Avzu: Ta’limda o‘quvchilarning



Download 269,22 Kb.
bet1/5
Sana09.02.2022
Hajmi269,22 Kb.
#438155
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Ta’limda o‘quvchilarning individual psixologik xususiyatl


2.2.1 mavzu:Ta’limda o‘quvchilarning
individual-psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlari.
Reja
1.O‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari.
2.Turli yosh davrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
3.O‘quvchi shaxsining samarali shakllanishi psixologik shart-sharoitlari
4.O‘quvchilarning kognitiv jarayonlari va ularni rivojlantirish.
5.O‘quv faoliyatning turlari va ukish motivlari .
6.Ta’lim motivatsiyasi malaka ko‘nikma kompetensiyalarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omil.


Tayanch tushunchalar: yosh davrlari, ѐsh inqirozlari, shaxs, geteraxronik rivojlanish, ѐshga oid psixologik xusuiyatlar, yetakchi faoliyat. Ta’lim, urganish, bilishni boshqarish, motivlar, bilim, kunikma, tushuncha, ijodiy tafakkur, bilish soxasi va boskichlari, individual –psixologik xususiyatlar


1.O‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari.

Maktabga borish bolalarning xaѐtida juda katta voqeadir. Maktab haѐti


bolalarga yangi bir dunѐni ochib beradi. Maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Endi bolalarning asosiy faoliyatlari, asosiy vazifasi va ijtimoiy burchi o‘qish bo‘lib qoladi.
6-7 ѐshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ulardan yangi sifat, yangi
xususiyatlarga ega bo‘lishlarini talab etadi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustaqillik, ishchanlik va batartiblik xislatlari bo‘lishi kerak. Bog‘chadan maktabga o‘tishlari natijasida kattalar bilan bo‘lgan munosabatlarida ham birmuncha o‘zgarish yuz beradi. Bolalarning maktabga o‘tishlari, ularning yaslidan bog‘chaga o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, bola maktabga o‘tishi bilan uning ijtimoiy holatida ham o‘zgarish ro‘y beradi. Chunonchi maktab ѐshiga yaqinlashgan bolalar bog‘chada “katta” deb hisoblanar edilar. Maktabga o‘tgach, ular yana “yeng kichkinalar” qatoriga tushib qoladilar.
Bolalarning maktabga o‘tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi haѐtga har tomonlama tayѐrlash kerak.
Bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan biri bolalarga har tomonlama tarbiya berish, ularniig taraqqiѐt darajalarini maktabda o‘qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu esa o‘z navbatida maktabdagi o‘qitish ishlari bilan bog‘chadagi ta’lim-tarbiya ishlari o‘ptasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab qiladi.
Bog‘chada bolalarning jismoniy jihatdan o‘sishlariga qanchalik e’tibor berilsa, ularning aqliy va ahloqiy o‘sishlariga ham shunchalik e’tibor beriladi. Ularning maktabga chiqishlari doimo nazarda tutilib, o‘tkaziladigan turli didaktik mashg‘ulotlarda bolalarning idroklari, tasavvur va xotiralari, xaѐl xamda tafakkurlari, irodalari sistemali tarzda taraqqiy ettirib boriladi.
Bolalarni maktabdagi o‘qish jaraѐniga tayѐrlashda ularning nutqini o‘stirish juda zarur shartlardan biridir. Shuning uchun katta guruh bolalarini maktabdagi o‘qishga tayѐrlashda o‘z ona tillarini yaxshi o‘pganishlariga, ya’ni so‘z boyligini orttirishga, to‘g‘ri talaffuz va to‘la hamda to‘g‘ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak. Bolalarning tashqi olam haqida tasavvurlarini kengaytirish, boyitish ishlari ular nutkini o‘stirish asosida olib borilishi kerak.
Shu narsa diqqatga sazovorki, hamma bog‘chalardagi maktab ѐshiga to‘lgan bolalar maktabdagi o‘qishga bab-baravar tayѐr bo‘lavermaydilar. Ayrim bolalar maktabga kelgach, yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydilar. Ularda o‘qish uchun qandaydir bir xususiyat yetishmaѐtgandek ko‘pinadi. Bu o‘pinda shunday bir savol tugiladi. Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktabdagi o‘qishga tayѐr deb hisoblash mumkin. Ayrim psixologlarning fikricha, bola maktabda o‘qishi uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvurlarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘cran bo‘lishi lozim. Biroq u haѐtda shynday voqealar uchraydiki, anchagina
tasavvur boyligiga ega bo‘lgan va hattoki ѐzish hamda o‘qishni biladigan bolalar ham maktabdagi o‘qishga tayѐr bo‘lmaydilar. Ular maktab va o‘qituvchining talablarini bajara olmaydilar. Aksincha, ayrim bolalar yetarli tasavvur boyligiga ega bo‘lmasalar ham, maktabda o‘qib keta oladilar. Lekin, bundan maktabdagi o‘qish jaraѐni uchun ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘sgan bo‘lish, maktabda dastlab o‘qib ketish uchun eng zarur shartlardan biridir. Lekin bu bolaning o‘qishga tayѐr ekanligini aniqlashdagi xal kiluvchi omil emas, chunki bu yerda ѐsh masalasi ham bor. Boshqa bir olimlar, bolaning o‘qishga tayѐr ekanini aniqlashdagi asosiy narsa iroda sifatlarining yetilganligidir, deydilar. Bu fikr bir ѐqlamalikka yo‘l qo‘yishdan boshqa narsa emas.
Yetti ѐshga to‘lish davri go‘daklikning tugashi davriga to‘g‘ri keladi. Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun bolalarning yetti ѐshga to‘lgan davridan boshlab tizimli suratda o‘qitishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. K.D.Ushinskiyning fikricha bolaning maktabdagi o‘qish faoliyatiga tayѐrligi ayrim psixik jaraѐnlarning taraqqiѐt darajasi bilan emas balki bola shaxsining umumiy taraqqiѐt darajasi bilan aniqlanadi.
O‘smirlik davri insonni bolalikdan - ѐshlikka o‘tuvchi va o‘z navbatida boshqa davrlardan o‘zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi davrdir. Bu davr taxminan bolalarning 5-8-sinflarda o‘qish paytlariga to‘g‘ri keladi va 11-12 ѐshdan 14-15 ѐshgacha bo‘lgan davr oralig‘ida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1-2 yil ertaroq ѐki kechroq kuzatilishi ham mumkin.
O‘smirlik davri ayrim maxsus psixologik adabiѐtlarda “o‘tish davri”, “og‘ir davr”, “inqiroz davri” kabi nomlar bilan ham ataladi. Bu davrning “og‘irligi”, “keskinligi”, “murakkabligi” nimalar bilan asoslanadi?
O‘smirlik davrining og‘ir, murakkab davr ekanligi ko‘plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham o‘zgaradi. Bu davrda o‘smir haѐtida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qarama- qarshi bo‘lgan turli xil an’analar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi “bola” emas va shu bilan birga hali “katta” ham emas. Uning o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan bo‘lgan munosabatlari butunlay boshqacha xarakter kashf etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo‘nalganligi qaytadan shakllanadi, o‘z-o‘zini anglashi, baholashi, qadriyatlari o‘zgaradi. Uning uchun o‘z “men”i va shu “men”ning ahamiyati ortadi.
O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar shundan iboratki, bola rivojlanishining ayni shu davrida biologik, fiziologik yetukligi borasida tub o‘zgarishlar amalga oshadi. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetish jaraѐnining yangi bosqichi boshlanadi.
Jinsiy balog‘atga yetish va jismoniy rivojlanishdagi o‘sish o‘smir ruhiyatida yangi psixologik tuzilishlarning yuzaga kelishida muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, bu o‘smir uchun juda sezilarli bo‘lgan o‘zgarishlar bo‘lib, ular o‘smirning katta bo‘lganini his qilishining yuzaga kelishining ob’ektiv manbasi bo‘lib xizmat qiladi (uning asosida o‘smir o‘zining kattalarga o‘xshashligini his qiladi). Ikkinchidan, jinsiy balog‘atga yetish boshqa jins vakiliga qiziqishni rivojlantiradi, yangi kechinma, hissiѐt, tuyg‘ularni yuzaga keltiradi. O‘smirning ichki bandligi va yangi taassurotlar, kechinmalarga munosabati darajasi ularning o‘smir haѐtidagi o‘rni keng ijtimoiy sharoitlar bilan, o‘smir haѐtining konkret individual sharoitlari, uning tarbiyasi va muloqoti xususiyatlari bilan belgilanadi.
O‘smirlik davrining xarakterli xususiyatlaridan yana biri - bu davrda o‘smirlarda kuzatiladigan o‘smirlik avtonomiyasi holatidir. O‘smirlik avtonomiyasining huquqiy avtonomiya, emotsional avtonomiya, makoniy avtonomiya kabi turlari farqlanadi.
Ma’lumki, bola dunѐga kelgan kundan boshlab kimningdir qaramog‘iga muhtoj bo‘ladi. Ota-onasi va boshqa yaqinlari uni oziqlantiradi, kiyintiradi, tarbiyalaydi va bolani muntazam nazorat ostadi tutadi. Ular bolani har tomonlama qo‘llab-quvvatlab turadilar va bola bunday qo‘llab- quvvatlash, daldalarga muhtojlik his etib turadi.
O‘smirlik davrida esa bola o‘z haѐtini, xavfsizligini ta’minlash borasida nisbatan mustaqillikka erishadi. Endi u o‘zini o‘zi himoya qila olishi, lozim bo‘lsa o‘zi o‘z imkoniyatlari darajasida mehnat qilib, yetarli darajada daromad qilishi, o‘z ehtiѐjlarini mustaqil ravishda o‘zi qondira olishi mumkin bo‘ladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan huquqiy avtonomiya ayni vaqtda bola o‘smirlik ѐshiga yetishi bilan unga qator huquqiy imkoniyatlar berilishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda bola yuridik shaxs hisoblanib, ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi. Mabodo bu davrda o‘smir ota-onasi ajralib ketgudek bo‘lsa, bu holatda o‘smirning qaerda va kim bilan qolishi bola xohishiga qarab hal etiladi. Shuningdek bola bu davrda o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda rasmiy ravishda jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishi ham mumkin. Lozim bo‘lsa ulardan o‘z xatti-harakati, qiliqlari uchun javob berishi ham talab qilinadi. Shu kabi huquqiy imkoniyatlarga ega bo‘lish va bundan o‘smirning xabardorligi uning huquqiy avtonomiyasining yuzaga kelishini ta’minlaydi.
Bunday avtonomiyaga ega bo‘lish o‘smirda o‘z xatti-harakati uchun javobgarlik, mas’uliyatlilik hissini yuzaga keltiradi.
O‘smirlik avtonomiyalaridan yana biri-emotsional avtonomiyadir. Ma’lumki bola dunѐga kelgan ondan boshlab u onasi va atrofidagilarning emotsional, hissiy qo‘llab-quvvatlashiga, mehr-muhabbatini namoѐn qilishiga, erkalashiga ehtiѐj his qiladi. Shuning uchun ham ilk bolalik ѐshidagi, maktabgacha va kichik maktab ѐshidagi bolalarni suyub, erkalab ularni quchib, boshini silab, ѐqimli gaplar va muomala bilan ularga hissiy yaqinlik namoѐn qilinsa, ular bundan quvonib, xursand bo‘ladilar va erkalaѐtgan shaxsga nisbatan talpinadilar. Buni ѐsh bolalarning onasiga suykalishi, ularning pinjiga suqilishi, ularga erkalanishi hollarida kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, bolalar o‘z tengdoshlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarida nizo-tortishuvlarga duch kelganida va ayniqsa tengdoshlaridan “jabrlanganda”, “yengila boshlaganidan”, ota-onasidan va atrofidagi yaqinlaridan emotsional dalda, hissiy ko‘llab-quvvatlash kutadi va bu borada ularga murojaat qiladi. Agar o‘z vaqtida shu hissiy daldani ola olsa, o‘zini erkin, tetik, g‘olib his qiladi va ular bilan quvonib yuradi. O‘zining kichkinagina haѐtida duch kelgan “muammolari”ni hal qilishda kattalar ѐrdamiga muhtojlikni his qiladi, ulardan muntazam foydalanishga intiladi.
O‘smirlik davrida esa aksincha, o‘smir endi “ѐsh bola” emas, endi u “katta
odam” katta odam esa mustaqil bo‘lishi, o‘z muammolarini o‘zi hal qilishi kerak. Bu davrda kattalar ѐrdamiga murojaat qilish tengdoshlar tomonidan qoralanadi. Va buni o‘smirning o‘zi ham xohlamaydi. Bu davrda o‘smirlarga kattalar tomonidan oldingidek ko‘rsatiladigan iltifot, erkalashlar erish tuyuladi. Endi ular o‘zlarini erkalab, silab siypashlarini, “arzimagan narsalar” uchun kattalar tomonidan bildiriladigan olqishlarni “ѐqtirmaydi”. Endi ular atrofdagilarni hissiy qo‘llab-quvvatlashlaridan holiroq bo‘lishga, o‘z muammolarini o‘zlari shaxsan hal qilishga intiladilar. Oldinlari ko‘chada, bog‘chada, maktabda yuz bergan voqealar haqida uyidagilarga shikoyat qilib ota-onasidan ѐrdam so‘ragan bo‘lsalar, endi oiladan tashqarida birontasidan dakki eshitib, kaltak yeb kelgan taqdirda ham bu haqda ota- onasiga bildirmaslikka harakat qiladi va imkon qadar ota-onalarini uning “ishlariga” aralashmasliklarini xohlaydi. Bularning barchasi o‘smirlarda bevosita kuzatiladigan emotsional avtonomiyaning ta’siridir.
O‘smirlarda kuzatiladigan avtonomiya holatining yana biri makoniy
avtonomiyadir. Bunga ko‘ra o‘smirlar imkon qadar o‘z xonasida ѐlg‘iz qolishga, biron bir ishni bajaraѐtgan ѐki biron bir joyda bo‘lgan vaqtlarida imkon qadar ѐlg‘iz bo‘lishga ayniqsa o‘z ota-onasi, oila a’zolari nazaridan chetroqda bo‘lishga, o‘z o‘y haѐllari bilan mashg‘ul bo‘lib vaqt o‘tkazishga intilib qoladi.
Suhbatlashsa ham asosan o‘z tengdoshlari, yaqin o‘rtoqlari bilangina muloqotda bo‘lib o‘z ota-onasi bilan imkon qadar kamroq muloqotda bo‘lishga intilib o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi. Ayni vaqtda o‘smirda kuzatilaѐtgan bu hodisalarning asl sababini tushunmagan ayrim ota-onalar ularning bunday holatidan xavotirlanib, ular bilan oldingiga qaraganda qo‘proq qiziqib qoladilar. Boshqacha qilib aytganda ularning avtonomiyasiga “bostirib kiradilar”. Buni esa o‘smirlar ѐqtirmaydi. Bunday holatlar o‘smirlar va ularning ota-onalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarida kelishmovchiliklar, nizolarning yuzaga kelishiga asos bo‘lishi mumkin.
Yuqorida qisman to‘xtalib o‘tganimizdek o‘smir ruhiyatida kuzatiladigan
xarakterli xususiyatlardan biri ularning o‘ta ta’sirlanuvchan, jizzaki, qo‘rs, sal narsaga xafa bo‘lishi uning hissiy noturg‘unligi ifodasidir. Bunday holatlarning yuzaga kelish sabablaridan biri bevosita jinsiy balog‘atga yetish, ichki sekresiya bezlari, ayniqsa jinsiy bezlar vazifalarining faollashuvi va shular bilan bog‘liq holda o‘smir organizmida ro‘y beradigan psixofiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir.
Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning “men”i qaytadan shakllana
boradi. Uning atrofidagilarga ayniqsa o‘z o‘ziga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi. Uning o‘z shaxsiga bo‘lgan e’tibori kuchayadi. O‘smirlik davrida shaxs egotsentrizmi boshqa davrdagilarga qaraganda eng yuqori darajaga yetadi. Bu davrda o‘smir o‘z shaxsiyatini boshqalardan ustun qo‘yadigan, o‘ziga ko‘proq bino qo‘yadigan bo‘lib qoladi. Shu davrda o‘g‘il bolalarda ham, qiz bolalarda ham shunchaki kattalarga taqlid qilib emas, balki tom ma’noda o‘zining hatti-harakatini nazorat qilish, o‘zining yurish-turishi, kiyinishi, tashqi ko‘rinishiga astoydil e’tibor berish, pardoz-andoz bilan shug‘ullanish kabi holatlar kuzatiladi.
O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan uziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiѐti juda tezlashadi, haѐtdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunѐsi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy haѐtga taalluqli chigal masalalarning paydo bulishi bilan ham xarakterlanadi.
Bular ta’sirida o‘smirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan muomalasi, jamiyatda sodir bo‘laѐtgan voqkealarga munosabati tez o‘zgarib boradi. Ba’zan ijtimoiy masalalar to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvur va yanglish fikrlar hosil bo‘lishi tufayli u muayyan tartib-qoidalarga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi.
O‘smirda psixik jaraѐnlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida
ham burilishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jaraѐnida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bular avvalo ta’lim jaraѐnida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni baѐn qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.
Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol, serzarda bo‘lib qoladi. O‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar tajribasiz o‘qituvchi va ota-onasini qattiq tashvishga soladi.
Xo‘sh, o‘smirlarning psixik o‘tishini xarakatga keltiruvchi kuch nima? O‘smirning psixik o‘sishini xarakatga keltiruvchi kuch - uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiѐjlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoѐn bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni psixologik kamolotni tahminlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yo‘qotish mumkin.
O‘smirda ruy beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik dunѐsida tub burilish nuqtasi vujudga keladi.
O‘smir o‘zining qobiliyati va kuchini to‘g‘ri baholamay turib, murakkab haѐtiy masalalarni hal qilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki bo‘lganligi sababli kundalik haѐtida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan ko‘ra kattalar bilan bahslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni ѐqtirmaydi, har bir tanqid go‘ѐki uni mensimaslik belgisi, atayin qilinaѐtgan ish bo‘lib ko‘rinadi. Buning natijasida o‘smirning psixik faoliyatida salbiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. U mustaqil, o‘zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga ehtibor bermaydi. Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga qo‘shilganligini namoyish qilish uchun turli xil odatlarga o‘rgana boshlaydilar. Ota-onalar va pedagoglar o‘smirlar bilan alohida ishlab, ularning ko‘nglini topishi va xatti –harakatlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘lga solishlari lozim.
O‘smirlik ѐshi dunѐqarash, e’tiqod, o‘zligini anglash, baholash kabilar shakllanadigan davr hisoblanadi. O‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai nazari asosida tashkil qila boshlaydi.
Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligini qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydi. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunѐqarash tarkib topadi, shular zamirida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi.
O‘smir o‘g‘il-qizlar shaxsining kamol topishida o‘zini anglash araѐnida
o‘ziga baho berish mayli va istagi o‘zini boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o‘ziga bino qo‘yish ehtiѐji paydo bo‘ladi. Bular esa o‘smirning psixik dunѐsiga aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatning shakllanishiga ta’sir qiladi.
O‘smirlik ѐshida psixologik jihatdan eng muxim xislat - voyaga yetish ѐki kattalik hissining paydo bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, ko‘ngil olish jaraѐnida, xulq-atvorning tashqi shakllarida o‘z ifodasini topadi. O‘smir o‘z kuchi va quvvati, chidamliligi ortaѐtganini, bilim saviyasi kengayaѐtganini anglay boshlaydi.
O‘smirlik davri xususiyatlarini talqin kilgan P.I.Leventuev, D.B.Yelkonin, T.V.Dragunovning ta’kidlashicha, o‘g‘il va qizlarning bu ѐshda o‘rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining xaѐtiga qiziqishi erkin namoѐn bo‘ladi.
O‘quv fanlarning ko‘payishi, axborotlar. ma’lumotlar tarmog‘ining kengayishi ularning fikr yuritishini shakllantiradi.
O‘smir o‘quvchilar o‘rganaѐtgan fan asoslari ularning mavxum tafakkurini o‘stirishga qaratiladi. Ularning aqliy faoliyati xususiyatlaridan biri - mavxum tafakkurining rivojlanishidir. Maktab ta’limi va mustaqil bilim olish faoliyati ta’siri ostida o‘smirda analitik- sintetik faoliyat jadal sur’at bilan rivojlana boshlaydi.
O‘smirning eng muhim xususiyatlardan yana biri mustaqil fikrlash, aqlning tanqidiyligi tez rivojlanishidir. Bu esa o‘smirning aqliy faoliyatida yangi davr boshlanganini birdiradi. Aqlning tanqidiyligi ayrim xollarda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida “anglashilmovchilik g‘ovi”ni vujudga keltiradi. Aqlning tanqidiyligi o‘smirning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, o‘zgalar mulohazasidan, darslikdan xato va kamchiliklar topishga, o‘z gapida turib, ayrim fikrlarga kat’iy e’tiroz bildirishga urinib va baxslashishiga moyil bo‘ladilar. Tafakkurning mustaqilligi inson uchun katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi dars jaraѐnida va darslardan tashqari vaqtlarda, har qanday og‘ir shart-sharoitlarda ham turli usullar bilan bu xislatni qo‘llab kuvvatlashi, uning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishi kerak.
“Endi u bola emas–u, hali katta ham emas”-bu formula o‘smirlik davri xarakterini bildiradi. Bu ѐshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik, hamda psixologik o‘zgarishlardir.
Kattalarga nisbatan agresiv munosabatning paydo bo‘lishi, negativizm singari nohush xulq–atvor alomatlari o‘z–o‘zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetilish tufayli paydo bo‘ladigan belgilar bo‘lmay, balki ular bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan o‘smir yashaydigan ijtimoiy shart–sharoitlar vositasi orqali: uning tengdoshlari, turli jamoalardagi mavqei tufayli, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi o‘rni munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish yo‘li bilan o‘smirlarning hulq–atvoriga to‘g‘ridan–to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish mumkin. O‘smirlar nihoyatda taqlidchan bo‘lib, ularda hali aniq bir fikr, dunѐ qarash shakllanmagan bo‘ladi. Ular tashqi ta’sirlarga va hissiѐtlarga juda beriluvchan bo‘ladilar. Shuningdek ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik o‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat xollarda asoslanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham ular ota–onalarning, atrofdagi kattalarning shuningdek, ustozlarning to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishlariga qaramay o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat qiladilar.
O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat–bu o‘qish, muloqat hamda mehnat faoliyatidir. O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir. O‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysinadi.
O‘smirlarning ota–onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti asosan ularning katta bo‘lganlik hissi asosida tuzilgan bo‘ladi. Ular kattalar tomonidan qilinadigan haq–huquqlarini cheklashlariga, qarshilik va e’tirozlariga qattiq qayg‘uradilar. Lekin shunga qaramasdan u muloqotda kattalarning qo‘llab–quvvatlashlariga ehtiѐj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o‘smirga kattalarni yaxshiroq tushinishlari uchun ѐrdam beradi. O‘smir o‘zida bo‘laѐtgan o‘zgarishlar, uni tashvishga solaѐtgan muamolar xaqida kattalar bilan bo‘lishishga katta ehtiѐj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi bo‘lib o‘zi boshlamaydi. O‘smir o‘ziga nisbatan ѐsh bolalardek qilinadigan muomala – munosabatiga qattiq norozilik bildiradi. O‘smirlar muloqoti nihoyasida o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. O‘smirlik davriga kimningdir hatti –harakatini imitatsiya qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va ѐqadigan kattalarning hatti–harakatlarini imitatsiya taqlidchanlik qiladilar.
Qayd etib o‘tilgan yo‘nalganlik albatta kattalarning ham muloqot va munosabatda mavjud, lekin ular kattalarnikidan o‘z emotsionalligi bilan farqlanadi. Tengdoshlari, shuningdek sinfdoshlari guruhida o‘smir o‘zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoѐn bo‘ladi. O‘smir o‘z guruhiga bog‘liq va qaram bo‘lgani holda shu guruhning umumiy fikriga qo‘shilishga va uning qarorini doimo bajarishga tayѐr bo‘ladi. Guruh ko‘pincha o‘smirda “Biz” hissining shakllanishiga ѐrdam beradi va uning ichki holatini mustaxkamlaydi. O‘smir ѐshdagi bola uchun do‘st tanlash juda katta axamiyatga
ega. O‘smirlik davrida do‘st juda qadrli hisoblanadi. Do‘stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo‘lishga ehtiѐj sezadilar. Bu ehtiѐj o‘smir do‘stlarning so‘rashishi va ko‘rishishlarida (qo‘l berib, quchoqlab ko‘rishish) birga o‘tirish va birga yurishga xarakat qilishlarida ko‘rinadi. Ko‘pgina ana shunday juda yaqin munosabatlar, o‘smirlarning shaxs bo‘lib shakllanishdagi, birgalikdagi harakatlarini izi inson qalbida va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
O‘smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta ehtiѐj sezadilar. Kattalarning o‘smir ѐshdagilar uchun ta’sir ko‘rsatish, tarbiya berish uchun eng qulay sharoit–bu umumiy mehnat bilan shug‘ullanishidir. Agar kichik ѐshdagi bolalar ѐrdamchi bo‘lish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsataѐtganlaridan, lozim bo‘lganda ularning o‘rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga xarakat qiladilar. Ular o‘zlarining laѐqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilarga ko‘rsatishga intiladilar. Bu xolatni oddiy kuzatish yo‘li bilan xam osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik ѐshiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolatga erishish yo‘llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar haѐtida hali o‘z o‘rnini topa olmagan xolatda bo‘ladi. O‘smirlik davri “O‘tish davri”, “Krizis davr”, “Qiyin davr” kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi.
O‘smirlik davrida bolalarning atrofdagi odamlar bilan shaxsiy va ish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlaridagi mavqei o‘zgaradi. Endi o‘smirlar o‘yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jaraѐnlari jadal rivojlana boshlaydi. O‘qish o‘smirlar haѐtida katta o‘rinni egallaydi. O‘smirlar o‘qishidagi asosiy motiv bu ularning kattaliklarini his ettiradigan, anglatadigan o‘qish turlariga tayѐrlanishlaridir.Ular uchun mashg‘ulotlarning asosan mustaqillik beriladigan shakllari ѐqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o‘smirlarning fanlarni muvafaqqiyatli o‘zlashtirishlari qiziqishlarining orttirishlari o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. Bilim o‘rganish ehtiѐjlari asosida asta-sekinlik bilan umuman o‘quv fanlari nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar asosan o‘smirning haѐtiy rejalari kelajak kasbi va ideali bilan bog‘liq bo‘ladi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab bolalar haѐtiy ilmiy, badiiy bilimlarni
kengaytirishga alohida ehtiѐj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo‘ladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch bag‘ishlaydi va uning tafakkur qilish laѐqatini rivojlantiradi. O‘smirlarning o‘quv materiallarini faqat mexanik xotiraga asoslanishlari xalaqit berishlari mumkin. Bu davrda o‘quvchilarga beriladigan o‘quv materialining xajmi katta bo‘lgani uchun ham uni eslab qolishi ѐki bir necha marta takrorlash yo‘li bilan o‘zlashtirish qiyin. Buning uchun albatta o‘quvchi o‘quv materialini mazmunini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim. Bu davrda bolalarning idrok, diqqat va tasavvurlari o‘zgaradi, lekin bu o‘zgarish bolaning o‘ziga va atrofdagilarga sezilmagan xolda kechadi. Shu bilan birga bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, tafakkur jaraѐnlari ham jadal rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar atrofdagilarga sezilarli darajada bo‘ladi. O‘smirlik davrda bolani anglash va o‘z–o‘zini anglash darajasi ko‘tariladi va unda o‘zi, boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi. O‘yin faoliyati asta–sekin kamayib, yangi faoliyatlar yuzaga kela boshlaydi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. O‘smirlik davrida o‘z faoliyatini nazorat etish rivojlana boshlaydi va o‘zini–o‘zi boshqarishga intilishi kuchayadi. Bir so‘z bilan aytganda o‘smirlik davri psixik rivojlanishda keskin burilish davri hisoblanadi.
O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiy va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til ѐrdamida atrof – borliqni aks etirilishi bilan bir qatorda inson dunѐ qarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab inson aynan nutq bilish jaraѐnlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. O‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidalari – “Qanday qilib to‘g‘ri ѐzish kerak?”, “Qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?” kabi savollar juda qiziqtiradi. O‘smirlar maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota–onalar nutqidagi kamchiliklariga juda tez e’tibor beradilar, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatoliklariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nutqini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida mavjud xatoliklarni bir muncha barham toptirishlariga olib keladi.
O‘smir so‘zlarining kelib chiqish tarixiga, ularni aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida ѐsh bola singari emas, balki zamonaviy katta odamlar singari so‘zlarni tanlashga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir uchun o‘qituvchi albatta namuna bo‘lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o‘smir bilish jaraѐnlarini rivojlanish
yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy kuchli omil bo‘lib xizmat qiladi. Bilish jaraѐnlarining rivojlanishida nutq ham og‘zaki, ham ѐzma mavjud bo‘lishi bilan ham kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv jaraѐnlarining to‘g‘ri tashkil etilish va amalga oshirilish bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirilishiga ehtiѐj va intilish hisoblanadi.
O‘smirlik davrda o‘qish va ѐzma monologik nutq ham jadal
rivojlanadi. 5–sinfdan boshlab to 9–sinfgacha o‘qish to‘g‘ri, tez va ifodali bo‘lish darajasidan, ѐddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko‘tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayѐrlash, og‘zaki muloxaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. Yozma nutq ham yaxshilangan holda o‘smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo‘yicha mustaqil holda insho ѐza oladilar. O‘smirlarning nutqi to‘la tafakkur bilan bog‘liq holatida amalga oshiriladi. 5–6 –sinflardagi o‘quvchilar og‘zaki va ѐzma matn uchun rejasini tuza oladilar va rejaga amal qila oladalar.
O‘smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o‘quvchilar atrof olamdagi bog‘lanishlar mazmunini maksimal darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o‘smirning bilishga bo‘lgan qiziqishda yuksalish sodir bo‘ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi tufakkurning rivojlanishiga olib keladi. Buning hisobiga isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyat paydo bo‘ladi. Maktabda o‘qitiladigan fanlar o‘smir uchun o‘z taxminlarini yuzaga keltirish ѐki tekshirish uchun sharoit bo‘lib xizmat qiladi. J.Piajening ta’kidlashicha, “Ijtimoiy haѐt uch narsaning ta’siri – til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi”. Bu borada o‘zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z –o‘zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
11–12 ѐshdan boshlab o‘smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. O‘smir bu ѐshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni o‘rgana boshlaydi. O‘smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez ko‘tarila olishi o‘quv materiallarni shunchalik tez, chuqur egallash va uning intellektini ham rivojlanishini belgilab beradi. O‘smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik asosan nihoyatda qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga o‘z laѐqatlarini namoyish etish, shuningdek ulardan yuqori baho olish ehtiѐjining mavjudligi bilan belgilanadi. O‘smirning kattalarga beradigan savollari ko‘pgina mazmunli, chuqur o‘ylangan va aynan o‘sha masala yuzasidan bo‘ladi. Bu ѐshdagi bolalar
turli gipotezalar tuza oladilar, taxminiy fikr yurita oladilar, tadqiq o‘tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bo‘yicha alternativlarni taqqosla oladilar. O‘smir tafakkuri ko‘pincha umumlashtirishga moyil bo‘ladi. O‘smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini o‘quvchilar o‘z–o‘zini boshqarishni yo‘lga qo‘yish shuningdek, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok ettirish orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada o‘quvchi ijrochi rolida emas balki boshqaruvchi, mustaqil yo‘l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlariga o‘zi kirituvchi bo‘lgan taqdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu ѐshda tadbirkorlikni rivojlantirishda ko‘proq mustaqillikni berilishi o‘smir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘smir ѐshdagi bolalarda tejamkorlikni rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, buni ko‘proq ularni qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob–kitob qilib borishga yo‘llash orqali amalga oshirish mumkin. O‘smirlarda yuzaga kelgan muammolarni tez va operativ holda yechish malakasini shakllantirish birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning temperamentiga ham bog‘liq. Barcha o‘smirlarni ham tez harakat qilishga o‘rgatish mushkul, lekin ularni muammo yuzaga kelishi bilan orqaga tashlamay tez yechishning umumiy qoidalarga o‘rgatib borish mumkin.
O‘smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi
qimmatli va obro‘li hisoblanadi. O‘smir shaxsida va uning bilishga qiziqishidagi o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Ixtiѐriy psixik jaraѐnlarning rivojlanishi o‘smirdagi shakllanib kelaѐtgan shaxs mustaqilligiga tayanadi, o‘zining shaxsiy xususiyatlarini anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkurning rivojlanishi bilan belgilanadi.
O‘smirlik davrida diqqat, xotira tasavvur to‘la mustaqillik kasb etib, endi o‘smir ularni o‘z ifodasiga ko‘ra boshqara oladigan bo‘ladi. Bu davrda qaysi yetakchi funksiya (diqqatmi, xotirami ѐki tasavvur) ustunlik qilaѐtgani yaqqol namoѐn bo‘lib, har bir o‘smir o‘zi uchun axamiyatliroq bo‘lgan funksiyani e’tiborga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu funksiyalarning rivojlanish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Agar kichik maktab davrida ixtiѐrsiz diqqat ustunlik qilsa, o‘smirlik davrida bola o‘z diqqatini o‘zi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat hollarda o‘quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. O‘smir o‘z diqqatini to‘la ravishda o‘zi uchun axamiyatli bo‘lgan va yuqori natijalarga erishishi mumkin bo‘lgan faoliyatlarga qarata oladi. O‘smirning diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo‘lishi mumkin. Bolaning
rivojlanaѐtgan ixtiѐriy diqqati o‘qituvchi tomonidan doimo qo‘llab – quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jaraѐnda ixtiѐrsiz diqqatni ixtiѐriy diqqat darajasiga ko‘tarish uchun bir qancha uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o‘smirning dars jaraѐnida o‘z tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsatish uchun sharoitni yaratilishi ham o‘smirdagi diqqatni ixtiѐrsizdan ixtiѐriyga aylanishida zamin bo‘lib xizmat qilish mumkin. Lekin o‘smirlik davrida juda kattiq charchash holatlari ham bo‘ladi. Aynan 13 –14 hamda 16 ѐshlarda charchash chizig‘i keskin ko‘tariladi. Bunday holatlarda o‘smir atrofdagi narsa va voqealarga to‘liq diqqatini qarata olmaydi, diqqatning ko‘rinishlariga o‘smirlik erishish va yo‘qotish bo‘yicha to‘la qarama- qarshi bo‘lgan davr hisoblanadi.
