Avzu: Ta’limda o‘quvchilarning



Download 269,22 Kb.
bet2/5
Sana09.02.2022
Hajmi269,22 Kb.
#438155
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Ta’limda o‘quvchilarning individual psixologik xususiyatl

2.Turli yosh davrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari

Yosh davrlari muammosini o‘rganish ko‘pgina oimlarni qiziqtirib kelgan


muammolardandir. L.S.Vыgotskiy birinchilardan bo‘lib shaxs ontogenetik rivojlanishini davrlashtirishda tarixiylik tamoyiliga amal qilish lozimligini ta’kidlagan. Uning fikricha, bolali – bu murakkab ijtimoiy madaniy hodisa bo‘lib, tabiatan tarixiy kelib chiqish xarakteriga ega.
D.B.Elkoninning fikricha, bola taraqqiѐti qonuniyati deganda ijtimoiy madaniy taraqqiѐtda sifat o‘zgarishi nazarda tutiladi. D.B.Elkoning g‘oyalari negizida bolalikning tarixiy rivojlanishini V.T.Kudryavsev bolalikning uch tipini ajratgan:
1. Kvazibolalik – insoniyat tarixining ilk bosqichlari, kattalar mehnatidan ajratilmagan vaziyat, ya’ni kattalar bilan birga mehnat qilish.
2. Riojlanmagan bolalik – bolalar dunѐsi ajralib chiqaan, bolalar oldida yangi ijtimoiy vazifa, ya’ni kattalar dunѐsiga integratsiyalanish paydo bo‘lgan. Bunda rolli o‘yinlar ahamiyatga ega bo‘ladi.
3. Rivojlangan bolalik (V.V.Davыdov tomonidan fanga kiritilgan) – zamonaviy bolalik, ya’ni ijtimoiy taraqqiy etgan davr.
L.S.Vыgotskiy inson umrini davrlashtirishda ѐsh inqirozlarini asos qilib olgan va quyidagi bosqichlarga bo‘lgan:
- tug‘ilgandagi inqiroz
- go‘daklik (2 oydan -1 ѐshgacha)
- bir ѐsh inqirozi
- ilk bolalik davri (1-3 ѐsh)
- uch ѐsh inqirozi
-maktabgacha tarbiya ѐshi (3-7ѐsh)
-yetti ѐsh inqirozi
-kichik maktab ѐshi (8-12 ѐsh)
- 13 ѐsh inqirozi
- pubertat davri (14-17 ѐsh)
-17 ѐsh inqirozi.
D.B.Elkonin esa davrlashtirishda yetakchi faoliyatga urg‘u beradi:




Bosqchilar

Davrlar

Xronologik
ѐsh

Yetakchi faoliyat turi



Faoliyat tipi

Rivozlanishdagi
o‘ziga xoslik

Ilk
bolalik

Chaqaloqlik

0-1 ѐsh

Bevosita-
emotsional
muloqot

Ayrim
faoliyatning ijtimoiy-
motivatsion
tomoni
rivojlanadi, munosabatlar tizimi,
motivlar
shakllanadi

Motivatsion – ehtiѐjlar
sohasi

Ilk
bolalik davri

1-3 ѐsh

Predmetli
faoliyat

Faoliyatning operatsion
tomoni
rivojlanadi



Intellektual- bilish sohasi

Bolalik

Maktabgacha
tarbiya ѐshi

3-7 ѐsh

Rolli o‘yin

Ayrim
faoliyatning
ijtimoiy-
motivatsion
tomoni
rivojlanadi,
munosabatlar
tizimi,
motivlar
shakllanadi

Motivatsion– ehtijlar sohasi

Kichik
maktab ѐshi

7-10 ѐsh

Ta’lim

Faoliyatning


operatsion
tomoni rivojlanadi

Intellektual- bilish sohasi

O‘smirlik

O‘smirlik

11-15 ѐsh

Tengdoshlar
bilan
intim-
shaxsiy
muloqot

Ayrim
faoliyatning ijtimoiy-
motivatsion
tomoni
rivojlanadi, munosabatlar tizimi,
motivlar
shakllanadi



Motivatsion– ehtiѐjlar
sohasi

Ilk
o‘spirinlik

15-17 ѐsh

O‘quv –
kasbiy
faoliyat

Faoliyatning operatsion


tomoni
rivojlanadi



Intellektual- bilish sohasi

V.I.Slobodchikov va G.A.Sukerman E.Erikson va D.B.Elkoninlarning konsepsiyalarini tahlil qilish natijasida inson taraqqiѐtini quyidagicha davrlashtirishadi:
1. Jonlanish (tug‘ilgandan 12 oygacha) – yaqinlariga bog‘liqlik. Bu davrda bola o‘zining tanasi va psixosomatik individualligini o‘zlashtiradi.
2. Ruhlanish (11 oydan 6.5 ѐshgacha) – yaqin qarindoshlari bilan yakdillik. Bola birinchi marta “o‘zligi”ni anglaydi, o‘z hoxish va istaklarining sub’ekti sifatida o‘zini taniydi.
3. Personalizatsiya (5.5-18 ѐsh) – muloqot doirasi kengayadi. O‘z shaxsini anglaydi, kelajak oldida ma’suliyatni xis qila boshlaydi.
4. Individualizatsiya (17-42 ѐsh) – qadriyatlar tizimi va ideallari rivojlanadi. Inson o‘z oldida mas’uliyatni his eta boshlaydi.
5. Universalizatsiya (39 ѐshdan yuqori) – oliy qadriyatlarning rivojlanishi, shaxsda individuallikning rivojlanishi.
Insonontogenetik taraqqiѐtini davrlashtirish masalasi xorijda quyidagicha hal etilgan.
Z.Freyd bo‘yicha davrlashtirish:
- Oral bosqich tug‘ilgandan 18 oygacha davom etadi. Bundan ona suti bilan
ozuqalanish, ovqatlanishga asosiy urg‘u beriladi. Bu dvrda onaning ishonchi va mehri yetakchi o‘ringa ega.
- Anal bosqich 1-1.5 ѐshdan 3 ѐshgacha davom etadi. Asosiy jihat Egoning rivojlanishi bilan belgilanadi. Aynan mana shu davrda ota-ona ѐrdamida bolada o‘zini – o‘zi boshqarish mexanizmi rivojlana boshlaydi.
- Fallik bosqich 3 ѐshdan 6 ѐshgacha davom etadi. Bu davrda jinsiy identifikatsiya shakllanadi. O‘g‘il bolalarda Edip, qiz bolalarda Elektra komplekslari aynan mana shu davrda kuzatiladi.
- Latent bosqich 6-7 ѐshdan 12 ѐshgacha davom etadi. Ta’lim, sport, do‘stlar bilan muloqotga bo‘lgan ehtiѐj ortadi.
- Genital bosqich (12-18 ѐsh) – biologik yetilish bilan kechadigan davr. Inson organizmidagi biologik yetilish agressiv qo‘zg‘alishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
E.Eriksonning psixosotsial davrlashtirish bosqichlarida ma’lum bir xislarga asoslanilgan va ular quyidagilar:
1. Go‘daklik davri (tug‘ilgandan 1 ѐshgacha): ishonch/ishonchsizlik. Bu xislar ona mehri va g‘amxo‘rligining qay darajadaligi bilan bog‘liq. Agar oilada emotsional diskommfort kuzatilsa bolada ishonchsizlik hissi ustunlik qila boshlaydi.
2. Ilk bolalik (1-3 ѐsh): avtonomiya/uyat va shubha. Bola jamiyatda qabul qilingan normalarga duch kela boshlashi natijasida unda “Men qila olaman”, “Men o‘zim” ѐki uning aksi bo‘lgan kechinmalar yuzaga kela boshlaydi. 3.O‘yin davri (3-6 ѐsh): tashabbuskorlik/aybdorlik. Bola rolli o‘yinlar orqali ijtimoiy tajribani o‘zlashtira boshlaydilar. O‘yin jaraѐnini tashkil etishda bolaning tashabbusini kattalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ѐxud qattiq tanqid qilinishi mazkur xislarni shakllanishiga olib keladi.
4. Maktab ѐshi (7-12 ѐsh): mehnatsevarlik/noto‘liqlik. Ta’lim va o‘z ustida ishlash yetakchilik qiladi. Tengdoshlari orasidagi mavqei va shaxslararo munosabatlari uning shaklanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
5. O‘spirinlik (12-13 ѐshdan 19-20 ѐshgacha): ego-identifikatsiya / rollar almashinuvi. Bu davr “Men kimman?”, “Men qaerga ketyapman?”, “Kim bo‘lishni istayman?” kabi savollarga birin-ketin javob izlashni boshlaydi va qadriyatlar tizimi shakllanadi.
6. Yoshlik (20-25 ѐsh): yaqinlikka intilish / izolyatsiya. Bu davr kasbiy faoliyat va oilaviy haѐtning boshlanishi bilan xarakterlanadi.
7. Yetuklik (26-64 ѐsh): samaradorlik / inertlik. Ijtimoiy haѐt tarzi, kattalarga g‘amxo‘rlik, oilaviy turmush, kasbiy muvaffaqiyat kabilar bilan belgilanadi.
8. Keksalik (65 ѐshdan yuqori): yaxlit ego / ko‘ngil qolishi. Nafaqaga chiqish inqirozi va yaqin kishisini yo‘qotish kabilar bilan belgilanadi.
J.Piaje inson taraqqiѐtini uch davrga ajratadi:
- Sensomator bosqich – tug‘ilgandan 1.5 ѐshgacha. Bu bosqichning o‘zi 2
bosqichga bo‘linadi:
1. 7 - 9 oygacha bo‘lgan davrda go‘dakda o‘z tanasiga markaziy e’tibor
qaratiladi.
2. 9 oydan boshlab makon bilan amaliy intellekt orasida ob’ektiv
bog‘liqlik kuzatiladi.
- Aniq – operatsiyalar bosqichi – 1.5 - 2 ѐshdan 11 ѐshgacha. Bu bosqich
quyidagi bosqichga bo‘linadi:
1. Operatsiyalargacha bo‘lgan tayѐrlov bosqichi (2-5 ѐsh).
2. Aniq operatsiyalarning birinchi darajasi (5-7 ѐsh).
3. Aniq operatsiyalar funksiyalarining ikkinchi darajasi (8-11 ѐsh).
- Rasmiy – operatsiyalar bosqichi – 11-12 ѐshdan 14-15 ѐshgacha. Bu davrda
bolada mantiqiy, tahliliy fikrlash rivojlanadi.


Download 269,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish