International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
657
boshlanishida o‘tgan mavzuni takrorlash, mustahkamlash
yoki yangi mavzu
bo‘yicha
o‘quvchilarning
dastlabki
bilimlari,
qanday
tushunchalarni
egallaganliklari va shu darsning oxirida bugungi mavzudan nimalarni bilib
olganliklarini aniqlash uchun ham foydalanish mumkin. Umuman olganda
informatika va axborot texnologiyalari ta’limida qo‘llashimiz zarur bo‘lgan
zamonaviy ta’lim metodlari samaradorlik omili hisoblanaib, o‘z-o‘zidan ular
qo‘llash uchun o‘qituvchidan pedagogik va psixologik tayyorgarlik, yetarli bilim,
malaka va ko‘nikma talab etiladi. Zeroki ta’limda faqat bilish kifoya qilmay, uni
yetkaza olish ham kerak.
Bugungi kun talabi darajasidagi ta’lim samaradorligiga erishishni
ta’minlovchi omillarning yana biri bu o‘quvchilar bilan muntazam darsdan tashqari
mashg‘ulotlar olib borishdir. Yangi darsliklar tahlilida ko‘rganimiz,
ma’lumotlarning nihoyatda ko‘pligi va ta’limda
zamonaviy metodlardan
foydalanish borasida ta’kidlangan dars vaqtining cheklanganligini hisobga olsak,
o‘z-o‘zidan o‘quvchilar bilan darsdan tashqari mashg‘ulotlar olib borish, ularning
mustaqil bilim olish hamda izlanish orqali o‘z ustlarida ishlashlarini ta’minlash
yechimi oldimizda qoladi xolos. Aks holda, darslar chala o‘zlashtirilib qolinadi
hamda mustahkamlanmaganligi va amalda qo‘llanilmaganlgi sababli tez orada
o‘quvchining esidan chiqadi. Biz quyida bu muammoni yechimlarini informatika
va axborot texnologiyalari ta’limida murakkab bosqichlardan bo‘lgan
dasturlash
asoslari mavzularini o‘qitilishi misolida ko‘rib chiqishga harakat qilamiz.
Darsning samarli bo‘lishi va yanada mustahkamlanishida uyga berilgan
vazifaning to‘g‘ri berilishi ham muhim rol o‘ynaydi. Biz uyga vazifa sifatida
nafaqat o‘quv darsliklarida keltirilgan vazifalarni balki, qo‘shimcha amaliy
mashg‘ulotlarni ham berib borishni taklif qilamiz. Bu esa, o‘z
navbatida
o‘quvchilarni zamonaviy kasblardan biri bo‘lagan dasturlashga bo‘lgan
qiziqishlarini yan ham ortishiga xizmat qiladi. Berilayotgan topshiriqlarning o‘ta
murakkab va qiyin bo‘lmasligi ham bu bosqichda muhim rol o‘ynaydi. O‘ta
murakkab va qiyin topshiriqlarni 20-30 o‘quvchidan 1 yoki 2 nafari bajarishi
qolganlari esa, xafsalasi pir bo‘lib, dasdan, fandan uzoqlashishi mumkin. Shuning
uchun topshiriqni o‘rtacha, o‘qvchilar bilim saviyasidan kelib chiqib,
o‘qituvchining o‘zi tanlashi lozim. Oddiydan murakkabga qarab taoyili asosida
olib borilishi yaxshi natija beradi. Uyga vazifa sifatida dastlab malakali
dasturchilar tomonidan dasturlashga endi qadam qo‘yayotganlar uchun mo‘ljallab
tayyorlangan, mavzuga mos video materiallarni taqdim
etishimiz ancha yaxshi
natija beradi, deb o‘ylaymiz. Masalan, ko‘zga ko‘ringan dasturchilardan, phd.
Anvar Narzullayevning video va amaliy darslari. Ushbu darslar bepul va osonligi
bilan samarali hisoblanadi [5].
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
658
bundan keyingi bosqichlarda esa o‘rtacha qiyinlikdagi bir necha mashqlar,
shu jumladan maktab darsligida berilgan mashqlarni ham uyga vazifa sifatida
berish mumkin. Kuzatish va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, maktablarda informatika
darslarida berilgan vazifalarni asosan, kam sonli o‘quvchilargina to‘liq bajarishadi.
Bunga turli sabab va omillar bor. Biz
ularning eng asosiylariga to‘xtalamiz. Bu
jarayondagi muammoga sabab bo‘layotgan
asosiy
omillaridan
biri
bu–aksar
o‘quvchilarda
shaxsiy
kompyuterning
mavjud
emasligidir.
Ushbu
dolzarb
muammoni hal qilish o‘quvchilr
bilim
saviyasini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Biz har bir o‘quvhini kompyuter bilan
ta’minlay olmaymiz albatta. Uning o‘rniga
vaqtincha qo‘llash mumkin bo‘lgan boshqa
variantlarni ko‘rsatishimiz mumkin. Biz bu
masalaga yechim sifatidabir qator android
ilovalarini
taklif
qilamiz.
Xususan
dasturlash tillarini o‘rgatishda
Do'stlaringiz bilan baham: