Axborot kutubxona katalogi va fondi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

Birinchi jarayon 
—  hujjatni  tahlil  qilish,  u  bilan  tanishib  chi-
qish  va  m azkur hujjatning  klassifikatsiya  belgilarini  ko‘rsatish  va 
baholashdan  iboratdir.  Hujjatni  tahlil  qilish bosqichi eng  muhim 
va  mas’uliyatli  bosqich  bo‘lib,  uni  tahlil  qilish  uchun  esa  asar 
bilan  batafsil  tanishib  chiqish  kerak.  Kitob  bilan  tanishishda 
titul  varag'idagi  m a’lumotlar  yaxshi  natija  beradi.  Garchi  bu 
m a’lumotlar  sistemalashtirish  uchun  yetarli  bolm asada,  ammo 
asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Tabiiyki  sistemalovchining  e’tibori 
kitobning  sarlavhasiga  qaratiladi.  Chunki  bir  xil  nashrlar  asosiy
86


sarlavhasining  o‘zi  ham  kitobning  asosiy  mazmunini  yoritib 
berishi  mumkin.
Masalan:  Yangi  tarix
Tabiatshunoslik 
Fizika kursi va shu  kabilar.
Sarlavhaga  taalluqli  m a’lumotlar  kitobning  mazmuni,  uning 
qanday  kitobxonlarga  mo‘ljallanganligi  haqida dastlabki  umumiy 
tasavvur hosil qilish  imkonini beradi.
Sarlavhalar goho bir qarashda kitob mazmunini ochib bermaydi. 
Masalan:  «Yechilgan  jumboq»  yoki  «Ertadan  kechgacha»  (Ta- 
biat  mo'jizalariga  bag‘ishlangan)  kitoblar  va  boshqalar.  Bunday 
sarlavhalar  asosan  kitobxonning  diqqatini  jalb  qilish  va  ular­
ni  qiziqtirish  maqsadida  qo‘yilgan.  So‘nggi  yillardagi  axborot 
m a’lumotlarini  tadqiq  qilish  shuni  ko‘rsatadiki,  ko‘pincha  ilmiy 
ahamiyatga  ega  bo'lgan  maqolalarning  sarlavhalari  mazmuni 
bilan  go‘yo  teskari  proporsional  bo‘lib  qolmoqda.  Shuningdek, 
ilmiy-ommabop  kitoblarning,  monografiyalarning  sarlavhalari 
ham   umumlashtirilganligi  uchun asarning  mazmunini tezda sar- 
lavhadan  aniqlab  olish  qiyin.
Kitob xarakteristikasini belgilashda kitobni chop etgan nashri- 
yotining  qaysi  sohaga  ixtisoslashganligining  ham  ahamiyati  bor. 
Masalan:  « 0 ‘qituvchi»  nashriyoti,  «Fan»,  G ‘ofur  G ‘ulom  nom i­
dagi badiiy adabiyot  va  san’at  nashriyotlari  ma’lum yo'nalishdagi 
adabiyotlarni  chop  etishga ixtisoslashtirilgan.
Kitobning  so‘zboshi  va  nashriyot  annotatsiyasi,  annotatsiya 
qilingan  katalog  kartochka  maketi,  kitobning  mavzusi  va  qanday 
kitobxonlarga  mo‘ljallanganligini  ochib beruvchi  axborotlar qim- 
matli ma’lumotlar hisoblanadi.  Kitobning mundarijasi, ba’zan esa 
kirish  qismi,  xotima,  ilova,  adabiyotlar  ro‘yxati  ham  kitobning 
mazmunini  yoritishda zarur manbalardan bo‘lib xizmat qiladi.
Kitobning mazmuni haqida aytib o‘tilgan ma’lumotlar dastlab­
ki umumiy tushunchani beradi.  Kutubxonachi bularni hammasini 
tahlil  qilish  asosidagina  uzil-kesil  xulosaga  keladi.  Sistemalovchi 
nashrning  mazmuni  bilan  tanishish,  predmetni  asosiy  mavzusi- 
ni,  asosiy  sohasini,  tatbiq  qilish  sohasini,  vazifasi  va  kitobxonlar 
uchun  maqsadi  va  g‘oyaviy  yo‘nalishini  aniqlab  beradi.  Shunday
87


qilib,  hujjatni  tahlil  qilish  natijasi  o'laroq  erkin  usulda  dastlabki 
klassifikatsiya xulosalari  shakllandi.
Vazifa 
— erkin  og‘zaki  usulda  dastlabki  klassifikatsiya  xulosa- 
sini  ifodalash.
Bosqichlari:
a)  hujjat bilan bevosita tanishmoq;
b)  klassifikatsiya belgilarini  aniqlash;
d)  klassifikatsiya  belgilarini  baholash,  yetakchi  belgilarni 
ajratish;
e)  dastlabki klassifikatsiya  qarorini  ta’riflash.
Sistemalovchi  bibliografik  tavsiflar  bilan  emas,  balki  bevosita
hujjat bilan ishlaydi.  Ba’zan ko‘rsatilgan  yordamchi  qo‘llanma  va 
qoidalar bilan birga,  hujjat o‘rnida chet  tilida yozilgan  referatdan 
foydalanish  mumkin.
Hujjat  bilan  tanishish,  ya’ni  hujjatlarning  ma’lum  turlari  xu- 
susiyatlarini hisobga olishda maxsus dastur bo‘yicha olib borilishi 
foydalidir.  Shunday  qilinmasa  hujjatning  ba’zi  zarur xususiyatla- 
rini tasodifan tushirib qoldirish mumkin.  Sistemalovchi kitobning 
qayta  nashr  etilgan  yoki  etilmaganligi  to‘g‘risidagi  ma’lumotga 
e’tibor beradi.
Ro‘yxatga  kiritilgan  manbalar  va  adabiyot  sistemalovchiga 
kitobni  kiritish  lozim  bo‘lgan  bilim  tarmog‘i  haqidagi  qarorlari- 
ning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini  tekshirish imkonini beradi.  Bunda 
kitobda berilgan klassifikatsiya indekslarini e’tibor bilan tekshirib 
chiqadi. Agar ular mazkur axborot-kutubxona muassasasida qabul 
qilingan jadvallar  bo‘yicha  qo'yib  chiqilgan  boisa,  sistemalovchi 
ulardan klassifikatsiya qarorini  qabul qilish jarayonida foydalani- 
shi  mumkin.
Boshqa  klassifikatsiya jadvali  bo‘yicha  ko‘rsatilgan  indeksdan, 
kerakli axborot va ma’lumotlarni olishda qo‘shimcha manba sifa- 
tida  foydalaniladi.  Tahlil  qilish  jarayonida  klassifikatsiya  jadval- 
laridan,  axborot  fondidan,  alfavit  va  sistemali  kataloglardan  foy- 
dalanadi.  Zarur bo‘lganda  sistemalovchi  maslahatchiga  murojaat 
qilishi  mumkin.
Sistemalovchi  nashrning  mazmuni  bilan  tanishib  chiqqach 
quyidagilarni  aniqlab  beradi:  predmetning  asosiy  mavzusini,
88


predmetni o‘rganish nuqtayi nazarini,  bilim sohasini, predmetdan 
foydalanish  va  tatbiq  qilish  sohasini,  vazifasi  hamda  kitobxonlar 
uchun  maqsadi,  hujjatning g‘oyaviy yo‘nalishini  ko‘rsatib beradi.
Sistemalovchi aniqlagan klassifikatsiya belgilarini uning ahami- 
yatiga qarab bir sistemaga soladi.  Birinchi o‘ringa hujjatning maz­
munini ifodalab beruvchi  asosiy belgini qo‘yadi.  Jarayon quyidagi 
dastlabki  klassifikatsiya  qarori  erkin,  og'zaki  shaklda  ifodalanadi. 
Hujjatlarni sistemalashtirish mutaxassislarni amaliy malakaga ega 
bo‘lishlarini talab etadi.  Dastlab hajmi katta va mavzusi murakkab 
kitoblar bilan tanishish  ko‘p  vaqt sarflashni talab  qiladi.
Xilma-xil  mavzudagi  kitoblarning  mazmuni  bilan  doimiy 
ravishda  tanishib  borgan  sistemalovchi  mutaxassislar  m a’lumot 
nashrlardan,  entsiklopediyalardan,  lug‘atlardan  keng  foydalani- 
shi  zarur.  Shu  sababli  sistemalovchilar  yetarlicha  keng  ilmiy, 
ma’naviy  saviyaga  ega  bo‘lishi,  vaqtli  matbuotda  yoritilib  turadi­
gan yangi ilmiy m a’lumotlar bilan qiziqishi,  ijtimoiy hayot,  fan va 
texnika,  adabiyot  hamda  san’at  sohasidagi  so‘nggi  yangiliklardan 
xabardor bo‘lib borishi lozim.  Hujjatlar har tomonlama va batafsil 
tahlil qilinganidan keyingina sistemalashning ikkinchi jarayoniga 
o‘tishi  mumkin.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish