3-rasm. Ketma ket (a) va parallel (b) tebranish konturlari.
Ko`rsatib o`tilgan LC tebranish konturlari asosan polosali va tusuvchi filtrlarda qo`llaniladi. Quyidagi chiziqlarda polosali hamda tusuvchi filtrlar sxemalari keltirilgan (3,4 rasm).
3-rasm. Polosali filtr.
4-rasm. Tusuvchi filtr.
L1C1DAN tuzilgan ketma-ket zanjir va filtr rezonansli va unga qo`shni bo`lgan chastotalar uchun oz qarshilikka ega, shuning uchun u ma`lum polosadagi hamda unga yaqin bo`lgan chastotalarni yahshi o`tkazadi, lekin boshqalarni ushlab qoladi. L2C2 lardan tuzilgan parallel zanjir esa rezonansga moslashtirilgan va unga yaqin chastotalarga katta qarshilik hosil qiladi, ammo boshqalarga esa oz. Shuning uchun u iste`molchini rezonansga yaqin bo`lgan barcha chastotalardan tashqari chastotalardan shuntlaydi, yani ular o`zi orqali o`tkazib yuboradi.
Tusuvchi filtrlar ma`lum chastotali polosani ushlab qolishi lozim. Shuning uchun ketma-ket hamda parallel zanjirlarni o`rni almashtiriladi.
L1C1 dan iborat parallel zanjirlar rezonansi yaqin polosali chastotalarni amalda o`tkazmaydi, shu bilan birgalikda boshqa chastotalarga qarshilik ko`rsatmaydi.
L2C2 dantuzilgan ketma-ket zanjir, unga qarama-qarshi rezonansli va unga yaqin chastotalarni o`zidan o`tkazib yuborib is`temolchini shuntlaydi, yani ular uchun katta qarshilik ko`rsatadi.
Ushbu filtrlarni o`tkazib yuborish harakteristikalari chizmalarda filtrlar bilan yonma-yon berilgan. Ordinata bo`yicha iste`molchilardagi tok ko`rsatilgan.
Adabiyotlar ro`yhati:
А.С.Каримов ва бошкалар. Электротехника ва электроника асослари. Т. «Укитувчи» 1995 йил.
А.Я.Шихин и другие. Электротехника. М. «Высшая школа» 1989 год.
А.Рахимов. Электротехника ва электроника асослари .Т. «Укитувчи» 1998 йил.
А.И. Холбобоев, Н.А.Хошимов. Умумий электротехника ва электроника асослари. 2000 йил.
В.В.Паушин и другие. Основа автоматики вычислительный микропроцессорной техники.Т. 1989 год.
Интернет сайтларидан