Axborot-kutubxona xizmati tizimi Reja: Axborot-kutubxona xizmati tizimining mazmuni va shakllari


O‘quv zali va abonementda xizmat ko‘rsatish usullari



Download 50,92 Kb.
bet2/12
Sana03.07.2022
Hajmi50,92 Kb.
#735500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 mavzu

O‘quv zali va abonementda xizmat ko‘rsatish usullari. Iste'molchilarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimida abonement va o‘quv zali asosiy o‘rin tutadi. Kitobxonlarga kutubxonalardan tashqarida xizmat ko‘rsatish tizimi ham keyingi yillarida bir qadar rivojlangan bo‘lishidan qat'iy nazar, abonoment va o‘quv zali ularga qaraganda ko‘p iste'molchilarga xizmat ko‘rsatadi. Statsionar kutubxonada iste'molchi tajribali kutubxonachi bilan uchrashadi, shuningdek kutubxonaning barcha adabiyotlaridan va axborot ishlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘quv zali va abonementda iste'molchilar bilan ishlash faollik va aniq maqsadga qaratilgan jarayon bo‘lib, barkamol shaxsni kamol toptirishga, ularni turli fan tarmoqlariga oid yangiliklardan muntazam xabardor etishga, bilimlarini orttirishga ko‘maklashishga qaratilgan. Iste'molchilar ishlash maqsadiga qarab o‘quv zali va abonomentning biror turidan foydalanadilar.
O‘quv zali va abonement doimo hamkorlikda ishlab bir-birini to‘ldirishi maqsadga muvofiq. Agar o‘quv zalida biror adabiyot bo‘lmagan taqdirda uni kutubxona abonementidan yoki boshqa kutubxonalardan foydalanishga olish mumkin. O‘quv zalidagi ayrim adabiyotlarga talab katta bo‘lmasa uni abonoment orqali iste'molchiga o‘qishi uchun uyga berish mumkin. O‘z navbatida O‘quv zali va abonement ommaviy tadbirlarni o‘tkazishni, iste'molchilar qiziqishini, talabini o‘rganishni hamkorlikda tashkil etadilar. Ularni har biri uchun xizmat ko‘rsatish joyi alohida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
O‘quv zalida iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish.Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish shakllari orasida kitobxonlarning talablarini va qiziqishlarini to‘la bajarishda o‘quv zali o‘ziga xos xususiyatlarga ega. O‘quv zali-bu kutubxonaning aloxida binoga yoki xonaga ega bo‘lgan, shu joyning o‘zida kitobxonlarga kitoblar va boshqa xujjatlar bilan xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘limi. O‘quv zali o‘zining yordamchi kitob fondiga ega bo‘ladi. O‘quv zalida xizmat ko‘rsatishda ham abonementda xizmat ko‘rsatish xususiyatlariga amal qilinadi. Kitob targ‘iboti, kitobxonlarga yakka tartibda yondoshish, o‘quv zalini ishining asosini tashkil qiladi. O‘quv zali kitobxonlarning ilmiy, o‘quv, jamoatchilik ishida va mustaqil bilim olishida muhim axamiyatga ega. O‘quv zalida adabiyotga va axborotga murojaat qiladigan kitobxonlarning ma'lum bir maqsadi: o‘quv mashg‘ulotlarini bajarish, jamoatchilik ishini amalga oshirish, kasb malakasini oshirish va xokozo. O‘quv zali bu vazifalarni bajarish uchun hamma imkoniyatlarni yaratadi. Uning kitob fondida barcha soxalarni qamrab olgan, turli mazmunga ega adabiyotlar, nodir asarlar, noyob nashrlar, vaqtli matbuot nashrlari, ma'lumot nashrlari, ensiklopediyalar, bibliografik qo‘llanmalar mavjud bo‘lib, kitobxonlarga shular bilan xizmat ko‘rsatiladi. Kitobxon kutubxonaning barcha bo‘limlaridagi adabiyotlaridan, zarur bo‘lsa foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘quv zalida kitobxonlar uchun eng qulay xizmat turlaridan biri ma'lumot-bibliografiya apparati, ma'lumot nashrlarining to‘planganligi, mutaxassis-bibliograf yordamining aynan o‘quv zalida tashkil qilinganligi, kitob bilan ishlashda kutubxonachi maslaxatlar berish imkoniyatiga ega ekanligidir. O‘quv zali kitobxonga adabiyotlar bilan ishlash uchun juda katta imkoniyat beradi. Mashg‘ulotlarni bajarish uchun keng, yorug‘, tinch joy, mikrofilmlar, ovozli materiallar va boshqa manbalardan foydalanishni tavsiya etadilar.
O‘quv zalida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish o‘ziga xos xususiyatlariga ega:

  • Kitobxon kutubxonaning barcha fondidan foydalanish huquqiga ega;

  • Kitobxon bir vaqtning o‘zida bir qancha nashrlardan foydalanishi mumkin;

O‘quv zali ishida uning yordamchi zaxirasi katta ahamiyatga ega. Bunda eng ko‘p so‘raladigan adabiyotlar o‘quv zali fondida yoki unga yaqin bo‘limlar fondida O‘quv zali fondi kitobxonlar tarkibiga ko‘ra, xizmat ko‘rsatayotgan region yoki soxa kitobxonlari qiziqishi va talabiga mos adabiyotlar to‘planadi. O‘quv zali fondining asosiy maqsadi -kitobxonlar talabini to‘la va tez qondirishdan iborat. O‘quv zali fondida davlat xujjatlari, jamoat va xokimyat muassasalarining nashrlari, ma'lumot nashrlari, barcha turdagi ensiklopediyalar, mashxur yozuvchi va shoirlarning asarlari, maktab, kollej va oliy o‘quv yurti dasturlariga mos xolda yangi badiiy asarlar, kutubxona obuna bo‘lgan gazeta va jurnallar to‘planadi. Yordamchi fond muntazam ravishda yangilanib, to‘ldirilib borilishi kerak.
Kitobxonlar talabini tez qondirish uchun o‘quv zali fondi qisman bo‘lsa ham ochiq bo‘lishi, ayniqsa ma'lumot nashrlaridan foydalanish erkin bo‘lishi kerak.
Yordamchi fondni to‘g‘ri tashkil etilganligi u bilan muntazam ish olib borish, uning tarkibi va joylashishi bilan kitobxonlarni muntazam tanishtirib borish xamma turdagi kutubxonalarda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshi yo‘lga qo‘yishga olib keladi.
Ish mazmuni: o‘quv zali ishining asosini kitobxonlar bilan yakka tartibda ish olib borish va ma'lumot-bibliografik, axborot ishi tashkil qiladi. O‘quv zali ishining asosiy qismini ommaviy tadbirlar: bibliografik obzorlar, kitobxonlar konferensiyasi, adabiy kechalar, turli uchrashuvlar, og‘zaki jurnallar o‘tkazish tashkil etadi.
Kitobxonlar bilan ishlash, ularning qiziqishini o‘rganishda kitobxonlarning o‘quv zaliga muntazam qatnovini o‘rganish muhim axamiyatga ega. O‘quv zali kitobxonlarining asosiy qismini maktab o‘quvchilari, oliy va urta maxsus ta'lim muassasalari talabalari, mutaxassislar tashkil etadi. Kutubxonachi kitobxonni kitob fondidan, ayniqsa ma'lumot nashrlaridan foydalanayotganda, adabiyot tanlanayotganda uni kuzatishi orqali ilmiy-madaniy saviyasi haqida ba'zi fikrlarga ega bo‘ladi. Shularga asoslanib kutubxonachi kitobxonga tegishli yordam, maslahat berishi, zarur adabiyotlarni tanlashda yordam berishi mumkin bo‘ladi. Kutubxonaning barcha ma'lumot-bibliografik apparati: katalog va kartotekalar, matbuot solnomalari, tavsiya ko‘rsatkichlari kitobxon qo‘li ostida bo‘lishi kerak. O‘quv zalida muntazam yangi adabiyotlarning ochiq ko‘rik- ko‘rgazmalari tashkil qilinadi, yangi adabiyotlar xaqida axborot berish uchun barcha ommaviy axborot vositalaridan foydalaniladi. O‘quv zallari ishining asosiy yo‘nalishlari:

  • Kitobxonga kitob bilan ishlashda yordam;

  • Vaqtli matbuot bilan ishlash;

  • Ma'lumot-bibliografik ishlarni takomillashtirish;

  • Yakka va guruhli axborot;

  • Yangi adabiyotlarni targ‘ib qilish;

Kitobxonlarga tabaqalashtirilgan xizmat ko‘rsatish abonomentdagi kabi o‘quv zalida ham kitobxonlarning asosiy guruhlarini aniqlash va ajratish asosida olib boriladi. Kutubxonachining yordamiga muxtoj kitobxonlarga: maktab o‘quvchilar, sirtqi bo‘lim talabalari, ishchi yoshlar, va sanoat korxonalarining mutaxassislari va boshqalar kiradi.
Ko‘pgina kutubxonalar birgina umumiy o‘quv zaliga ega bo‘ladilar. Unda barcha kitobxonlar guruhining turli-tuman talablari bajariladi, ba'zan kitob berishning tarmoq bo‘linmalari ham tashkil qilinadi. Ko‘pgina kutubxonalarning o‘quv zallarida guruhli xizmat ko‘rsatiladi. Har bir kutubxonachi ayrim kitobxon guruhiga xizmat qiladi. Bu kutubxonachi xizmat ko‘rsatishning hamma jarayonini o‘zi bajaradi. Bu usul universal kutubxonalarning o‘quv zallari tizimida mavjud.
Yirik kutubxonalarda kitobxonlarga tabaqalashgan xizmat ko‘rsatish uchun umumiy va ixtisoslashtirilgan o‘quv zallari tashkil qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan o‘quv zallari-kutubxona fondidan faol foydalangan xolda mutaxassislarni talablarini to‘la qondirish maqsadida tashkil etiladi. Ixtisoslashtirilgan o‘quv zallari:
- Tarmoq yoki bilim sohalari,( ijtimoiy-siyosiy tabiiy-ilmiy, texnika va boshq) bo‘yicha.
- Nashrlarning turlari va xarakteriga ko‘ra (yangi adabiyotlar ko‘rgazma zali, vaqtli matbuot, mikrofilmlar, notali nashrlar, ovozli yozuvlar).
- Kitobxonlarning tayyorgarlik darajasiga ko‘ra yoki guruhli ( umumiy o‘quv zali, ilmiy xodimlar o‘quv zali, akademiklar o‘quv zali, professorlar o‘quv zali va boshqalar ) bo‘lishi mumkin.
Tarmoq o‘quv zallari – kitobxonlarga bir bilim soxasiga oid adabiyotlar bilan xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Bunday zallar ko‘proq ilmiy kutubxonalarda tarqalgan. Ularda shu tarmoq bo‘yicha yordamchi fond tashkil qilinadi, ayrim turdagi mutaxassislarga yoki bir-biriga bog‘liq tarmoq mutaxassislariga xizmat ko‘rsatiladi. Lekin boshqa kitobxonlar ham shu zaldan foydalanishlari mumkin. Kitobxonlar e'tiboriga shu tarmoq bo‘yicha barcha adabiyotlar, ma'lumot nashrlari, vaqtli matbuot nashrlari, ma'lumot-bibliografik apparati, mutaxassis maslaxati xavola qilinadi. Bunday zallarning kamchiligi shundaki, boshqa bilim sohasiga oid adabiyot zarur bo‘lib qolsa, kitobxon boshqa zalga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
Guruhli o‘quv zallari-ham ilmiy kutubxonalarda, universal va maxsus kutubxonalarda keng tarqalgan. Masalan; A.Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ilmiy xodimlar o‘quv zali, o‘smirlar o‘quv zali bor. Respublika bolalar kutubxonasida kitobxonlarning yoshiga ko‘ra kattalar, kichik yoshdagi bolalar o‘quv zali xizmat ko‘rsatadi. Bir guruhga mo‘ljallangan o‘quv zallarining vazifasi–shu guruhga adabiyot tanlashda yordam berish, ularning talabini bajarish, jamoat ishiga, kasb malakasining oshishiga, estetik, politexnik, umumiy bilim olishiga yordam berishdan iborat.

Download 50,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish