositalar, usullar, texnologiyalar
ishlab chiqish bilan bog„liq bo„lgan axborot industriyasi. Axborot
industriyasining asosiy tarkibiy qismi barcha turdagi axborot
www.ziyouz.com kutubxonasi
12
texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiya bo„lib, bunda kompyuter
texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi so„nggi yutuqlarga tayanadi.
Axborot texnologiyalarining jamiyat tomonidan o„zlashtirilishi har
bir inson hayot tarzining o„sishiga olib kelishi lozim. Axborot jamiyati –
insoniyat rivojining navbatdagi bosqichi bo„lib, insonlarning yangi,
axborot texnologiyalariga tayanuvchi yashash muhiti yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |