Ma’lumotlarning komp’yuter xotirasida tasvirlanishi
Ma’lumotlar kompyuter xotirasida turli ketma-ketliklarda joylashgan 0 va 1 ko’rinishidagi kodlar yordamida tasvirlanadi.
Kodlashtirish qurilmasi
Qayta kodlashtirish qurilmasi
Axborotni qabul qilish qurilmasi
Kod-bu axborotlarni komp’yuter xotirasida tasvirlashning shartli belgilari to’plamidir. Kodlashtrish- axborotlarni kodlar orqali tasvirlash jarayonlaridir.
Axborotni uzatish qurilmasi
Xabarlar manbasi
Axborotlarni uzatish va qabul qilish tuzilmasi
Sonli ma’lumotlarni kodlashtirish
Sonlarni kompyuter xotirasida tasvirlash uchun asosan ikkilik sanoq sistemasidan foydalaniladi, u asosan ikkita raqamdan 0 va 1 dan iborat bo’ladi. Hisoblash jarayonlarida qatnashadigan sonlarni kodlashtirish uchun maxsus usullar qo’llaniladi. Bular o’nlik sanoq sistemasidan ikkilik sonoq sistemasiga o’tkazish usuli va aksincha. Sakkizlik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga o’tkazish usuli va aksincha. Natijada ixtiyoriy sanoq sistemasida berilgan sonlarni ikkilik sanoq sistemasidagi ikkita 0 va 1 sonlarining turli birikmasidan iborat ko’rinishda tasvirlash mumkin.
Matnli axborotlarni kodlashtirish
Kodlashtirish jadvali - bu axborotlarning kompyuter xotirasida tasvirlanishini ifodalaydi. Butun dunyoda kompyuter xotirasida axborotlarni tasvirlashning stan-darti sifatida quyidagi ASCII(American Standart Code for Information Interchange-axborotlarni almashtirish uchun Amerika standarti kodi) qabul qilingan. Ikkilik koddagi bitta simvolni saqlash uchun 1 bayt = 8 bit(razryad) ajratilgan. Har bir bit 0 yoki 1 qiymatni qabul qilishini inobotga olib, ularning baytdagi mumkin bo’lgan guruhlanishi 28 = 256 ga teng. Demak ikkilik sanoq sistemasining 0 va 1 sonlarining kombinasiyalari orqali 1 bayt kattalikda 256 ta belgini ifodalash mumkin. Bu kombinasiya o’z navbatida ASCII jadvalini ifodalaydi.
ASCII standarti dastlabki 128 ta belgidan (0 dan 127 gacha) iborat: ular raqamlar, lotin alifbosi harflari, boshqaruv belgilari. Dastlabki 32 ta belgi boshqaruv belgilari bo’lib, boshqaruv buyruqlarini uzatadi. Qolgan 128 (128 dan 255 gacha) tasi milliy alfavit va belgilardan iborat.
Kodы0…127
(kodirovkaASCII)
|
Kodы128...255
(modifikasiyalangan
alternativ variant)
|
Ushbu jadval bo’yicha biror bir belgining kodini aniqlamoqchi bo’lsak, u holda jadvaldagi belgi turgan katakcha kesishishining qator tartib raqami bilan ustun tartib raqamini qo’shish talab etiladi. Demak agar sakkiz raqamining kodini aniqlamoqchi bo’lsak, qator bo’yicha 08 va ustuni bo’yicha 048 ularni qo’shsak 08+048=064 hosil bo’ladi . Demak 8 raqamining kodi 064 ekan.
Bundan tashqari biz quyida ushbu ASCII- 256 kodining jadvalidan olingan aniq kodlashtirishning bir bulagini e’tiboringizga tavsiya qilamiz.
Kiritilayotgan belgi yoki harfni kompyuter "tanishi" uchun, ular xotirada saqlanishi o'z-o'zidan ma'lum. Lekin bunday belgi yoki harflarning ikki ming xil ko'rinishlarini saqlash lozim, bu esa o'z navbatida ularni xotirada saqlash uchun o'ta qiyin muammoni yuzaga keltiradi. Shuning uchun bu belgilar (rus, lotin alifbosi harflari, tinish belgilari, arifmetik amal belgilari va h.k.) mashinada sonlar (0 va 1) bilan kodlanadi.
Axborotni ma'lum bir qonun-qoida asosida kompyuterda qayta ifodalash kodlash deyiladi.
Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlarda har bir belgiga 8 bit (1 bayt) ketma-ketlik mos keladi. Masalan, I harfiga 01001001, L harfiga 01001100, K harfiga 01001011, D harfiga 01000100, M harfiga 01001101 va h.k. kodlari mos keladi.
Masalan, “ILM” so'zi 24 bitdan iborat quyidagi ketma-ketlik bilan kodlanadi: 010010010100110001001101,
Do'stlaringiz bilan baham: |