8-mavzu. Nаzоrаt bоrt tizimlаri I. Mа`ruzа rеjаsi



Download 214,25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.06.2021
Hajmi214,25 Kb.
#104903
Bog'liq
8-mavzu



8-mavzu. Nаzоrаt bоrt tizimlаri 

I. Mа`ruzа rеjаsi

1. Nazoratbоrttizimigа qo’yiladiganergonomiktalablar. 

2. Nazoratborttizimi. 

3. Tizimnosozliklari, ularniqidirishva bartarafqilish. 



 

II. Tаyanchso’zlаrvа ibоrаlаr

Nazoratbоrttizimi,  tizim  аsbоblаri,  kоnstruksiyalаr  ,  klimаtkоntrоl  ,JPS, 

аkkumulyatоrlаrbаtаrеyasi, 

Traktortеzliginivа 

dvigаtеlvаlining 

аylаnishchаstоtаsininаzоrаtqilish 

аsbоblаri, 

nаzоrаtningbоrttizimi,ichkidаtchiklаrtizimi,hаydоvchinidisplеylixаbаrlаsh. 



 

III. Mаqsаd

Tаlаbаlаrdа 

Nazoratbоrttizimibo’yichа 

kеngqаmrоvlibilimvа 

ko’nikmаlаrnishаkllаntirish. 

 

 

IV. Matn 

Nazorat-bort 

tizimlari 

rivojlanishining 

keyingi 

bosqichlari 

Traktorsozlikka elektronika va mikroprosessor texnikasi keng ko‘lamda joriy 

qilina boshlanganligi bilan bog‘liq. 

Nazorat-bort  tizimlari  yangi  avlodi  -  elektron  indikatorlar  (vakuum-

luminessentli,  yorug‘lik  tarqatuvchi  diodli  va  suyuqlik  kristalli)  ishlab 

chiqilishi  va  Traktorlarga  o‘rnatilishi  haydovchiga  zarur  ma’lumotni  nafaqat 

analogli (ya’ni strelkali ko‘rsatkichlar) ko‘rinishda, balki raqamli, grafikli va 

matn shaklida yetkazish imkonini beradi. 

Hozirgi zamon Traktorlarida   nazorat-bort tizimlari har xil qo‘shimcha 

nazorat  va  diagnostik  tizimlar  (bortdagi  nazorat  tizimi,  doimiy  o‘rnatilgan 

datchiklar  tizimi,  marshrut  kompyuterlari,  naviga-tsiya  tizimi  va  hokazo) 

bilan birga axborot-diagnostika tizimini tashkil qiladi. 

Bortdagi  nazorat  tizimi  (BNT)  Traktorning  agregat  va  tizimlaridagi  bir 

qator parametrlar haqida xabar berib, ularga texnik xizmat ko‘rsatish zarurligi 

haqida  haydovchini  ogohlantiradi.  BNT  yordamida  ishlatiladigan  suyuqliklar 

sathini,  tormoz  ustquymalar  holatini,  yoritish  tizimidagi  lampalar  sozligini, 

filtrlar holatini avtomatik ravishda nazorat qilish mumkin. 

Diagnostikaga  ketadigan  vaqt  va  mehnat  hajmini  kamaytirish 

maqsadida 

Traktorlar 

doimiy  o‘rnatilgan  datchiklar  tizimi  bilan 

jihozlanmoqda.  Datchiklardan  kelgan  simlar  shtekkerli  bo‘linma    orqali 

diagnostik  asboblarga  ulanadi.  Bu  juda  qisqa  vaqt  davomida  Traktorning 

texnik hola tini aniqlash imkonini beradi. Bunga  misol  tariqasida  NEKSIA 

avtomo-billarining  texnik  holatini  diagnostika  qilish  uchun      ishlatiladigan 

skanerlash  moslamasi    SCANNER-11  ni  keltirish  mumkin.  Bu  as-bob 

ixcham,  qo‘lda  olib  yuriladigan  qilib  ishlangan  bo‘lib,  unga  juda  kichik 

o‘lchamlarga  ega  bo‘lgan  kompyuter  joylashtirilgan.  SCANNER-11 

yordamida    NEKSIA  Traktorlarining  yonilg‘i    purkash,  dvigatel  toksinligini 




kamaytirish  va  boshqa  elektron  tizimlardagi  nosozliklarni  juda  tez  aniqlash 

mumkin. 


Oxirgi  vaqtda  Traktorlar  uchun  marshrut  kompyuteri  nomi  bilan 

yuritiladigan moslama ishlab chiqilib, u haydovchiga harakat tezligi, yonilg‘i 

sarfi,  bosib  o‘tilgan  yo‘l  va  vaqt  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  qo‘shimcha 

axborotlarni beradi. 

Harakat  xavfsizligini  ta’minlashda  Traktorning  harakatlanish  rejimi, 

alohida  tizim  va  agregatlarining  texnik  holati  haqidagi  ma’lumot  bilan  birga 

tashqaridan  olinadigan,  xususan,  yo‘lning  holati  (muz  bilan  qoplanganligi, 

ta’mirlanayotganligi va hokazo), obi-havo sharoiti, yo‘llar xaritasi, manzilga 

etib  borishning  eng  qulay  marshruti  kabi  qo‘shimcha  ma’lumotlar  ham  katta 

ahamiyatga  ega.  Bu  ma’lumotlar  Traktorning  axborot-  diagnostika    tizimiga 

yo‘l  bo‘ylab  joylashtirilgan  datchiklardan,  maxsus  radio  uzatish 

stansiyalaridan, erning sun’iy yo‘ldoshlaridan kelish mumkin. Bu moslamalar 

Traktor axborot-diagnostika tizimining eng yangi yo‘nalishlariga oid bo‘lgan 

navigasiya tizimga kiradi. 

Traktorlarda  nutq  sintezatorlari  paydo  bo‘lishi  axborot-diagnostika 

tizim  imkoniyatlarini  yanada  kengaytirib,  ko‘z  bilan  ko‘riladigan 

ma’lumotlarni akustik axborotlar bilan to‘ldirdi (masalan,  «To‘xtang va moy 

sathini tekshiring» , «To‘xtang va sovutish tizimini tekshiring», va hokazo).                  



Nazorat-bort tizimlarining texnik qarovi 

Odatda  nazorat-o‘lchov  asboblarni  ishlatish  davrida  ularga  texnik 

xizmat  ko‘rsatish  ko‘zda  tutilmaydi.    Traktorga  kundalik  texnik  xizmat 

ko‘rsatilayotganda  nazorat-o‘lchov  asboblarni  to‘g‘ri  ishlayotganligi  nazorat 

qilinadi.  Agar  biror  asbobni  to‘g‘ri  ishlayotganligiga  shubha  tug‘ilsa,  uni 

ishlash  qobiliyati  va  ko‘rsatish  aniqligi  tekshiriladi.  Buning  uchun 

tekshirilayotgan  asbob  o‘rniga  etalon  asbob  ulanadi  va  o‘lchangan  

ko‘rsatkichlar taqqoslanadi. 

Etalon  asbob  sifatida  M-256M  belgili  mikroampermetrni  ishlatish 

mumkin.  Chunki  ko‘pchilik  ko‘rsatkichlar  asosini  o‘lchanilayotgan  kattalik 

birligida  (masalan,  temperatura  - 

C  da,  bosim  –  mPa    da    va    hokazo) 



darajalgan tok o‘lchash asbobi tashkil qiladi. 

 



 

Download 214,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish