Topshiriq savollari.
Hozirda tasvirlangan 3ta turdagi standart funksiyalarning qo‘shimcha xizmatchi buyruqlarini hamda 4-turga tegishli bo‘lgan standart funksiyalarni toping.
Ularning har biriga 5ta dan misol keltiring
12- LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Agregat funksiyalardan foydalanish
Amaliy masalaning nomi: Savdo do‘konida tovarlarni import qilish uchun avtomatlashtirilgan tizimlarning qonuniyatlari.
Masalaning qo‘yilishi: Savdo do‘koniga kirib kelayotgan tovarlarning kunlik hisobotlarini tayyorlash.
Masalaning yechilishi: Masalani yechishdan oldin eng avvalo ularni loyihalashtirib olishimiz zarur. Hozirda uning soddaroq ko‘rinishda yaratib olamiz. Savdo_dokoni obyektini quyidagicha atributlardan tashkil topgan deb hisoblaylik: ID, Mahsulot_nomi, Mahsulot_narxi, Mahsulot_Rangi, Mahsulot_ogirligi, M_Keltirildi(dona), Keltirilgan_sana, Olib_keluvchi_ID, Qabul_qililuvchi_ID; Ushbu berilganlarni jadval ko‘rinishida tasvirlab olaylik
1-Расм(Savdo_dokoni жадвалининг лойиҳалаштирилган ҳолати)
|
Ko‘rib turibmizki 1-Rasmda biz loyihalashtirib olgan jadval va uning atributlariga mos bo‘lgan turlar keltirilgan. Endi ushbu jadvalga umumiy holat bo‘yicha kortejlarni kiritib to‘ldiraylik va masalani yechishga harakat qilaylik. Qulaylik yaratish uchun atribut nomlariga uncha ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlarni kiritdik, ya’ni gap mahsulot haqida ketayotganligi uchun bu so‘zlarni o‘chirishga qaror qildik(2-Rasm). Yuqorida aytib o‘tilgan to‘ldirishlar amalga oshirildi(2-Rasm).
|
2-Расм(Жадвални тўлдирилган ҳолати)
|
1-agregat funksiyamiz bu SUM() ko‘rinishidagi standart funksiyadir. U qanday maqsadda ishlatilishiga kelsak, 1ta ustundagi satrlar yig‘indisii hisoblaydi, bu haqida ma’ruza mashg‘ulotlarida kengroq yoritib o‘tilgan. Bu agregat funksiyani yaxshiroq tushunish maqsadida quyidagicha masala tuzib olaylik: 1 kunda savdo do‘koniga necha dona tovar keltirilgan?
Uni hisoblash uchun SQL da quyidagicha so‘rov yozamiz(3-Rasm) va natijasini 4-Rasm da ko‘rishimiz mumkin
3-Расм(SQL да ёзилгн сўров)
|
4-Расм(Натижа)
|
Umuman olganda ayrim masalalarni hisoblashda avval ustunning qiymatlari guruhlanib so‘ngra ishlatilishi ham mumkin, uni quyidagi masalani yechish jarayonida ko‘rib o‘tishimiz mumkin: Ushbu savdo do‘koniga yangi o‘lchamdagi non keltirildi, jami necha dona non keltirilgan?
Bu masalani yechishda eng qulay usul bu guruxlashdir. Uning uchun biz GROUP BY operatoridan foydalanamiz. Bu operatorning maqsadi bir xillikga chek qo‘yishdan iboratdir. YA’ni bir xil xarakterdagi satr qiymatlarni ular alohida satrlarda turgan bo‘lsa ham 1ta satr ostida birlashtirib, ularning qolgan parametrlarini boshqa bironta operatorlar yoki funksiyalar bilan bog‘laydi. Isbot sifatida yuqoridagi masalaning SQL so‘rovlar ostidagi yechimini ko‘ramiz
5-Расм(SQL да ёзилгн сўров)
|
6-Расм(Натижа)
|
Biz bu holat bilan ham yaqindan tanishdek, demak, har ikki yo‘lning qaysi paytda ishlashini o‘ylag kerak ekan.
2-agregat funksiyamiz COUNT() standart funksiyasidir. Bu funksiya odat qaysiki xususiy hollarni sanashda ishlatiladi. Misol uchun quyidagicha masala tuzaylik va unining yechimi(8-Rasm) ni SQL da olingan so‘rov(7-Rasm) bilan tasdiqlaylik: Savdo do‘koniga 1 kunda bir xil turdagi tovarlardan necha marta keltirilgan?
7-Расм(SQL да ёзилгн сўров)
|
8-Расм(Натижа)
|
Ko‘rinib turibdiki bu gal ham GROUP BY operatoridan foydalanib masalani yechishga harakat qildik.
3-agregat funksiyamiz AVG() standart funksiyasidir. Uning vazifasi haqida aytadigan bo‘lsak o‘rtacha qiymatni hisoblaydi, ya’ni biz uni matematika kursida o‘rta arifmetigi deb ataganmiz. Ushbu funksiyaga ham masala tuzib uni kompyuterdagi yechimi(10-Rasm) ni olaylikchi: savdo do‘koniga 1 kunda o‘rtacha necha so‘mlik tovarlar olib kirilgan(1 donaga nisbatan)?
9-Расм(SQL да ёзилгн сўров)
|
10-Расм(Натижа)
|
Masalamizning javobini topish uchun tuzilgan SQL tilidagi so‘rov 9-Rasm da keltirilgan.
4-agregat funksiyamiz MIN() standart funksiyasidir. Uning vazifasi esa satr qiymatlari ichida eng kichigini topishdan iboratdir. Misol uchun masalaga javob topaylik: savdo do‘koniga 1 kunda keltirilgan tovarlarning ichidagi eng arzon tovar nomi va narxi ko‘rsatilsin
11-Расм(SQL да ёзилгн сўров)
|
12-Расм(Натижа)
|
SQL dagi so‘rovlarimiz 11-Rasm da keltirilgan, uning natijasi esa 12-Rasm da ko‘rsatib o‘tilgan.
5-agregat funksiyamiz MAX() standart funksiyasidir. Vazifasiga ko‘ra bu standart funksiyamiz ustun bo‘yicha satr qiymatlarining ichidan eng kattasini topishdir. Uni tasvirlash uchun quyidagicha masala tuzaylik: savdo do‘koniga 1 kunda keltirilgan tovarlarning ichidagi eng qimmat tovar nomi va narxi ko‘rsatilsin
13-Расм(SQL да ёзилгн сўров)
|
14-Расм(Натижа)
|
Demak, bu masalamizning SQL da tuzilgan so‘rov(13-Rasm) ini va natija(14-Rasm) ni ko‘rdek.
Ushbu agregat funksiyalar barcha standart funksiyalarning ichidan eng asosiylaridandir. Shu sababli ularni o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Topshiriqlarni bajaring va ballarni qo‘lga kiriting.
Topshiriqlarni alohida “Topshiriq savollari” jildidan olishingiz
Do'stlaringiz bilan baham: |