Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana15.11.2022
Hajmi0,97 Mb.
#866444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ziyotov Jobir Kompyuter taqrmoqlari fanidan 4-mustaqil ishi

Mobil tarmoqlar 
Mobil qurilmasini istalgan joyga olib yurish mumkin. Simsiz aloqa 
tushunchasi - bu jismoniy qurilma degan ma’noni anglatmaydi. Simsiz tarmoq 
degani mahalliy tarmoq (LAN), global tarmoq (WAN) yoki 4G / 3G uyali tarmoq 
kabi simsiz tarmoqqa kirish anglatiladi. Ushbu turdagi tarmoqlar aloqa qilish uchun 
elektr ta’minoti va tarmoq tugunlariga fizik ulanish uchun yaqin masofadagi ba’zi 
qurilmalarni talab qiladi. Simsiz tarmoq taqsimlangan tarmoqqa ulanish uchun 
stasionar yoki portativ oxirgi nuqtani ta’minlaydi. Boshqa tomondan, uyali tarmoq, 
taqsimlangan tarmoqlarga, yetarli qamrov mavjud bo’lganda, har qanday joyga 
ko’chib yurish (mobillilikni) imkoniyatini beradigan portativ qurilma orqali 
tarmoqqa ulanishni ta’minlaydi. Mobil tarmoqlari yoki uyali aloqa tarmog’i deganda 
butun dunyo bo’ylab katta quruqlik ustida tarqaladigan va uyalar yoki tayanch 
stantsiyalari deb nomlanuvchi uzatgich stansiyalar orqali simsiz ulanadigan va 
multimediali ma’lumotlarni uzatish/qabul qilishga moslashtirilgan aloqa tarmog’ini 
tushuniladi. Odatda, uzatuvchi/qabul qiluvchi stansiyalar simsiz aloqa orqali radio 
signallarini an’anaviy usulga asosan havo orqali uzatadi. Radio signallari yorug’lik 
va infraqizil to’lqinlarni o’z ichiga olgan elektromagnit xossaga ega. Ushbu signallar 
to’lqinlar chastotasi va to’lqin uzunligiga ega bo’lganligi sababli ko’ndalang 
to’lqinlar oilasiga mansubdir, ya’ni; Mobil tarmoqlarining avlodlari Shu kunga 


qadar mobil tarmoqlarining bir nechta avlodlari (generation) ishlab chiqildi - 1G, 
2G, 3G, 4G, 5G va texnologiyaning rivojlanish evolutsiyasi davom etib kelmoqda. 
1G, 2G, 3G, 4G va 5G mobil tarmoqlarning avlodlari bo’lib, ular hozirgi kunda faol 
ishlatilib kelinmoqda. 5G-besh avlodini anglatadi, bu erda G "avlod" so’zini 
anglatadi, 1, 2, 3, 4 va 5 raqamlari avlod raqamini anglatadi. 80- yillarning 
boshlaridan deyarli har 10 yilda mobil tarmoqlarning yangi avlodi paydo bo’ldi.
Mobil tarmoqlarining avlodlari Aslida, avlodlar har doim muayyan vaqt oralig’ida 
joylashtirilishi mumkin bo’lgan standartlar guruhlariga asoslanadi. 5G bilan davom 
ettirish ehtimoli katta, shuning uchun 5G joylashtirilgan bitta nuqta bo’lmaydi, 
aksincha uning imkoniyatlari aniqlanib, rivojlantirilganidan so’ng bosqichma-
bosqich joylashtiriladi.
1980-1990 yillarda keng foydalanilgan ushbu mobil avlod standarti uchun 
150MHz-900MHz chastota diapozonidan foydalanilgan. Polosa kengligi 30Khz ni 
tashkil etgan va batariya ta’minoti juda kuchsiz bo’lgan. 1G mobil telefoni faqat 
ovozli ko’rinishda bo’lib, ovozning sifat darajasi ancha past bo’lgan. Mobil 
qurilmasining o’lchami esa ancha katta va foydalanish qo’pol bo’lgan. Stansiya 
bilan mobil qurilmasi o’rtasida analog ko’rinishda signal formatidan foydalanib 
maksimum 2Kbit/s tezlikda ma’lumot almashinilgan. 1G mobil qurilmasi va 
stansiyasi Ushbu avlod mobil qurilmasida ko’plab kamchiliklar va xizmat ko’rsatish 
sifati past bo’lgan, axborot xavfsizligi masalari yechilmaganligi sababli, 2 avlod 
mobil tarmoqlarida ko’plab yangi imkoniyatlar ishlab chiqildi, xizmatlar joriy etildi 
global tarmoqda foydalanish imkoniyatli hal etildi. Ikkinchi avlod aloqa mobil 
tarmoqlari GSM (Global System for Mobiles) standartiga asoslangan 2 avlod mobil 
standarti 1991 yil birinchi marta Finlandiyada joriy etildi. Bu avlod aloqa jarayonlari 
uchun 1 avloddan farqli ravishda raqamli signallardan foydalanildi. 900MHz 
chastota polosa kengligida ishlovchi ushbu standartning ma’lumot uzatish tezligi 64 
Kbit/s gacha oshirish imkoniyati ishlab chiqildi. 2G tarmoqlari foydalanuvchilarga 
ovozli, matnli, rasmli va MMS (multimedia message) xizmatlarini yuqori sifatda 
taqdim eta oldi. 2G tarmog’ida mobil telefonini ishlash uchun kuchli raqamli signal 
talab etiladi, aks holda tarmoqda uzilishlar yuzaka keladi va raqamli signal yoqoladi. 
2G tarmoqlarida xech qanday video xizmatlari joriy etilmadi, ammo 3G 
tarmoqlariga moslab video xizmatlarni qo’shish va yana qo’shimcha xizmatlari 
taqdim etish masalalari ko’rib chiqilgan. 2G mobil tarmoqlari arxitekturasi 2 (G) 
avlod mobil tarmoqlari GSM/CDMA standartiga asoslangan bo’lib, tarmoq bir 
nechta elementlardan tashkil topgan arxitekturaga asoslanadi. GSM tarmog’ining 
arxitekturasi Stansiya quyi tizimi (BSS), tarmoq va kommutatsiya (NSS), operatsiya 
va qo’llab-quvvatlash quyi tizimi (OMS), shuningdek MSC, AuC, HLR, VLR va 
boshqalar iborat. 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish