Axborot texnologiyalari, tarmoqlar va telekommunikatsiyalar


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/222
Sana15.11.2022
Hajmi5,02 Mb.
#866857
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   222
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1.
Моделирование динамических систем: Аспекты мониторинга и обработки 
сигналов/ Васильев В.В., Грездов Г.И., Симак Л.А. и др. – К.: НАН Укр., 
2002. – 344 с. 
2.
Поршнев С.В. MatLAB 7. Основы работы и программирования. - М.: ООО 
«Бином-Пресс», 2011. - 320 с. 
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA INFORMATIKA VA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QISH JARAYONLARINI 
TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI 
Yusupov Rabbim Mixliyevich, Shokirov Rahmatulloh Shavkat o‘gli 
JizDPI “Informatika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, dots. 
JizDPI “Ta’limda axborot texnologiyalari” yo‘nalishi 2-bosqich magistranti 
rahmatulla.com@gmail.com
 
 
Mamalakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish, yuqori malakali va 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdek ulkan vazifani amalga oshirishning asosiy 
omillaridan biri bu yoshlarni zamon talabidaga mos bilimlar bilan qurollantirishdir. 
Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida soniylar sayin amalga oshatgan 
o‘zgarishlar insoniyat aqlini shoshirib qo‘ymoqda. Shu boisdan ham malakatimiz 
kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy va kelajak ilmlari bilan qurollantirish, 
nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo miqyosida tobora talab ortib borayotgan 
sohalardan biri sanalgan dasturlash borasidagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni 
qondirish dolzarb masalalardan sanaladi. Buning uchun esa yoshlarni aynan 
maktab davridan tayyorlashni izchil amalga oshirish lozim. Zeroki, har bir 
taraqqiyotning tamal toshi maktablardan qo‘yiladi. Bu borada Prezidentimizning, 
06.10.2020 yildagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
655 
takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni it-industriya bilan 
integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” – gi PQ-4851-son qarorida ham bir 
qator ko‘rsatmalaar berilgan. Jumladan, umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturini 
ishlab chiqish doirasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha 
o‘quv dasturlarini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishning zamonaviy 
tendensiyalariga muvofiqlashtirish masalasi alohida belgilab qo‘yilgan [1]. 
Prezident farmoni ijrosini ta’minlash va yoshlarga zamonaviy ilmlarni 
o‘rgatish maqsadida 2020-2021 yillarda umumta’lim maktablarining informatika 
va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha o‘quv dasturlar va darsliklar mazmuni 
to‘liq yangilandi. Ulardagi mavzular zamon talabiga mos holga keltirildi. Bundan 
tashqari fanga ajratilgan soatlar ham oshirildi. Avval 5-7 sinflarda o‘quv yili 
davomida jami o‘quv yuklamasi, har bir sinfda 17 soat (haftasiga 0,5 soatdan) 
ajratilgan bo‘lsa hozirda yillik 34 o‘quv yuklamasi soatga oshirilgan. 
Yangi darsliklardagi o‘zgarishlarga nazar solasak, mavzular saviyasi 
oshirilib, zamon talabi darjasiga yetkazilganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Bu 
esa o‘z navbatida ularni o‘qitishga bo‘lgan talabni ham oshganligini ko‘rsatadi. 
Yana bir diqqatni jalb qiladigan tomoni shundaki, yangi darsliklar hajmi ham 
keskin oshgan. Masalan, 2018 yilda chop etilgan informatika va axborot 
texnologiyalari darsligi jami 159 betdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, yangi darslik hajmi 
qariyb 263 betdan iborat, 11-sinf darsliklari orasidagi bu farq esa qariyb uch 
baravarni tashkil etadi (2018-yildagi darslik 126, 2021-yildagi darslik esa 340 
betdan iborat). Buni barcha sinflardagi darsliklarda kuzatishimiz mumkin. Bir 
qarashda bu unchalik ahamiyat kasb etmaydigan masaladek tuyulsada, ammo shu 
dalilarning o‘zi talabning ham qanchalik oshganinini ko‘rsatadi. Endi 
o‘quvchilarimiz, 5-sinfda faqat kompyuter bilan tanishib, paint dasturi yordamida 
rasm chizishni o‘rganmaydilar, balki endi ular yuqoridagilar bilan birga, eski 
darsliklarda 6-sinfda berilgan Microsft word dasturi hamda “Scratch” dasturlash 
muhitini ham o‘rganadilar. Mana shu misolning o‘ziyoq bugungi o‘zgarish va 
talablarning qanchalik yuqoriligini ko‘rsatadi. O‘z navbatida bunday katta 
o‘zgarishlar ta’lim samaradorligining asosiy javobgarlari bo‘gan o‘qituvchilar 
zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Shu nuqtai nazardan umumta’lim 
maktablarida berilgan darsliklardagi ma’lumotlarni o‘quvchilarga yanada ham 
samaraliroq singdirish uchun bir qancha talab va omillar yuzaga keladi: 
-
Ta’lim jarayoniga aynan soha mutaxasislari bo‘lmish informatika va axborot 
texnologiyalari yo‘nalishlarida ta’lim olgan kadrlarni jalb qilish; 
-
Darslar davomida zamonaviy axborot-kommunnikatsion texnologiyalaridan 
samarali foydalanish; 
-
Dars beradigan kadrlarning aynan pedagogik soha vakillari bo‘lishlarini 
ta’minlash; 
-
Yangi zamonaviy ta’lim texnologiyalari va interfaol ta’lim metodlaridan 
darslar davomida samarali foydalanish; 
-
O‘quvchilar bilan muntazam darsdan tashqari mashg‘ulotlar olib borish. 
Endi ushbu omillarni batafsil ko‘rib chiqamiz. Ta’lim jarayoniga aynan soha 
mutaxasislari bo‘lmish informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 
656 
ta’lim olgan kadrlarni jalb qilish omilini sharhlashni hojati bo‘lmasa kerak. Zeroki, 
chuqur amaliy va nazariy bilim egasi bo‘lgan mazkur soha mutaxasislarigina 
bugunning talabidagi mavzularni o‘quvchilarga yetkaza oladilar. 
Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunnikatsion texnologiyalaridan 
samarali foydalanish ham o‘quv darsliklardagi berilgan mavzularni o‘qitishda 
asosiy omillardan sanaladi. Bugun ayrim maktablardagina mavjud bo‘lgan 
zamonaviy sensorli ekranlari bilan barcha umumta’lim maktablardagi informatika 
xonalarini jihozlash kutilgan natijani berishda asosiy omil bo‘ladi. Chunki 
o‘qituvchi mavzuni tushuntirishda hamma o‘quvchilarga barobar amaliy ko‘rsatib 
bermas ekan, vaqt behuda sarflanadi va dars to‘liq o‘zlashtirilmay chala qoladi. 
Ko‘p mablag‘ talab etiladigan bunday vositalar bilan birdaniga barcha 
umumta’liim maktablarini jihozlash qiyin masala hisoblanadi. Shuning uchun bu 
ta’minot to‘liq ta’minlangunga qadar, hech bo‘lmaganda videoproektorlarda dars 
o‘tilishni yo‘lga qo‘yish lozim. 
Jalb qilingan kadrlarning aynan pedagogik soha vakillari bo‘lishlarini 
ta’minlash va yangi zamonaviy ta’lim texnologiyalari va interfaol ta’lim 
metodlaridan darslar davomida samarali foydalanish omillari o‘zaro bog‘liq 
omillardan sanaladi. Ko‘pchilikka ma’lumki, hozirgi kunda kadrlar yetismovchiligi 
tufayli pedagog bo‘lmagan va boshqa soha mutaxasislari sanalgan qayta 
tayyorlangan kadrlar umumta’lim maktablarida informatika va axborot 
texnologiyalari fanidan dars berishmoqda. Ta’limni nopedagog kadrlar tomonidan 
amalga oshirilishi ta’lim sifatini pasytiruvchi omil ekanligi ham hech kimga sir 
emas. Chunki aynan pedagogik va psixologik bilim egalargina bilimni yetkaza 
olish uslub va vositalarini biladilar hamda zamonaviy ta’lim metodlaridan 
foydalana oladilar. Ushbu jarayonda yuqori samaradorlikka erishish uchun 
interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi[2]. 
Umumta’lim maktablarida darslar davomiyligi 45-daqiqa ekanligini 
inobatga olib, iloji boricha vaqtdan unumli foydalanish lozim. Darlar odatda 

Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish