Hujjatlarni sistemalashga qo‘yiladigan talab va qoidalar:
Sistemalashdagi asosiy talablar:
1. Hujjatning sosiy mazmunini aniqlash. Bunda indekslana-
digan mavzuning asosiy, xususiy mazmunini aniqlab, jadval
ning qaysi bo‘limiga ajratishni bilganimizdan so‘ng, unga asosiy
bo‘limning indeksini qo‘yamiz. Mavjud resursning janri, shakli
yoki qaysi kitobxonga mo‘ljallanganligi keyinchalik hisobga olinadi.
Masalan, «Kutubxonachilik ishi tarixi» kimga moljalanganligidan
qat’i nazar birinchi navbatda, asosiy mazmuni bo'yicha kutub
xonachilik 78.33 bo‘limida yoritiladi. Keyinchalik bu kitob dars
lik ekanligini umumiy namunaviy bo‘linishdan foydalanib «ya 73»
oliy o‘quv yurtlari uchun darslik ekanligi ko‘rsatiladi, boshqacha
qilib aytganda nashrning yo‘nalishi, kim uchun mo‘ljalIanganligi
belgilab qo‘yiladi. Bunda mazkur kitobning indeksi quyidagicha
ifodalanadi: 78.33 ya 73
2. Hujjatning mazmunini boshqa bo‘limlar bilan chega-
ralanishiga qarab indekslash. Agar hujjat bir necha sohalarga taal
luqli bo'lsa, uning bitta asosiy bo‘limini aniqlab, boshqa bo'limlar
bilan chegarasini ajratib olish kerak boladi, chunki ana shunda
ortiqcha takroriy aks ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bitta tushun-
cha boshqa sohada qo‘llaniladigan bo‘lsa, o‘sha qo‘llaniladigan
bo‘limning indeksi asosiy bo‘lib xizmat qiladi yoki indekslanadigan
mavzuning, predmetining aspektiga qarab (qaysi tarmoqda aks
ettirilishiga) indeks tanlash ko‘zda tutilgan.
Masalan, o‘lkashunoslikka, geografiyaga doir adabiyotlar 26.89
indeksida, masalan: « 0 ‘zbekiston bo‘ylab yo‘l ko‘rsatkich» kitobi
26.89 (5 0 ‘zb)+75.81 (5 0 ‘zb) indeksini olsa, « 0 ‘zbekiston iqtisodiy
geografiyasi» kitobining asosiy indeksi «65.049 (5 O lzb)» bo‘limida
yoritiladi, ammo qo‘shimcha ravishda 26.89 o‘lkashunoslik
bolim ida ko‘rsatilmaydi, chunki bu kitobning asosiy mazmuni
iqtisod sohasiga bag‘ishlangan. Lekin «Mamalakatlar va xalqlar»
kitobida Afrika olkasini va tarixini o‘rganadigan m a’lumotlar
83
mavjud bo‘lganligi uchun uning indeksi ikkita bo'limda: 26.89(6)
+ 63.5(6) da yoritiladi.
Adabiyotni hududiy jihatdan ko‘rib chiqish maqsadga muvo
fiq bo‘lgan har bir bo‘limda o‘z o‘lkasi (viloyat, shahar, tuman,
qishloq) to‘g‘risidagi adabiyot uchun bo‘limga ajratiladi. Shu nar-
sani eslatib o'tish kerakki, o‘lkashunoslik adabiyoti maxsus ajra-
tilgan rubrikalardangina emas, balki tarmoq bo‘limining tegishli
kichik bo‘limlarida ham yig‘iladi. Masalan, Farg‘ona haqida
o‘lkashunoslik adabiyoti 26.3 (5 O‘zb-2 Far) indeksi ostida yig‘iladi.
Kitoblar bilan bir qatorda maqolalar, qo‘lyozma materiallari,
fotosuratlar va shu kabilar aks ettirilgan o‘lkashunoslik kartotekasi
bo‘lganda sistemali katalogning maxsus bo‘limchalarida max
sus umumiy xarakterdagi o‘lkashunoslikka oid adabiyotni-
gina «Toshkent viloyatining qishloq xo‘jaligi» va boshqa rubri-
kalar yig‘ish mumkin, bunday hollarda sistemali katalogning
o‘lkashunoslik bo‘limchalaridan o‘lkashunoslik kartotekalariga
albatta havola beriladi.
Oraliq xarakteriga ega bo‘lgan fanlar talab ehtiyojlari sababli
vujudga kelgan sohalarga qaraydi: chunonchi, astrofizika — ast-
ranomiyaga, biofizika — biologiyaga, kimyoviy texnologiya —
texnika fanlari bo‘limiga qaraydi. Ko‘p tomlik kitoblar umumiy
mazmuniga qarab sistemalashtiriladi, xarakterli sarlavhalarga ega
va ular uchun qo‘shimcha tavsiflar tuzilgan ayrim tomlar esa o‘z
mazmuniga muvofiq takroriy aks ettiriladi.
Olimlar, yozuvchilar, rassomlar, davlat va jamoat arboblari
va shu kabilarning hayoti hamda faoliyatiga oid adabiyot klas
sifikatsiyaning tegishli tarmoq boiim lariga qaraydi. Faoliyati
ilm-fanning ko‘pgina sohalari bilan bog‘liq bo'lgan ensiklopedist
olimlar masalan: Ibn Sino, Umar Hayyom, Al-Xorazmiy, Ahmad
Farg‘oniy va boshqalar haqidagi adabiyot 72.3 (5 0 ‘zb) bo‘limida
yoritiladi.
Masalan, M ahmud Qoshg‘ariy — tilshunos «Devonu lug£atit
turk» asarini turkiy qavmlar etnografiyasi, tarixi, geografiyasi,
etnogenezisini o‘rganishdagi tarixiy ahamiyati 63.3(5 0 ‘zb) 454
bo‘limida qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladi. Shu bilan birga ayrim
fan sohalarining tarixiga doir kitoblar shu sohaning o‘z indeksini
oladi va «g» fan tarixi (UNB) bilan yoziladi. Masalan: Kimyo
fanining tarixi 24 g, «Mendeleyevning davriy sistemasi» 24 g
Mendeleyev indeksini oladi.
Abu Ali Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari 5 g Ibn Sino
indeksini oladi. Lekin Abu Ali Ibn Sinoning «Kitob ash shifo»
falsafiy ensiklopediyasida falsafa, logika va boshqa aniq fanlarga
doir masalalar yoritilganligi uchun bu asarning to‘la indeksi 72.3
(5 0 ‘zb) +87.3 (5 0 ‘zb) g Ibn Sino tarzida ko‘rsatiladi.
Ko‘p qirrali olimlarning ilm-fanning faqat bir sohasidagi faoli-
yatiga oid kitoblari klassifikatsiyasining tegishli bo‘limchalarida
aks ettiriladi. Chunonchi A.Navoiy she’riyati to‘g‘risidagi tadqiqot
adabiyotshunoslikning kichik bo‘limiga kiritilishi lozim. Mabodo
shaxs faoliyatining turli sohalarida o£zini namoyon etgan bo‘lsa,
u vaqtda uning haqidagi adabiyot uchun asosiy o‘rin ushbu shaxs
asosan bog‘liq bo‘lgan yoki u eng ko‘p mashhur bo‘lib kelgan faoli-
yat turi ko‘rsatilgan kichik bo‘limda beriladi. Masalan: Leonardo
de Vinchi to‘g‘risidagi adabiyot uchun asosiy o‘rin «85.143(3) chet
mamlakatlarning rassomlik san’ati» indeksi bo‘ladi.
Ba’zan kitoblarda shaxs faoliyatining ayrim tomoni yoritiladi.
Bu esa uning biografiyasi fakti sifatidagina qiziqish tug‘diradi.
Bunday xarakterdagi kitoblar mazkur shaxs to‘g‘risidagi adabiyot
yig‘ilgan asosiy bo‘lim indeksini oladi.
Hujjatlarni sistemalashtirish — hujjatning mazmuni va boshqa
belgilariga qarab kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi bo‘lim
va bo‘limchalari bo‘yicha taqsimlashdir. Sistemalashda hujjatlar
ga bir xil yondashishni ta’minlash va bir qarorga kelishda xilma-
xillikni soqit etish uchun sistemalashtirish maxsus ishlab chiqil-
gan qoidalar, nizomlar asosida o‘tkazilib u umumiy va xususiy
uslublarga bo‘linadi.
Sistemalashtirish uslublarining vazifasi iste’molchiga ax
borot-kutubxona muassasasi fondini maqsadga muvofiq bir xilda
ifodalanishini ta’minlash va ularni tokchalariga qo‘yib chiqish
sistemali katalog va kartotekalarga taqsimlashdan iborat.
Sistemalashning umumiy uslublari deb hujjatni hamma so-
halari bo‘yicha sistemalashtirish talab etiladigan qoida va usul-
larga aytiladi.
85
Xususiy
uslublar
bilimning
muayyan
sohasini
sistemalashtirishdagi talab va qoidalardir. Xususiy uslublar umu-
miy uslublar asosida tuziladi.
Umumiy uslublarni bilish hujjatlarning sistemalashtirish ja-
rayonini tartibga soladi va osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |