Topshiriq savollari
Guruhingiz jurnalidan o’zingizni nechanchi raqamda ekanligingizni aniqlang va topshiriqlar jildidan foydalanib shu nomerdagi loyiha nomini oling. Ushbu mavzu yuzasidan loyiha ustida amallarni bajaring. Topshiriqni bajarib bo’lgach uni word dasturidan foydalanib hisobot shaklida 7-Laboratoriyani tekshirish uchun jo’natish bo’limiga kirib fan o’qituvchisiga yuboring.
8 -LABORATORIYA ISHI
Mavzu: GROUP BY va ORDER BY standart so‘zlaridan foydalanib so‘rov yaratish.
Ishdan maqsad: Ma’lumotlarni saralashni va GROUP BY, ORDER BY operatorlarini qo‘llashni o‘rganish.
Masalani qo‘yilishi: Rohat_oshxonasi ma’lumotlar bazasini tashkil eting, kortejlar ustida saralashni va GROUP BY, ORDER BY operatorini qo‘llang.
Uslubiy ko‘rsatmalar: Talaba buning uchun MySQL dagi operatorlarni to‘g‘ri yozishni o‘rgangan bo‘lishi shart. Saralash nima ekanligini mohiyat bilishi kerak.
Biz Rohat_oshxonasi deb nomlangan ma’lumotlar bazasini yaratib olganmiz deb hisoblab, uning ko‘rinishini quyidagicha deb faraz qilaylik
Demak, biz ma’lumotlar bazasini tashkil etdik. Ko‘rib turganimizdek, ma’lumotlar bir necha marta yozilgan. Misol, tariqasida Osh 2 marta va Shashlik 2 marta. Bu xato emas albatta. Chunki, ayrim oshxonalarda 1 xil ovqatga nisbatan juda ko‘plab buyurtmalar kelib tushishi mumkin. Bizning hozirda qiladigan ishimiz, ularni saralashdan iborat, ya’ni yuqoridagi jadvalni biror bir atributining qiymatini o‘sish tartibida(ASC) yoki kamayish tartibida(DESC) joylashtirib ko‘raylik. Uning uchun biz ushbu jadvalimizning Porsiya atributiga nisbatan 2ta operatorni tekshirib ko‘ramiz. Buning uchun quyidagi masalani tuzib olamiz: Rohat_oshxonasi jadvalidagi ma’lumotlar Porsiya atributining qiymatlari o‘sish tartibida bo‘lgan holatiga nisbatan bog‘liqlikda oynaga chiqarilsin. Uning SQL so‘rovlari oynasidagi formulasi quyidagicha bo‘ladi:
Natijasi esa quyidagicha bo‘ladi:
Sezgan bo‘lsak, ma’lumotlarning ID si har xil tartiblangan, ammo Porsiya atributi biz aytganimizdek o‘sish tartibida joylashtirilgan. Endi esa huddi shu holatni kamayish tartibida ham tajribadan o‘tkazamiz, buning uchun quyidagi SQL so‘rovini so‘rovlar darjasiga kiritamiz:
Natijani faollashtirib quyidagi natijani hosil qilamiz:
Fikrlab yetgan bo‘lsak, bu operatorlarni atributlarimizning hohlagan birida sinab ko‘rishimiz mumkinligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |