Avzu: Ta’limda o‘quvchilarning



Download 269,22 Kb.
bet3/5
Sana09.02.2022
Hajmi269,22 Kb.
#438155
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Ta’limda o‘quvchilarning individual psixologik xususiyatl

3.O‘quvchi shaxsining samarali shakllanishi psixologik shart-sharoitlari

Yosh avlodni har tomonlama yetuk ahloqli odobli kishilar sifatida


kamol toptirish muhim vazifadir. Ma’lumki o‘quvchi shaxsini shakllantirish ishlarini namunali yo‘lga qo‘yish uchun avvalo ularning xarakter xislatlarini qanchalik tarkib topganligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Har bir o‘quvchi ahloqiy tushunchalarni qanday o‘zlashtirganini aniqlamay ular bilan yakkama- yakka munosabatga kirishish mumkin emas.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishonuvchan tashqi ta’sirotga beriluvchan bo‘ladilar. Buyuk allomalarimiz ta’kidlaganidek kishining fe’l atvori hammadan ko‘ra ko‘proq haѐtining dastlabki yillarida tarkib topadi va unda shu davrda paydo bo‘lgan sifatlar mustahkam o‘rnashib kishining ikkinchi tabiatida ijobiy hissiѐtlarni fazilatlarni tarkib toptirish yuksak ahloq normalarini shakllantirish uchun butun mas’uliyat boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining zimmasiga tushadi. Bolaning mazkur ѐsh davrida o‘qituvchining har bir gapi har bir xatti-harakati ta’sir ko‘rsatish uslubi uning uchun haqiqat mezoni vazifasini bajaradi. Chunki o‘quvchilar o‘qituvchilariga qattiq ishonadilar uning fikr-mulohazalariga quloq soladilar pedagogik nazokatidan jiddiy
ta’sirlanadilar talablariga hamisha amal qiladilar u bergan topshiriqlarni bekamu-ko‘st bajarishga intiladilar. Ana shu davrda o‘qituvchi uchun a) o‘quvchilarning ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsat ish ijobiy his-tuyg‘ulari va ezgu niyatlarini qo‘llab quvvatlash b) ularni atrofdagi kishilarga ѐrdam berishga undash to‘g‘ri mulohaza yuritishga o‘rgatish noma’qbul qiliqlardan tiyish tabiat manzaralarini kuzatishga va musiqa tinglashga odatlantirish v) ularga nimalar bilan shug‘ullanish kerakligini burch hissini tushuntirish g) ular bilan o‘qilgan kitoblarni ko‘rilgan tomoshlarni muhokama qilish imkoniyati tug‘iladi.
O‘qituvchining o‘kuvchilar bilan mazmunli suhbatlar o‘tkazishi ularni g‘aroyibotlar olamiga olib kirishi faollik sari yetaklashi alohida ahamiyat kasb etadi. Kichik maktab ѐshidagi o‘quchilarning ahloqiy sifatlarini rivojlantirishda ko‘zlangan maqsadga erishish uchun ularning ѐshi va psixologik xususiyatlarini hisobga olish shart.
Ma’lumki, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari har xil bo‘lib bir o‘quvchiga muvaffaqiyat bilan qo‘llangan tarbiyaviy ta’sir vositasi boshqa biriga qo‘llanilganda kutilgan natijani bermasligi mumkin. Tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarga yakkama-yakka ѐndashib amalga oshirilsa yaxshirioq samaraga erishilishi shubhasizdir.
Mana shunday ѐndashishda o‘quvchi shaxsining xususiyatlariga va uning muayyan davrdagi psixologik holatiga mos tarbiyaviy vositalarni tanlash va yangi vositalarni topishni talab qiladi. Bunda o‘qituvchining o‘quvchilarga g‘amxo‘rligi pedagogik odob o‘z xatti-harakatining natijasini oldindan ko‘ra olishi muhim rol o‘ynaydi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish o‘qituvchi o‘quvchilarning xususiyatlarini qanchalik o‘rganganiga bog‘liqdir. Ta’lim jaraѐnida har bir o‘quvchining psixik dunѐsiga oqilona yo‘l topa olish muvaffaqiyatlarning garovidir.
Kichik maktab ѐshidagi bolalarda namoѐn bo‘ladigan xarakterologik xatti-harakatlarni hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va mustahkam xatti-harakat shakllari deb bo‘lavermaydi. Kichik maktab ѐshidagi davrida xarakter endigina tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab ѐshidagi bolalara xarakterologik xatti-harakatlar o‘zining beqarorligi va qarama-qarshiligi bilan farq qilishi mumkin. Shu munosabat bilan ba’zan ulardagi o‘tkinchi psixik holatlarni xato ravishda xarakter xislatiga qo‘shib yuborish mumkin. N.D.Levitov bu xatoga shunday bir misol keltiradi. 1-sinf o‘qituvchisi o‘z o‘quvchi qizlaridan birini har qanday ishni oxirigacha yetkaza oladigan qiyinchiliklarni yenga oladigan matonatli qiz deb hisoblar edi. Biroq tajribali psixolog tomonidan o‘tkazilgan kuzatishdan ma’lum bo‘lishicha
o‘quvchi qizdagi matonat faqat ma’lum sharoitdagina maydonga keladigan vaqtincha, ya’ni o‘tkinchi psixik holat ekan. O‘quvchi qizdagi matonat o‘z dugonasining namunali xatti-harakatini ko‘rganda va dugonasining faoliyati muvaffaqiyatli bo‘lganda namoѐn bo‘lgan. Muvaffaqiyatsizlik qizchani izdan chiqarib qo‘ygan.
O‘smirlarda o‘zini anglashning muhim xususiyatlaridan biri o‘zini bilishga bo‘lgan ehtiѐj bilan shaxsning namoѐn bo‘lishini yetarli darajada to‘g‘ri tahlil qila olmasligi o‘zi haqida yetarli darajada ob’ektiv bilimlarga ega emasligi o‘rtasidagi qarama – qarshidir mana shu asosda ba’zan o‘smirdagi tirishqoqlik darajasi bilan uning jamoadagi haqiqiy mavqie o‘rtasida, uning o‘z – o‘ziga nisbatan, o‘z shaxslariga nisbatan bo‘lgan munosabati bilan unga hamda uning shaxsining sifatlariga nisbatan kattalarning va tendoshlarining munosabatlari o‘rasidagi ixtilof yuzaga keladi. A.G.Kovalev adolatli ravishda ta’kidlaydigan, o‘smirlarda ikkita bir – biriga qarama – qarshi, ammo har ikkisi ham ayni bir vaqtda salbiy bo‘lgan yechinmalarni, ya’ni boshqalardan ustunlik va kamlik hissini tug‘dirmaslik uchun o‘smir shaxsiga to‘g‘ri baho berishi muhimdir.
Shunday qilib, o‘zini anglash va voqelikka bo‘lgan onli munosabatning
rivojlanishi asosida, o‘smirlarga bo‘lgan talablarning ortishi hamda uning jamoada tutgan yangi holati asosida o‘smirlarda o‘z – o‘zini tarbiyalashdagi, o‘zida ijobiy sifatlarni ongli ravishda va maqsadga muvofiq holda rivojlantirishga va salbiy sifatlarni yengishga, o‘z kamchiliklarni yo‘qotishga intilish ѐtadi. Shunisi ham borki, ba’zan o‘z – o‘zini tarbiyalash yuzasidan ehtiѐj bilan o‘z – o‘zini tarbiyalash imkoniyatiga ishonmaslik o‘rtasida qarama – qarshilik yuzaga keladi. O‘qigan ayrim kitoblarni va ko‘rgan kinofilmlarini mustaqil tushuncha olmay ayrim o‘smirlar shunday fikrga keladiki, juda ko‘p insoniy sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi, demak bunday sifatlarni rivojlantirish ustida ilashning hojati yo‘q deb o‘ylaydilar. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘quvchilar ko‘pincha shartli va shartsiz odatlar haqidagi ta’minotni xatti – harakatlarning biologik jihatdan azaldan belgilangan tug‘ma shakllari haqidagi ta’limot deb tushunadilar.