Ma’lumki, har bir bolaning munosobatlari aniq ishlarda ko‘rinadi, mustahkamlanadi va qayd etiladi. Bola o‘zidagi mustaqillikni shakllantirish uchun o‘zi mustaqil ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Lekin mustaqil xarakat qilish uchun bola boshqa mexanizmlarga ega emas. Bular o‘smirni o‘z kuchiga ichki bir ishonchni mavjud emasligi o‘z oldida turgan va uning uning natijasini aniq tassavur eta olmaslik kabi alomatlardir. Bu belgilar mana shu ѐshda kishini mustaqil xarakat qilishga qodir bo‘lishga ayni xollarda tevarak atrofdagi kishilarga qarshi borib o‘zini xaq ekanligini qattiq turib himoya qilishga boshqa xollarda esa vaziyatni vazminlik bilan qabul qilishga davat etadi. Kichik o‘smirda o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘zini anglashni shakllantirishni bir qancha yo‘llari mavjud. Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish ѐki oilada o‘z hurmatini talab qilish o‘z so‘zini o‘tkazish o‘zini hurmatli obruli katta ѐshli kishini obraziga o‘xshatib rivojlatirish kuchli bo‘ladi. Ularga biror so‘z ѐki tanbeh bilan murojaat qilsangiz u o‘zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta uddasidan chiqa oladigandek ko‘rsatadi. Vaholanki, hali o‘smirni psixologik imkoniyatlari yetarli emas ѐki rivojlanmagan kattalar o‘qituvchilar o‘smirdagi bu jaraѐnni psixologik nuqtai nazaridan baxolay olishimiz unga soxta pedagogik yuzaki ѐndashmay aksincha unga o‘z imkoniyatlarini o‘stirishga o‘z ichki va tashqi qobiliyatlarini rivojlantirishda yo‘naltirishimiz muhim. O‘smir ѐshdagi bolani birinchi navbatda intiladigan narsani u o‘zini endi kichkina bola emas katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iborat. Bu ѐshda kattalar o‘smirlarni bilib bilmay qo‘yaѐtgan kamchilik va xatolarini ko‘pchilik ichida uyaltirib kamsitib qoralab emas balki psixologik yo‘l bilan ѐndashgan xolda ѐrdam berish uni “katta bo‘lib qolganlik” tuyg‘usini sungdirib emas balki katta odam qanday bo‘lishi va qanday talablarga javob berishi kerakligini anglatish zarur. Demak, bu o‘smirni to‘laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan haѐtiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan bog‘liq salbiy ishlarni psixologik tabiatini to‘g‘ri tushunmog‘i va bolalarni o‘zlarini katta
ѐshga o‘tishlariga to‘sqinlik qilmaslik aksincha ularning bunday xatti- harakatlarini ijobiy yuzaga solish uchun intilishi kerak. O‘smirlarni o‘z
tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir. O‘z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan muammolar munosabat
asosida o‘smir alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o‘taydi. O‘zaro qiziqishlar atrof dunѐni bir birlarini birgalikda anglashlari va tushuntirishlari ular uchun juda qimmatlidir. O‘smirlar uchun uy vazifalari uy ishlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga qaraganda tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimroqdir. O‘z ishlari sirlarini bola endi ota onasiga emas balki tengdoshiga ko‘proq ishonadi. U endi salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urg‘u bermagan xolda o‘zi xoxlagan kishisi bilan do‘st bo‘lish xuquqini talab etadi. O‘z tengdoshlari bilan muloqot va munosabat jaraѐnida o‘z shaxsini erkinlik bilan to‘la namoѐn eta oladi. Ota-onalarning o‘smirga shu erkinlikning bermasligi ѐki o‘smirning shunday deb bilishi natijasida ular ota-onaga qarshi pozitsiyada bo‘ladilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ana shu muloqot va munosabat asosida o‘smirlarda g‘urur hissi shakllana boshlaydi. Albatta g‘urur norma va qoidalari kattalardan o‘rganiladi lekin o‘z g‘ururini qanday himoya qilishi o‘smirlarining alohida nazoratida bo‘ladi. Ular orasida sodiqlik va to‘g‘rilik kabi xislatlar yuqori baholanib O‘smirlar o‘zini hurmat qilishini o‘z fikrini va qiziqishini himoya kilishni bilmagan tengdoshlariga juda past baho beradilar.

Download 269,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish