BARMOQ IZI ORQALI IDENTIFIKATSIYA/AUTENTIFIKATSIYA
TIZMINI AMALGA OSHIRISH
Imamaliev A. T., Xudoyqulov Z.T., Tojiakbarova U.U.
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU,
tojiakbarova@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hozirgi kunda axborotni himoyalash dolzarb
mavzu hisoblanadi, axborot xavfsizligini tezisda biometrik parametrga asoslangan
barmoq izi asosida himoyalashni ishlash prinsipi, hamda ma’lumotlarni xavfsizlik
jihatdan qay darajada ta’minlash imkoniyatini yaratishi keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zi:
Barmoq izi, parametr, autentifikatsiya, RFID, signal, sxema,
karta.
Barmoq izlari bo‘yicha insonni autentifikatsiyalash hozirda eng keng
tarqalgan usul bo‘lib, axborotni himoyalash sohasida biometrik tizimlar keng
qo‘llanilmoqda.
Hozirgi kunda 3 xil barmoq izlarini olish texnologiyasi mavjud:
optik nurlar orqali (FTIR ya’ni optik qurilmalar), yarim o‘tkazgichlar
orqali(termoskanerlar) va ultratovushlar orqali barmoq izini olish.
Biometrik autentifikatsiyalash tizimining apparat qurilmalari orasida eng
ishonchli
hamda
ommabopligi
bilan
ajralib
turadigani
“BIOLINK”
komponiyasining biometrik autentifikatsiyalashning apparat qurilmasi hisoblanadi.
Barmoq izlarini skanerlashda ishlatiladigan daktiloskop qurilmalarini ishlab
chiqaruvchilarning ko‘p qismi asosan integral sxemalardan foydalanadi[2]. Bunday
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
513
texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda xar xil
turdagi elektrik, elektromagnit va boshqa usullar orqali amalga oshiradilar. Buning
asosiy sababi barmoq izini olish vaqtida teri qismlarining sig‘im qarshiligi olinadi
va tahlil qilinadi. Tahlil vaqtida Daktiloskopik qurilmasi yarim o‘tkazgichli datchik
orqali sig‘im qarshiligini aniqlash maqsadida barcha axborot yig‘iladi.
1-rasm. Barmoq izini skanerlash
Barmoq izi mustaqil kirish nazoratini x.660 (FSAC) qurilmasi asosida
tashkil etiish mumkin. Ushbu qurilma 2- rasmda keltirlgan.
2-rasm. X.660 (FSAC) tashqi ko‘rinishi
Qurilma xarakteristikalari:
material: ABS yuqori sifatli material;
barmoq izi sig‘imi: 1000;
RFID karta sig‘imi: 1000;
ishlash chastotasi: 125 KHz;
ruxsat: 450 dpi;
identifikatsiya vaqti: <1S;
FAR: <0,0001%;
FRR: <0,01%;
kartani o‘qish masofasi: 0-10CM;
o‘rnatilgan kartani o‘quvchi: EM mos keladi;
identifikatsiya usuli: barmoq izi, RFID karta;
eshik qo‘ng‘irog‘i tugmasi: kontaktli eshik qo‘ng‘irog‘ini qo‘llab-quvvatlash;
Wiegand signali: WG26 kirish/chiqish;
boshqaruv kartasini o‘rnatishi mumkinligi: ha;
ishlash kuchlanishi: DC 12V;
ish oqimi: ≤ 100mA;
ishlash harorati: -0 ° C ~ 45 ° C;
ishlash namligi: 20% ~ 80%;
mahsulot hajmi: 158*65*27mm.
Mahsulot tafsilotlari:
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
514
1000 barmoq
izi
1000 karta
Qo ‘ng’iroq
360 daraja keng qamrovli barmoq izini aniqlash, aniqlash tezligi- tez;
barmoq izlarining turli burchaklari uchun tez va aniq tanib olishi mumkin[1].
3-rasm. Eshikni ochish jarayonlari
Eshikni ochish uchun barmoq izi, RFID karta asosida 1000 ta barmoq izi,
1000 ta karta ishlatiladi, foydalanuvchiga qulay bo‘lishi uchun eshik qo‘ng‘irog‘i
tugmasi ham mavjud.
Boshqaruv barmoq izini va boshqaruv kartasini o‘rnatishi mumkin.
Dasturlash juda oson. Qurilmani orqasidagi (1+8 teshikli) kalit yordamida barmoq
izi ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
4-rasm. Barmoq izini ro‘yxatdan o‘tkazish
Barmoq izini ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lgandan keyin, uni o‘chirib tashlasa
yoki boshqatdan ro‘yxatdan o‘tkazish kartalari mavjud.
5-rasm. Kartalar ko‘rinishi
SD xotira kartasiga ma’lumotlarini yuklab olib kirish uchun ishlatish
mumkin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchini tahrirlash va nomlash mumkin.
Barmoq izi qurilmaga qayta yuklanadi, lekin foydalanuvchini oʻchira olmaydi va
toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanuvchi qoʻsha olmaydi.
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
515
6-rasm. SD xotira kartasi
RFID kartalari va kalitlar:
materiallar: PVX/ABS;
ishlash chastotasi: 125 KHz;
qo‘shimcha moduli: faqat o‘qish, yozishni qo‘llab-quvvatlamaydi;
o‘qish masofasi: 0-10 sm;
har birida noyob ID raqami bosilgan.
7-rasm. RFID kartalari va kalitlar
Ulanish diagrammasi,
ikkita quvvat manbai, qulflash, chiqish tugmasi
paketlaridan tashkil topgan.
8-rasm. Qurilmani sxema asosida ulanishi
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
516
X.660 (FSAC) qurilmasi yuqoridagi sxema asosida to‘g‘ri yig‘ib chiqiladi
va ro‘yxatdan o‘tkazilgan barmoq izini kiritiladi, qurilma barmoq izini taniydi, shu
orqali quyidagi holat sodir bo‘ladi.
9-rasm. Barmoq izini tanish jarayoni
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan barmoq izidan tashqari yana NFS karta yoki NFS
buttonlar asosida foydalanuvchi autentifikatsiya jarayonidan o‘tishi mumkin.
10-rasm. NFS buttonlar asosida signal qabul qilish
11-rasm. NFS karta asosida signal qabul qilish
Signallar qabul qilinganidan so‘ng, ma’lum vaqt oralig‘ida qurilma kirishga
ruxsat beradi, keyin ma’lim vaqt oralig‘i o‘tib qurilma yopilishga ruxast beradi.
Xulosa, ushbu barmoq izi asosida turli xil korxona-tashkilotlarda
identifikatsiya va autentifikatsiyani amalga oshirish mumkin. Bu usul qulay, oson,
hamda uning dastiriy, apparat-dastiruy ko‘rinishlari mavjud. Dastiriy turiga
qandaydir o‘zgartirishlar kiritish mumkinligi, yoki qo‘shimchlar qo‘shish
imkoniyati borligi foydalanuvchilarga qulaylikni beradi[3].
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
517
Do'stlaringiz bilan baham: |