O‘smirlik ѐshida psixologik jihatdan eng muhim hisoblangan yangi
xislatlarning tarkib topishi unda, ya’ni o‘smirda o‘ziga xos kattalik hissini yuzaga kelishidir. O‘smir bu hissiѐtni o‘z – o‘ziga katta ѐshli odam sifatida bo‘lgan shaxsiy munosabatlarni kattalar, jamoasida ular haѐtining to‘laqonli va to‘la xuquqli a’zosi sifatida yashashga tayѐr ekanligini sub’ektiv tarzda ichidan kechiradi. Psixologlarning tadqiqotlari kattalik hissini xarakterli xislatlarini, uning mazmun va shakl tomonidan namoѐn bo‘lishini ko‘rsatadi. Kattalikning ob’ektiv tarzda namoѐn bo‘lishi ijtimoiy – ahloqiy doirada, intellektual faoliyatida, qiziqishlarda romantik munosabat elementlarida kuzatiladi. Kattalik hissi o‘smirning katta kishi sifatida o‘z – o‘ziga bo‘lgan munosabatida va o‘zining kattaligini ob’ektiv e’tirof etish xohishida ifodalanadi. U ya’ni o‘smir tevarak atrofdagilardan o‘ziga kattalardek
munosabatda bo‘lishlarini talab qiladi, o‘z haѐtining ayrim tomonlariga kattalarning aralashishidan himoya qilish hohishini namoѐn qiladi va kattalarning qarshilik qilishlariga qaramay, o‘z qarashlari hamda o‘z mulohazalari ustida turishga harakat qiladi. Qisqacha qilib aytganda, A.G.Kovalevning qayd qilishicha, birmuncha aktivroq ijtimoiy holatni egallash uchun yetilgan o‘smir uning bolalik chog‘larida tarkib topgan ilgarigi munosabatlarni parchalab, o‘zining hozirgi holati uchun kurasha boshlaydi.
Psixologik kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlik ѐshida
o‘rtoqlari bilan bo‘lgan munosabatlarga intilish, o‘z tengdoshlari jamoasidagi haѐtga intilish juda ѐrqin namoѐn bo‘ladi. Qator tadqiqotlarda D.B.Elkonin, T.V.Dragunova o‘zgalar bilan bo‘lgan munosabatlarda kattalik hissi amalga oshiriladi va munosabatlarning ijtimoiy-ahloqiy normalari o‘zlashtiriladigan deb hisoblab, o‘smirlarning o‘rtoqlari bilan bo‘lgan munosabatlarini hatto ular haѐtining alohida doirasi sifatida ajratishga moyildir.
O‘smirlar ѐshi uchun shaxsiy do‘st bo‘lish hissi, do‘stlarcha munosabatga
bo‘lgan haqiqiy ehtiѐjning sezilarli darajada rivojlanish xarakterlidir. O‘smirlar: “Do‘stsiz haѐtni tasavvur qila olmayman”, “Do‘stlik – bu insonda bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi fazilatdir”, deb hisoblaydilar. Do‘stlik motivlari ancha chuqur bo‘la bo‘ladi. Endi ular ko‘pincha kichik maktab ѐshidagi bolalarda bo‘lgani singari faqat bir partada o‘tirganlari ѐki bir uyda yashaganliklari uchun emas, balki umumiy qiziqish – havaslari negizida birgalikda ishlash, o‘zaro hurmat qilish va ѐqtirish, ishonish va tushunish, yaqin qarindoshlar va didlar negizida do‘stlashadilar. Agar ilgarilari do‘st o‘z-o‘zidan topilib qolgan bo‘lsa, endilikda o‘smir do‘stlik qachon kelar ekan deb passiv poylab o‘tirishga moyil emas. O‘smir yaqin o‘rtog‘ini, do‘stni topishga aktiv ravishda intiladi, ana shu nuqtai nazarda o‘z sinfdoshlarining tegishli sifatlarini sinab ko‘radi. D.B.Yelkonin, T.V.Dragunovlar do‘st qidirish yuzasidan maxsus faoliyat borligi haqida gapiradilar. Ularning termonologiyalariga ko‘ra, bu faoliyat “taxminan sinab ko‘rish” xarakteriga ega bo‘ladi.



Download 269,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish