Operatsion tizim funksiyalari. Agar operatsion tizim tushunchasini qisqacha izohlasak bu boshqaruv dasturidir. OT bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo’linadi.
Fizik resurslar bu:
- xotira;
- vinchester;
- monitor;
- tashqi qurilmalar va boshqalar.
Dasturiy resurslar bu:
- kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar;
- kompyuter ishlashini tahminlaydigan boshqaruvchi dasturlar;
- berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar;
- drayverlar;
- virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |