Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/130
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#131056
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

1. Jamiyat va axborot 
Axborot (informatsiya) tushunchasi 
Axborot  (informatsiya)  tushunchasi  lotin  tilidagi  «informatio» 
so„zidan  olingan  bo„lib,  bayon  etish,  tushuntirish,  izohlash  kabi 
ma‟nolarni  bildiradi.  Axborot  deyilganda  biz  radio  va  televideniye 
xabarlarini, kitob, gazeta, berilganlar bazasi, kutubxona ma‟lumotlarini, 
insonlar  bilan  muloqot  qilish  orqali  va  ilmiy  jurnallardan  olingan 
bilimlarni  nazarda  tutamiz.  Axborotlar  kitoblarda,  kutubxonalarda, 
berilganlar  bazalarida,  qog„ozda  va  mashina  tashuvchilarida  saqlanadi. 
Axborot  og„zaki,  yozma,  elektron  signal  va  radioto„lqin  yordamida 
uzatiladi.  Sezgi  organlari,  foto-  va  videokameralar,  elektron  datchiklar 
yordamida qabul qilinadi. 
Alohida  xabarlar  va  ma‟lumotlar  qayta  ishlanadi,  shakllantiriladi, 
tizimlashtiriladi, saralanadi va yangi axborot yoki yangi bilimlar olinadi. 
Turli usullar va shakllar yordamida taqdim etilayotgan axborot, sifatidan 
qat‟iy  nazar,  ma’lumotlar  deyiladi.  Jo„natish  uchun  mo„ljallangan 
axborot xabar deyiladi. 
Keng ma‟noda axborot – bu ma‟lumotlar, bilimlar, xabarlar bo„lib, 
saqlash,  qayta  ishlash,  uzatish  va  qo„yilgan  masalalarni  yechishga 
yordam  beruvchi  obyekt  hisoblanadi. Axborot  tushunchasini  matematik 
turdagi  abstrakt  tushuncha  deb  qarash  mumkin.  Ammo,  uning  bir  qator 
xususiyatlari  uni  material  olamga  yaqinlashtiradi.  Axborotni  olish, 
saqlash,  qayta  ishlash,  uzatish  va  o„chirish  mumkin.  Material  olamda 
axborot almashinuvi yuzaga kelishi uchun axborot tashuvchi – uzatkich, 
aloqa  kanali  va  axborot  qabul  qiluvchi  bo„lishi  zarur.  Uzatish  muhiti 
manba va axborot qabul qiluvchini axborot tizimiga birlashtiradi. 
Axborot tushunchasi u xossalarini ifodalovchi biror bir obyekt bilan 
bog„liq.  Bundan  tashqari,  axborotning  tashuvchiga  nisbatan  nisbiy 
bog„liqsizligi  kuzatiladi:  u  ma‟no  (semantika)sidan  qat‟iy  nazar,  turli 
fizik  muhitlarda  turli-tuman  fizik  signallar  yordamida  uzatilishi  va 
shakllantirilishi  mumkin.  Axborot  kuzatish,  hisoblash  tajribalari  hamda 
mantiqiy xulosalar orqali olinishi mumkin. 
Axborot  almashinuvida  material  olam  obyekti  sifatida  manba  va 
qabul  qiluvchi  –  inson  yoki  qandaydir  material  obyekt  mavjud  bo„lishi 
zarur. Axborot har qanday material tizimning akslanishi hisobiga yuzaga 
keladi  va  butun  materiyaning  xossasi  bo„lib  hisoblanadi.  Axborot 
tushunchasi  ikki  obyektning  mavjudligini  nazarda  tutadi:  axborot 
manbai  va  iste‟molchi.  Iste‟molchi  olinayotgan  axborotni  qayerda  va 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 

 
qanday  maqsadlarda  foydalanayotganiga  qarab,  baholashi  mumkin. 
Bundan  kelib  chiqadi-ki,  axborot  paragmatik,  semantik  va  sintaktik 
aspektlarga ega. 
Paragmatik  aspekt  –  olinayotgan  axborotni  qo„llash  orqali 
belgilangan  maqsadga  erishishdir.  Bu  iste‟molchining  holatiga  ta‟sir 
qiladi.  Agar  axborot  samarali  bo„lsa,  iste‟molchining  holati  yaxshi 
tomonga o„zgaradi. 
Semantik  aspekt  –  berilayotgan  axborotning  ma‟nosini  baholash 
imkonini beradi va tilning ma‟noviy elementlari yoki so„zlari o„rtasidagi 
semantik bog„liqlikni aniqlaydi. 
Sintaktik  aspekt  –  axborotni  taqdim  etish  usuli  bilan  bog„liq  bo„lib, 
axborot  ishtirok  etayotgan  real  jarayonga  qarab  (uni  yig„ish,  tasvirlash, 
uzatish,  shakl  almashtirish,  kiritish  yoki  chiqarish)  maxsus  belgilar, 
nishonlar ko„rinishida taqdim etiladi. 
Jamiyat  va  tabiatni  o„zgartirish  uchun  insoniyat  faoliyatining  har 
qanday turi yangi axborotlarni olish bilan kuzatilgan. Tabiat, jamiyat va 
fikrlashning  obyektiv  qonuniyatlarini  ifodalovchi  mantiqiy  axborot 
«ilmiy  axborot»  nomini  olgan.  Uni  olinish  yoki  qo„llanilish  sohalariga 
qarab  turlarga  ajratish  mumkin.  Masalan,  siyosiy,  iqtisodiy,  fizik,  ximik
matematik va boshqalar. Ilmiy axborot bilan bir qatorda texnika sohasida 
ishlab  chiqarish  masalalarini  yechishda  texnik  axborot  qo„llaniladi.  U 
yangi  mahsulotlar,  materiallar,  agregatlar,  konstruktsiyalar,  texnologik 
jarayonlarning  ishlab  chiqilishida  asosiy  omil  bo„ladi.  Ayrim  hollarda, 
ilmiy  va  texnik  axborotlar  birlashtirilib,  ilmiy-texnik  axborot  deb 
yuritiladi. Axborotlarni vazifalariga ko„ra ham turlarga ajratish mumkin: 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish