Ma’lumotlarni modifikatsiyalash
deganda ruxsat berilmagan
natijani hosil qilish maqsadida qonuniy axborot qismini o‘zgartirish,
yoki axborot kelishi ketma-ketligini o‘zgartirish tushuniladi.
Xizmat ko‘rsatishdagi xalaqitlar
aloqa yoki ularni boshqaruvchi
vositalarning normal ishlashiga to‘sqinlik qiladi. Bunday buzilishlarda
muayyan maqsad ko‘zlanadi: masalan, ob’ekt ma’lum adresatga
yo‘naltirilgan barcha axborotlarni to‘xtatib qolishi mumkin. YAna bir
misol, tarmoqni atayin axborotlar oqimi bilan ortiqcha yuklash orqali
yoki tarmoqni ishdan chiqarish yo‘li bilan barcha tarmoq ishini
blokirovka qilish.
Himoyaning aktiv buzilishlarini butunlay oldini olish juda
murakkab, chunki bunga faqat barcha aloqa vositalarini uzluksiz fizik
himoyalash orqali erishish mumkin. SHu sababli himoyaning aktiv
buzilishlarida asosiy maqsad ularni operativ tarzda aniqlash va tezdan
tizimning ishga layoqatliligini tiklash bo‘lishi shart. Buzilishlarning o‘z
vaktida aniqlanishi buzg‘unchini to‘xtatish vazifasini xam o‘taydi, va
bu vazifani buzilishlardan ogoxlantirish tizimning qismi deb ko‘rish
mumkin.
Himoya mexanizmlari.
Amaliyotda ishlatiladigan ximoya
mexanizmlarining aksariyati kriptografiya usullariga asoslangan.
15
SHifrlash
yoki
shifrlashga
yaqin
axborotni
o‘zgartirishlar
malumotlarni ximoyalash usullari xisoblanadi.
Axborot tizimlarining zaif joylari
Korporativ tarmoqlara ishlatiladigan axborot zaif bo‘ladi. Xozirda
ruxsatsiz foydalanishga yoki axborotni modifikatsiyalashga, yolg‘on
axborotning muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishiga
quyidagilar sabab bo‘ladi:
-
kompterda ishlanadigan, uzatiladigan va saqlanadigan axborot
xajmining oshishi;
-
ma’lumotlar bazasida muximlik va maxfiylik darajasi turli
bo‘lgan axborotlarning to‘planishi;
-
ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotdan va xisoblash
tarmoq resurslaridan foydalanuvchilar doirasining kengayishi;
-
masofadagi ichi joylar sonining oshishi;
-
foydalanuvchilarni bog‘lash uchun Internet global tarmog‘ini
va aloqaning turli kanallarini keng ishlatish;
-
foydalanuvchilar kompterlari o‘rtasida axborot almashuvining
avtomatlashtirilishi.
Umuman olganda, tashkilotning kompyuter muxiti ikki xil xavf-
xatarga duchor bo‘ladi:
-
ma’lumotlarni yo‘qotilishi yoki o‘zgartirilishi;
-
servisning to‘xtatilishi.
Taxdidlarning manbalarini aniqla oson emas. Ular niyati buzuq
odamlarning bostirib kirishidan to kompyuter viruslarigacha
turlanishi mumkin.
Bunda inson xatoliklari xavfsizlikga jiddiy taxdid xisobanadi. 3.1-
rasmda korporativ axborot tizimida xavfsizlikning buzilish manbalari
bo‘yicha statistik ma’lumotlarni tasvirlovchi sektorli diagramma
keltirilgan
16
Do'stlaringiz bilan baham: |