4-QISM. MURAKKAB SO‘ROVLAR YARATISH
SQL tilidagi so‘rovlar boshqa so‘rovlarni ham boshqarish imkoniyatiga ega. Bunday boshqarishlar quyi so‘rovlar yordamida amalga oshiriladi, ya’ni so‘rovlarni ichma-ich joylashtirish mumkin. Bunday so‘rovlarni murakkab so‘rovlar deb ataymiz. Bunday so‘rovlarda ichki so‘rovlar bitta qiymatni generatsiya qilib, bu qiymatlar tashqi so‘rov tekshirishlarida ishtirok etadi. Masalan, Savdo nomli bazamizdagi kelgan tovarlar jadvalidan eng qimmat bahoda olib kelingan tovarlarning nomi, soni va olingan summasini chiqarish kerak bo‘lsin.