АXBOROT TIZIMLАRI
Аxborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yoʼlida bir vaktning oʼzida ham yaxlit, ham oʼzaro bogʼlangan tarzda faoliyat kursatuvchi elementlar (obʼektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, xar qanday tizim biror-bir anik maqsad yoʼlida xizmat qiladi.
Аxborot tizimi - belgilangan maqsadga erishish yoʼlida axborotni yigʼish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qoʼllaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning oʼzaro bogʼlangan majmuasidir.
Kompyuter tizimi
Аxborot tizimi
Korxona tizimi
Telekommunikatsiya tizimi
SHАXSIY KOMPYUTERLАR
1973 yildan boshlab EHM tarixining yangi sahifasi, shaxsiy kompьyuterlar sahifasi boshlandi. Shu yilda Fransiyadagi Truong Trong Ti firmasi tomonidan birinchi shaxsiy kompьyuter yaratildi. Shu bilan birga 1973 yilda dunyoga tanikli XEROX firmasi tomonidan ALTO nomli shaxsiy kompьyuter yaratilgan. Ushbu kompyuterda birinchi boʼlib fayllar va dasturlarni oynalar koʼrinishda ochish amaliyotda qoʼllab koʼrilgan.
1977 yilda Apple Computer firmasi tomonidan Apple-II nomli shaxsiy kompьyuterlar ommaviy ravishda chiqarila boshlangan. Ushbu kompyuterlar plastmassa korpus, klaviatura va displeyga ega bulgan.
1980 yilda Osborne Computer firmasi birinchi portativ kompyuterlarni chiqara boshladi. Ushbu kompʼterning ogirligi 11 kg, juda kichkina hajmga ega boʼlgan va narxi atiga 1795 dollar boʼlgan.
1981 yildan boshlab IBM (International Business Machines) firmasi tomonidan personal kompьyuterlar seriyalab chiqarila boshlandi va butun dunyoga sotila boshlandi. Shundan beri kompьyuter xayotimizda mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi va butun dunyoga taniqli boʼldi.
KOMPYUTER VА ULАRNING TURLАRI
Kompyuter (ingl. computer – hisoblagich) – elektron shaklga ega turli maʼlumotlarni qabul qilish, yigʼish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot uzatish, hisoblash kabi imkoniyatlarga ega boʼlgan qurilma.
Mini kompyuterlar
Portativ kompyuterlar
Shaxsiy kompyuterlar
Server kompyuterlar
Super kompyuterlar
EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʼyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan Kompьyuter bir xildagi atama. Birok, Kompьyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha koʼpdir.
SAVOL VA JAVOBLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |