Fayl va katalog tushunchasi. Ixtiyoriy belgilar ketma-ketligining xotirada biror nom bilan saqlanishiga fayl deb aytiladi. Masalan, dasturlar, hujjatlar va shu kabi mahlumotlar. Fayllar 2 xil ko’rinishda bo’ladi: matnli va ikkilik. Matnli fayllar foydalanuvchining o’qishi uchun mo’ljallangan bo’lib, ixtiyoriy belgilardan tuzilgan satrlardan tashkil topadi. har bir satr Enter klavishasi bilan yakunlangan va yangi satrdan boshlangan bo’ladi. Mahlumki, matnni tahrirlash va ko’rish paytida Enter klavishasining belgisi ekranda ko’rinmaydi.
Fayl nomi MS DOS ning dastlabki laxjalari va uning Windows 3.1 qobiq dasturlarida 8 tagacha lotin xarflari va raqamlar xamda ayrim belgilar kombinatsiyasidangina iborat bo’lishi mumkinligi talab qilinar edi. Nom ichida bo’sh joy va nuqta belgilari ishlatish mumkin emas edi.
Xotirada saqlanayotgan informatsiya turiga qarab foydalanuvchi yoki ShK tomonidan faylga qo’shimcha tur beriladi. Tur sifatida uzunligi 1 tadan 3 tagacha bo’lgan lotin harflari, raqamlar va bahzi belgilar ishlatilishi mumkin. Umuman olganda, tur ishlatilmasligi ham mumkin. Faylning to’liq nomi ikki qismdan iborat bo’lib, unda fayl nomi va nuqta bilan ajratib yozilgan fayl turi yoziladi. Odatda fayl turini - fayl kengaytmasi deb yuritiladi. Masalan:
Command.com
Sartak.bat
rog.bas
Misol.txt.
Bu yerda Command, Sartak, rog va Misol lar fayl nomlari, com, bat, bas va txt lar esa fayl kengaytmalaridir. Aslida fayl nomida fayl kengaytmasi bo’lishi shart emas. Agar u bor bo’lsa, mazkur faylning xususiyatini aniqlaydi va foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi. har bir faylni tashkil qilayotganda yoki uning tarkibida o’zgartirishlar qilinganda, avtomatik ravishda ShK tomonidan sana va tizimdan olingan vaqt fiksirlab boriladi.
Fayl atributlari deb, shu faylni arxiv (keyinchalik o’zgartirish imkoniyati bor), yashirin (ko’rinmas) yoki faqat o’qish uchun ochishga ruxsat beriladigan sifatlari tushiniladi.
Fayl nomi, uning hajmi, oxirgi marta yozilish sanasi va vaqti, atributlari haqidagi mahlumotlarni saqlovchi diskdagi maxsus joyga katalog deb aytiladi. Katalog ham fayl singari nomlanadi. Ammo odatda kengaytma ishlatilmaydi. har bir diskda bir nechta katalog bo’lishi mumkin. Katalog ichida yana katalog joylashgan bo’lsa, u holda biri ikkinchisiga nisbatan ichki yoki tashqi katalog sifatida nomlanadi. Ixtiyoriy diskda bosh (uni ildiz yoki tub deb xam atashadi) katalog bo’lib unda boshqa barcha fayl va kataloglar bosqichma-bosqich joylashgan bo’ladi. Joriy disk yoki katalog deb ayni shu vaqtda ishlatilayotgan disk yoki katalogga aytiladi.
Kataloglar Windows operatsion sistemasida papkalar deb atala boshlandi. Papka va fayllarning nom uchun 8 ta o’rniga 254 tagacha belgi ishlatish mumkin. Nomda kirill va boshqa alifbo xarflarini xam ishlatish imkoniyati paydo bo’ldi. Nom ichida bo’sh joy va nuqta belgilari xam ishlatishga ruxsat berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |