International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
655
takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va
ularni it-industriya bilan
integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” – gi PQ-4851-son qarorida ham bir
qator ko‘rsatmalaar berilgan. Jumladan, umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturini
ishlab chiqish doirasida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha
o‘quv dasturlarini axborot texnologiyalari sohasida o‘qitishning zamonaviy
tendensiyalariga muvofiqlashtirish masalasi alohida belgilab qo‘yilgan [1].
Prezident farmoni ijrosini ta’minlash va yoshlarga zamonaviy ilmlarni
o‘rgatish maqsadida 2020-2021 yillarda umumta’lim
maktablarining informatika
va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha o‘quv dasturlar va darsliklar mazmuni
to‘liq yangilandi. Ulardagi mavzular zamon talabiga mos holga keltirildi. Bundan
tashqari fanga ajratilgan soatlar ham oshirildi. Avval 5-7 sinflarda o‘quv yili
davomida jami o‘quv yuklamasi, har bir sinfda 17 soat (haftasiga 0,5 soatdan)
ajratilgan bo‘lsa hozirda yillik 34 o‘quv yuklamasi soatga oshirilgan.
Yangi darsliklardagi o‘zgarishlarga nazar solasak, mavzular saviyasi
oshirilib, zamon talabi darjasiga yetkazilganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Bu
esa o‘z navbatida ularni o‘qitishga bo‘lgan talabni ham oshganligini ko‘rsatadi.
Yana bir diqqatni
jalb qiladigan tomoni shundaki, yangi darsliklar hajmi ham
keskin oshgan. Masalan, 2018 yilda chop etilgan informatika va axborot
texnologiyalari darsligi jami 159 betdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, yangi darslik hajmi
qariyb 263 betdan iborat, 11-sinf darsliklari orasidagi bu farq esa qariyb uch
baravarni tashkil etadi (2018-yildagi darslik 126, 2021-yildagi darslik esa 340
betdan iborat). Buni barcha sinflardagi darsliklarda kuzatishimiz mumkin. Bir
qarashda bu unchalik ahamiyat kasb etmaydigan masaladek tuyulsada, ammo shu
dalilarning o‘zi talabning ham qanchalik oshganinini ko‘rsatadi. Endi
o‘quvchilarimiz, 5-sinfda faqat kompyuter bilan tanishib, paint dasturi yordamida
rasm chizishni o‘rganmaydilar, balki endi
ular yuqoridagilar bilan birga, eski
darsliklarda 6-sinfda berilgan Microsft word dasturi hamda “Scratch” dasturlash
muhitini ham o‘rganadilar. Mana shu misolning o‘ziyoq bugungi o‘zgarish va
talablarning qanchalik yuqoriligini ko‘rsatadi. O‘z navbatida bunday katta
o‘zgarishlar ta’lim samaradorligining asosiy javobgarlari bo‘gan o‘qituvchilar
zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Shu nuqtai nazardan umumta’lim
maktablarida berilgan darsliklardagi ma’lumotlarni o‘quvchilarga yanada ham
samaraliroq singdirish uchun bir qancha talab va omillar yuzaga keladi:
-
Ta’lim jarayoniga aynan soha mutaxasislari bo‘lmish informatika va axborot
texnologiyalari yo‘nalishlarida ta’lim olgan kadrlarni jalb qilish;
-
Darslar davomida zamonaviy axborot-kommunnikatsion texnologiyalaridan
samarali foydalanish;
-
Dars beradigan kadrlarning aynan pedagogik soha vakillari bo‘lishlarini
ta’minlash;
-
Yangi zamonaviy ta’lim texnologiyalari va interfaol ta’lim
metodlaridan
darslar davomida samarali foydalanish;
-
O‘quvchilar bilan muntazam darsdan tashqari mashg‘ulotlar olib borish.
Endi ushbu omillarni batafsil ko‘rib chiqamiz. Ta’lim jarayoniga aynan soha
mutaxasislari bo‘lmish informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
656
ta’lim olgan kadrlarni jalb qilish omilini sharhlashni hojati bo‘lmasa kerak. Zeroki,
chuqur amaliy va nazariy bilim egasi bo‘lgan mazkur soha mutaxasislarigina
bugunning talabidagi mavzularni o‘quvchilarga yetkaza oladilar.
Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunnikatsion texnologiyalaridan
samarali foydalanish ham o‘quv darsliklardagi berilgan mavzularni o‘qitishda
asosiy omillardan sanaladi. Bugun ayrim maktablardagina mavjud bo‘lgan
zamonaviy sensorli ekranlari bilan barcha umumta’lim maktablardagi informatika
xonalarini jihozlash kutilgan natijani berishda asosiy omil bo‘ladi. Chunki
o‘qituvchi mavzuni tushuntirishda hamma o‘quvchilarga barobar amaliy ko‘rsatib
bermas ekan, vaqt behuda sarflanadi va dars to‘liq o‘zlashtirilmay chala qoladi.
Ko‘p mablag‘ talab etiladigan bunday vositalar
bilan birdaniga barcha
umumta’liim maktablarini jihozlash qiyin masala hisoblanadi. Shuning uchun bu
ta’minot to‘liq ta’minlangunga qadar, hech bo‘lmaganda videoproektorlarda dars
o‘tilishni yo‘lga qo‘yish lozim.
Jalb qilingan kadrlarning aynan pedagogik soha vakillari bo‘lishlarini
ta’minlash va yangi zamonaviy ta’lim texnologiyalari va interfaol ta’lim
metodlaridan darslar davomida samarali foydalanish omillari o‘zaro bog‘liq
omillardan sanaladi. Ko‘pchilikka ma’lumki, hozirgi kunda kadrlar yetismovchiligi
tufayli pedagog bo‘lmagan va boshqa soha mutaxasislari sanalgan qayta
tayyorlangan kadrlar umumta’lim maktablarida informatika va axborot
texnologiyalari fanidan dars berishmoqda. Ta’limni nopedagog kadrlar tomonidan
amalga oshirilishi ta’lim sifatini pasytiruvchi omil ekanligi ham hech kimga sir
emas. Chunki aynan pedagogik va psixologik bilim
egalargina bilimni yetkaza
olish uslub va vositalarini biladilar hamda zamonaviy ta’lim metodlaridan
foydalana oladilar. Ushbu jarayonda yuqori samaradorlikka erishish uchun
interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi[2].
Umumta’lim maktablarida darslar davomiyligi 45-daqiqa ekanligini
inobatga olib, iloji boricha vaqtdan unumli foydalanish lozim. Darlar odatda
Do'stlaringiz bilan baham: