O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI
Telekomunikkatsiya Texnologiyalari fakulteti
Telekomunikkatsiya yo’nalishi
631-20 – guruh talabasi
Dostonbek Isroilovning
“ELEKTRONIKA VA SXEMALAR”
fanidan
MUSTAQIL ISHI
Topshirdi: Dostonbek I.
Qabul qildi: Xalilov. M
Farg’ona 2021
REJA:
Elektr filtrlari (EF) haqida.
Elektr filtrlari (EF), ta’riflar, turlari.
EFni xisoblashda tavsiflarni me’yorlash va chastotani uzgartirish.
Elektr filtrlar (EF) haqida.
Radiotexnika, avtomatika, telemexanika va elektr aloqa qurilmalarida chastota diapazoni keng bo‘lgan signallardan bitta yoki bir nechta chastotali signallarni ajratish kerak bo‘lib qoladi. Bu amallar elektr filtrlar yordamida bajariladi. Bunda o‘tish kengligi deb ataluvchi diapazondagi signallar susaymasligi, tutish kengligi deb ataluvchi diapazondagi signallar esa belgilangan sathgacha susayishi kerak bo‘ladi.
Qanday chastotali signallarni o‘tkazishiga qarab filtrlar quyi chastotali, ( diapazondagi signallarni o‘tkazadi), yuqori chastotali ( ), polosali ( ), to‘suvchi ( va chastota diapazonidagi signallarni o‘tkazib, diapazonda o‘tkazmaydi).
Sxemasining turiga ko‘ra T – simon, П – simon va Г – simon filtrlarga, T – va П – simon sxemalar (7.4-rasm) parametrlariga ko‘ra va filtrlarga bo‘linadi. Elektr filtrlari elementlarining turiga qarab reaktiv (faqat reaktiv elementlardan iborat bo‘lib, ko‘pincha filtrlar deb ataladi), noinduksion (kondensator va aktiv qarshilikdan iborat bo‘lib, ko‘pincha - filtrlar deb ataladi) va pyezoelektrik (asosan kvars plastinalardan iborat) filtrlarga ajratiladi.
–filtrlarda bo‘ylama va ko‘ndalang elementlar qarshiliklarining ko‘paytmasi o‘zgarmas bo‘lib, chastotaga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni .
– filtrlarda yuqorida qayd etilgan ko‘paytmalar o‘zgaruvchan bo‘lib, chastotaga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni .
Elektr filtrlar elementlarining o‘zaro ulanishlariga, alohida elementlarining soniga va boshqa belgilariga ko‘ra ham klassifikatsiyalanishi mumkin.
Chastota ortganda induktiv qarshilik ortadi, sig`im qarshilik esa kamayadi. Induktiv qarshilik tok kuchlanishdan faza bo`yicha 900 ga orqada qoladi, sig`im qarshilikda esa kuchlanish tokdan shuncha burchakka orqada qoladi.
Reaktiv qarshiliklarni bu hususiyatlari amalda turli vazifalarni bajaruvchi elektrik filtr qurilmalarini tuzishda ishlatiladi.
Demak, filtr manbaa bilan iste`molchi orasida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |