BSS
(Base Station Subsystem) - an’anaviy uyali telefon tarmog’ining bo’limi
bo’lib, u trafikni boshqarish va uyali telefon va tarmoqni kommutatsiya qilish
o’rtasida signalizatsiya uchun javob beradi.
BTS
(Base Transceiver Station) - mobil telefonning tarmoqqa kirish
nuqtasidir. U tarmoq va mobil telefon o’rtasida radio aloqalarni amalga oshirish
uchun javobgardir. U nutqni kodlash, shifrlash, multiplekslash (TDMA) va radio
signallarining modulyatsiyasi / demodulyatsiyasi bilan shug’ullanadi.
BSC
(Base Station Controller) - bir qator tayanch stantsiyalarni (BTS)
boshqaradigan va ularning ustidan nazorat olib boradigan va tugunlar va mobil
kommutatsiya markazi (
MSC
) o’rtasidagi interfeysni ta’minlaydigan tarmoq
elementidir. Mobil kommutatsiya markazi (MSC/ Mobile Switching Center) - GSM
/ CDMA uchun ovozli qo’ng’iroqlar va SMS xabarlarini, shuningdek boshqa
xizmatlarni (masalan, konferents-aloqalar, FAX va ulanish ma’lumotlari)
marshturlash uchun javob beradigan asosiy xizmat ko’rsatish tuguni hisbolanadi.
Barcha mobil telefonlardan mobil qo’ng’iroqlar va PSTN-dan mobil qo’ng’iroqlar
G-MSC orqali marshturlanadi.
NSS
(Network switching subsystem) – tarmoqlarni kommutatsiya qilish quyi
tizimi (NSS) (yoki GSM yadro tarmog’i) asosiy stansiyalar tarmog’ida roumingda
mobil telefonlar uchun qo’ng’iroqlarni amalga oshirish va harakatchanlikni
boshqarish funktsiyalarini bajaruvchi GSM tizimining tarkibiy qismi.
AuC
(Authentication Centre) - Autentifikatsiya markazi bu tarmoqqa
ulanishni istagan uyali aloqa abonentini aniqlash uchun ishlatiladigan GSM
tarmog’idagi yana bir muhim element. Autentifikatsiya SIM-kartani aniqlash va
yaroqliligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
HLR
(Home Location Register) - bu mobil tarmoqning barcha uyali aloqa
abonentlari, masalan raqamlar boshqa tarmoqqa ulanganmi yoki yo’qmi, xizmatlar
kabi turli xil ma’lumotlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi.
VLR
(Visitor Location Register) – yangi hududga kirib boruvchi
faoydalanuvchilarni (masalan Toshkentdan vodiyga boruvchilar) joyini ro’yxatga
oladi. Bu HLR qamrov zonasidan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun rouming
funktsiyalarini qo’llab-quvvatlaydigan uyali tarmoqdagi server.
PSTN
(Public switched telephone network) - umumiy foydalanishdagi telefon
tarmog’i - bu milliy, mintaqaviy yoki mahalliy telefon aloqa operatorlari tomonidan
boshqariladigan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya infratuzilmasi va
xizmatlarini taqdim etadigan dunyo bo’ylab simli infratuzilma orqali ovozli
ma’lumotlarni uzatadigan telefon tarmoqlarining majmuasidir.
3 avlod mobil aloqa tarmoqlari 2000-2010 yillar oralig’ida dunyo miqyosida
keng foydalanildi va ularda foydalanilgan terminallar smartfonlar deb nomlandi. 1
va 2 avlod taqdim etgan xizmatlarga qo’shimcha video qo’ng’iroqlar ham ushbu
avlod tomonidan qo’llab quvvatlandi. Aloqa almashish tezligi juda tez, qo’shimcha
xizmatlari ko’paygan va mobil TV xizmatlarini o’zida jamlagan 3G tarmoqlari 1.6-
2.0 GHz chastota diapozonida ishlaydi. Bunday mobil aloqa tarmoqlarining
o’tkazish polosasi 100Hz va keng polosali qaramli tarmoq ham deb nomlanadi.
CDMA (Code Division Multiple Access), UMTS (Universal Mobile
Telecommunications System) va EDGE (Enhanced Data Rates for GSM Evolution)
standart texnologiyalarga asoslangan 3G avlod mobil aloqa tarmog’ining ma’lumot
uzatish tezligi soniyasida 144kb/s –2Mb/s tezlikni qo’llab quvvatlaydi. Qo’shimcha
qilib 3G tarmog’ida xavfsizlik masalalari juda puxta echilgan, video konferensiya,
3 o’lchmli (D) o’yin xizmatlarini o’zida jamlagan bo’lsa, 3G litsenziyasi juda
qimmat, 3G tarmoq infratuzulmasini qurishda qiyinchiliklar mavjud, yuqori
o’tkazish qobiliyatini talab qiladi hamda 3G tarmog’ini qo’llab quvvatlovchi mobil
telefonlari (smartfonlar) ning narxi qimmat. 3G mobil tarmoqlari arxitekturasi
Uchinchi
avlod
mobil
aloqa
tarmoqlari
UMTS
(Universal
Mobile
Telecommunications System) va WCDMA (Wideband Code Division Multiple
Access) standartlariga asoslangan bo’lib, 3G tarmog’i EU (User Equipment), VLR,
HLR, GGSN (Gateway GPRS (General Packet Radio Service) Support Node),
GMSC (Gateway Mobile Switching Center), SGSN (Serving GPRS Support Node),
RAN (Radio Access Network) va MSC (Mobile Switching Center) elementlarini o’z
ichiga oladi.
UMTS
– universal mobil telekommunikatsiya tizimi GSM standarti asosida
ishlab chiqilgan uchinchi avlod mobil aloqa tizimi hisoblanadi. 3G tarmog’i tezroq
elektron ma’lumot uzatish tezligini 384 kbit / s dan yuqori tezlikni taklif qiladi, bu
foydalanuvchilar tez-tez katta fayllarni yuklab olishiga imkon beradi. Unda 5 MHz
kanal o’tkazish qobiliyati mavjud bo’lib, o’tkazish qobiliyatidan foydalangan holda
bir vaqtning o’zida 100 dan ortiq ovozli qo’ng’iroqlarni qabul qilish imkoniyatini
qo’llab quvvatlaydi yoki u asl formatida 2 Mbit/s gacha tezlikda ma’lumotlarni uzata
olish qobiliyatiga ega.
WCDMA
– GSM standartiga asoslanmagan, kanallarni ajratish jarayoni
CDMA texnologiyasiga asoslangan 3 avlod mobil aloqa tarmog’i texnologiyasi
hisoblanadi. Ta’kidlanganidek keng polosali CDMA bu uchinchi avlod (3G) simsiz
standart, ovoz va ma’lumot uchun bitta 5 MHz kanalidan foydalanadi va dastlab 384
kbit/s gacha tezlikni taqdim etadi. WCDMA AQShda AT&T va T-Mobile
tomonidan ishlatiladigan 3G texnologiyasi hisoblanadi.
GPRS
- bu 2G va 3G uyali aloqa tarmog’ining global aloqa tizimidagi
ma’lumotlarni paketli kommutatsiya qiladigan uyali aloqa standarti. GPRS avvalgi
CDPD va i-mode paketli kommutatsion uyali texnologiyalarga javoban Evropa
Telekommunikatsiya Standartlari Instituti tomonidan tashkil etilgan.
GMSC
- bu MSCning maxsus turi bo’lib, u mobil tarmoqdan tashqarida
qo’ng’iroqlarni marshrutlash uchun ishlatiladi. Har doim mobil abonenti tashqi
tarmoq foydalanuvchisi bilan o’zaro qo’ng’iroq qilganida qo’ng’iroq GMSC orqali
amalga oshiriladi.
SGSN
– GPRS qo’llab-quvvatlaydigan tuguniga xizmat ko’rsatish jarayoni
tushuniladi va u GPRS-ga asoslangan 2G va 3G tarmoqlarida muhim tarmoq
komponenti hisoblanadi. SGSN shuningdek ma’lumot paketlarini o’z xizmat doirasi
hududidagi mobil stantsiyalar orasida etkazib berish uchun javobgar tarmoq
elementi hisoblanadi. Uning vazifalari paketlarni marshrutlash va uzatish,
harakatchanlikni boshqarish (biriktirish / ajratish va joylashishni boshqarish),
mantiqiy aloqani boshqarish, autentifikatsiya va zaryadlash vazifalarini bajarishni
o’z ichiga oladi.
2000 yildan oldi to’rtinchi avlod mobil texnologiyalarini rivojlantirish va
joriy etish masalalari boshlangan bo’lsa, birinch marta 2009 yilning oxirida
Stokgolm va Oslo shaharlarida TeliaSonera operatori 4G tarmog’ini ishga tushirdi.
Undan keyin dunyoda Finlandiya ikkinchilardan bo’lib, 4G tarmog’ini ishga
tushirdi. 4G tarmog’ida ma’lumot uzatish tezligi 100Mb/s-1Gb/s gacha etishi
mumkin. Shuningdek, 1G-3G mobil tarmoqlari qo’llab quvvatlagan barcha
xizmatlariga qo’shimcha mobil multimedia, global mobillilik, integrasiyalangan
simsiz yechimlar, shaxsiylashtirishlgan xizmatlar va boshqa xizmatlar to’plamini
qo’llab quvvatladi. 4G tarmoqlari 2GHz -8GHz chastota diapozonida ishlaydi va
polosa kengligi 100MHz teng. Ma’lumot uzatish tezligi juda yuqori va IP
texnologiyasini to’liq qo’llab quvvatlaydi. Batariya quvvati talab dajarasida ishlay
oladigan 4G smartfonlar orasidagi axborot xavfsizligi darjasida yuqori va xizmat
ko’rsatish sifafi (QoS) talab darajasid. 4G mobil tarmoqlari arxitekturasi 4G mobil
aloqa tarmoqlari 3G avlod tarmoqlari kabi ikki standart asosida ishlab chiqildi:
WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) va LTE (Long-term
evolution). Dunyoda ba’zi mamlakatlar 4G tarmog’ini WiMAX texnologiyasi va
ba’zilari LTE texnologiyasi asosida qurib kelmoqda.
WiMAX texnologiyasi 2001 yilda birinchi marta ishga tushurilgan bo’lib,
simsiz keng polosali aloqa texnologoiyasi IEEE 802.16e standartlari to’plami
asosida ishlab chiqilgan va OFDMA (Orthogonal Frequency Division Multiple
Access) texnologiyasiga asoslangan ushbu standart asosida ma’lumot uzatish tezligi
soniyasiga 12Mbit/s yetadi. LTE tarmoqlarining asosiy elementlari haqida qisqacha
ma’lumot keltirib o’tamiz.
UE
(User Equipment) – Universal Mobil Telekommunikatsiya Tizimi va
3GPP Long Term Evolution-da foydalanuvchi uskunasi to’g’ridan-to’g’ri oxirgi
foydalanuvchi foydalanadigan aloqa vositasi hisoblanadi. Bu qo’lda ishlaydigan
telefon, mobil keng tarmoqli adapter bilan jihozlangan noutbuk yoki boshqa har
qanday oxirgi qurilma bo’lishi mumkin.
EPC
(Evolved Packet Core) - LTE tarmog’inig yadrosi bo’lib, u quyidagi
funktsiyalarni bajaradigan tarkibiy qismlardan iborat: harakatchanlikni boshqarish,
autentifikatsiya, xizmat ko’rsatish sifati, IP-paketlarni yuklash va yuklab olishni
marshrutlash, IP-manzilni ajratish va boshqalar. MME (Mobility Management
Entity) – UE va EPC o’rtasidagi, shuningdek eNodeBs va EPC o’rtasidagi signal
almashishlarni boshqaradi.
Beshinchi avlod mobil aloqa texnologiyasi – tzelekommunikatsiya
sohasida, 5G uyali aloqa kompaniyalari tomonidan 2019 yilda global miqyosda
tarqalishni boshlagan uyali aloqa tarmoqlari uchun beshinchi avlod texnologiyasi
hisoblanadi. Bugungi kunda yuqori tezliklarda ma’lumot uzatish va boshqa ko’plab
imkoniyatlarni qo’llab quvvatlovchi zamonaviy 4G aloqa tarmoqlarining davomchi
sifatida 5G tarmoqlari rivojlantirilmoqda. Bugungi kunda Janubiy Koreya, Xitoy va
AQSh 5G texnologiyasini yaratish va joriy etish bo’yicha dunyoda etakchi
mamlakatlar hisoblanadi va 5G tarmoqlarining ba’zi xizmatlarida foydalanish
yo’lga qo’yilmoqda. Butun dunyo bo’ylab operatorlar, shu jumladan AT&T Inc.,
KT Corp va China Mobile, beshinchi avlod (5G) simsiz texnologiyasini to’liqligicha
yaratish va joriy etishga intilmoqda. 5G aloqa tarmoqlari 100Gbit/s tezlikda
ma’lumot uzatish imkoniyati qo’llab quvvatlaydi, bu degani 4G texnologiyasi
taqdim etayotga mavjud tezlik bilan taqqoslaganda 100 marta katta tezlik degani.
Oldingi mobil aloqa avlodalaridan farqli 5G tarmoqlari 1G-4G bo’lgan barcha
turdagi xizmatlarni ajoyib sifat darajasida va uzatish tezligida qo’llab quvvatlaydi.
Ko’plab xizmatlarni integrasiya qiladi hamda mavjud fizik ob’ektlarning ko’plari
5G tarmoqlari dasturish ko’risnishda ishlab chiqilgan. 5G tarmoqlari orqali barcha
simsiz: sputnik aloqa, Wi-Fi, Wi-Max va simli aloqa xizmatlaridan foylanish
mumkin. 5G tarmoqlari uchun chastota diapazoni ikki to’plamda orqali belgilanadi
(1) chastota diapazoni LTE chastota diapazonini o’z ichiga olgan 450MHs – 6 GHz
oralig’ida va (2) chastota diapazoni 24, 25GHz - 52,6GHz oralig’i. Beshinchi avlod
mobil aloqa tarmoqlarini dunyo miqyosida keng joriy yetish bilan birga, 5G tarmoq
foydalanuvchilari soniyasiga gigabit ma’lumot uzatish imkoniyatiga ega bo’lishadi,
3D formatda online kino ko’rishlari, sensor texnologiyalari keng joriy etish
imkoniyati, smart home, smart city, avtomatlashtirilgan sanoat, o’z o’zini
boshqaruvchi aqlli ob’ektlar, aqlli tibbiyot, aqlli transport, uchuvchisiz
boshqariluvchi dronlar, aqlli elektr tarmoqlari, IoT xizmatlari, mashina-mashina
aloqasi, gologramma, va boshqa telekommunikatsiya xizmatlariga ega bo’lishadi,
Tarkib:
1G: Faqat ovozli
2G: SMS va MMS
2.5G va 2.75G: ma’lumotlar, nihoyat
3G: Qo’shimcha ma’lumotlar, video qo’ng’iroqlar va mobil Internet
4G: Amaldagi standart
5G: Keyingi standart
Do'stlaringiz bilan baham: |