International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
505
Zararli axborot manbalarini tahlil qilish va qarshi choralar tanlovini
avtomatlashtirish orqali ijtimoy tarmoqlarda zararli ma’lumotlarga qarshi
kurashish samaradorligini oshirish imkoniyati kengayadi. Ushbu maqsadga
erishish uchun quyida belgilangan vazifalar hal qilinishi lozim:
-
zararli axborot va axborot almashinuvining mavjud modellarini tahlil
qilish;
-
ijtimoiy tarmoqlarda mavjud manbalarni baholash algoritmlarini, mavjud
monitoring tizimlarini va ijtimoiy tarmoqlarda zararli ma’lumotlarga qarshi
kurashish usullarini tahlil qilish;
-
ijtimoiy tarmoq, manba va zararli ma’lumotlarning bir qator modellarini
ishlab chiqish;
-
zararli axborot manbalarini tahlil qilish va qarshi choralar reytingini tahlil
qilish uchun bir qator algoritmlarni ishlab chiqish;
-
ijtimoiy tarmoqlarda zararli axborotga qarshi kurashish usulini ishlab
chiqish;
-
zararli axborotga qarshi tizim komponentlarining arxitekturasi va dasturiy
prototiplarini ishlab chiqish, tavsiya etilgan modellar, algoritmlar, texnika va
arxitekturaning samaradorligini eksperimental va nazariy baholash.
-ijtimoiy tarmoqdagi zararli axborotga qarshi kurashish modellari,
algoritmlari va usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Ijtimoiy tarmoqlarda zararli ma’lumotlarga qarshi kurashishning asosiy
qoidalari quyidagilardan iborat:
1.
Ijtimoiy tarmoq modellari, manba va zararli ma’lumotlar to‘plami;
2.
Zararli axborot manbalarini tahlil qilish va qarshi choralar reytingini
tahlil qilish algoritmlari to‘plami;
3.
Ijtimoiy tarmoqlarda zararli ma’lumotlarga qarshi kurashish usuli;
4.Zararli axborotga qarshi tizimning arxitekturasi va dasturiy komponentlari.
Maqolada taqdim etilgan ilmiy qoidalarning asosliligi va ishonchliligi ushbu
sohadagi tadqiqotlar holatini chuqur tahlil qilish orqali ta’minlanadi.
Xulosa qilib aytganda
, ilmiy izlanishlar natijasiga ko‘ra
ijtimoiy
taqmoqlarda
zararli ma’lumotlarga qarshi kurashish modellari, usullari va
algoritmlari ishlab chiqildi. Davlat, jamiyat va shaxsning axborot xavfsizligida
ijtimoiy tarmoqlarda zararli axborotga qarshi turishning o‘rni va roli aniqlandi.
Tegishli modellar, algoritmlar va usullarning asosiy ta’riflari va sharhlari va zararli
axborotga qarshi mavjud tizimlar ko‘rib chiqildi. Mavjud yondashuvlar va
yechimlarning afzalliklari va kamchiliklari aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: