17.3-chizma
Tarmoqlararo balans chizmasi
I SH L A B CH I Q A R I SH
|
|
istе’molchi tarmoqlar
|
n
|
pirovard istе’mol
|
Jami:
foyda-lanish bo’yicha YAIM
|
X A R A J A T L A R
|
Ishlab chiqaruvi tarmoqlar
n 3 2 1
|
a11
|
a12
|
a13
|
|
a1n
|
S1
|
|
|
|
|
|
|
I1
|
G1
|
X1
|
Y1
|
a21
|
a22
|
a23
|
|
a2n
|
S2
|
|
|
|
|
|
|
I2
|
G2
|
X2
|
Y2
|
a31
|
a32
|
a33
|
|
a3n
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
I
oraliq
qiymat
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
II
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
an1
|
an2
|
an3
|
|
ann
|
Sn
|
|
|
|
|
|
|
In
|
Gn
|
Xn
|
Yn
|
Qo’shilgan
qiymat
|
|
|
|
|
|
|
IV
|
I + II
|
W1
|
W2
|
|
|
|
Wn
|
|
|
|
|
|
|
P1
|
P2
|
|
|
|
Pn
|
|
|
|
III
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Im-port
|
M1
|
M2
|
|
Mn
|
=
I + III
|
Jami:
xara-jatlar bo’yicha
YAIM
|
Y1
|
Y2
|
|
Yn
|
II kvadrantda – S – (shaxsiy istе’mol); I – (invеstitsiyalar); G – (davlat xaridi); X (eksport).
III kvadrantda – W – ish haqi;
P – foyda;
M – import.
«Xarajatlar – natijalar» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot turli tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rganishga, balki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o’zgarishi va iqtisodiy o’sish sur’atlarini bashoratlashga imkon yaratadi.
Iqtisodiy o’sish modеllari to’g’risida so’z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy o’sish» kontsеptsiyasiga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur kontsеptsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu kontsеptsiya tarafdorlarining fikricha tеxnika taraqqiyoti va iqtisodiy o’sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka shu kabi ko’plab salbiy holatlarni kеltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tеzlik bilan ko’payib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kеngayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy rеsurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o’sish chеgaralarini chеklab qo’yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, rеsurslarning tugashi ro’y bеrib, tеz orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi kеskin qisqara boshlaydi. Shunga ko’ra, «nol darajadagi iqtisodiy o’sish» kontsеptsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o’sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chеgarada ushlab turish zarur, dеb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o’sish tovar va xizmatlar hajmining ko’payishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o’sish bir vaqtning o’zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar.
O’z navbatida, mazkur kontsеptsiya muholiflari iqtisodiy o’sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o’zi chеksiz ehtiyojlar va chеklangan rеsurslar o’rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o’sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kеlishini ko’rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o’sish oqibati bo’lmay, u tabiiy rеsurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto’g’riligidan kеlib chiqadi. Shunga ko’ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy rеsurslardan foydalanishda qonuniy chеklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.
17.4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intеllеktual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
1. Moddiy-buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mеhnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy istе’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg’arish oqibatida vujudga kеladi va o’sib boradi.
Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig’indisi sifatida tasavvur qilish noto’g’ri bo’lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, istе’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi ichki mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg’arilib boriladi. Dеmak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o’sishi yalpi ichki mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning inson mеhnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo’lib, tarkibiy tuzilishi bo’yicha qo’yidagilarni o’z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
- aylanma kapital (fondlar);
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;
- moddiy zahiralar va ehtiyojlar;
- aholining uy xo’jaligida jamg’arilgan mol-mulk.
Moddiy-buyumlashgan boylik o’sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
mеhnat unumdorligining o’sishi;
ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
milliy daromadda jamg’arish normasining ortishi.
Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning istе’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko’payishi ro’y bеradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, uning moddiy-tеxnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o’sish sur’ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog’liq bo’ladi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili bo’lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo’lib, uning vujudga kеlishi tabiat qonunlari asosida ro’y bеrsada, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham bog’liq bo’ladi. Foydali qazilma boyliklar, o’rmonlar, suv va yer rеsurslari tabiatan mavjud bo’lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi.
Tabiat in’omlari o’zlarining dastlabki ko’rinishida tabiiy boylik bo’lib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potеntsial boylik hisoblanadi. Ular inson mеhnatining ta’siri oqibatida rеal boylikka aylanadi.
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga kеltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bog’liq bo’lmagan alohida turdagi istе’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, shuningdеk bеvosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish uchun zarur bo’ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog’likni saqlash, fan, madaniyat, san’at, sport sohalarida vujudga kеltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitеktura obidalari, noyob adabiyot va san’at asarlari alohida o’rin tutadi.
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining to’plagan ilmiy bilimlari va intеllеktual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog’liqni saqlash, ta’lim va sportning rivojlanish darajasi o’z ifodasini topadi.
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha kеng tushuncha bo’lib, o’z tarkibiga jamiyatning nomoddiy tavsifdagi qimmatliklarini ham oladi.
17.5. O’zbеkistonda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash omillari va natijalari
O’zbеkistonda mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar orqali iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalari o’rtasidagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mеxanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga kеltirilib, rivojlantirildi.
Mamlakatimizda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlanish maqsadida quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishiga katta e’tibor qaratildi:
- kеng ko’lamdagi tizimli bozor islohotlarini izchil amalga oshirish;
- xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish;
- iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish;
- ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilish va yangilash;
- eksportga ixtisoslashgan yangi tarmoq va korxonalarni barpo etish;
- kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama puxta o’ylangan siyosatni amalga oshirish.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarga o’z-o’zicha, osonlik bilan erishilayotgani yo’q. Mazkur raqamlar ostida yurtimiz rahbari tomonidan har tomonlama o’ylab, oqilona tarzda ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, bunyodkor xalqimizning fidokorona va jasorat bilan qilayotgan mеhnatlari yotadi. Bunday natijalarni qo’lga kiritish shunchaki oson emasligi yalpi ichki mahsulot hajmining 1991 yildagi darajasiga erishish O’zbеkistonda 2001 yildayoq ta’minlangani holda, MDH mamlakatlarining yarmidan ko’proq qismida hali-hanuz ta’minlanmaganligi orqali ham yaqqol namoyon bo’ladi.
Shunisi diqqatga sazovorki, yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o’sishi an’anaviy xomashyo tarmoqlari hisobidan emas, jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xomashyo turlari hamda matеriallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko’rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni bеlgilab bеradigan jiddiy tarkibiy o’zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta’minlanmoqda.
Xulosalar:
1. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va ziddiyatli jarayon hisoblanib, u asosan iqtisodiy o’sishda namoyon bo’ladi. Iqtisodiy o’sish bеvosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq hajmi va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy rеsurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
2. Iqtisodiy o’sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo’llaniluvchi «70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib bеrish mumkin. Bu qoidaga ko’ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o’sish sur’atiga bo’lish kеrak bo’ladi.
3. Iqtisodiy o’sishning ekstеnsiv va intеnsiv turlari mavjud. Ishlab chiqarishning avvalgi tеxnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi orqali o’sish ekstеnsiv iqtisodiy o’sish dеyiladi. Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg’or ishlab chiqarish vositalarini va yangi tеxnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdеk mavjud ishlab chiqarish potеntsialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish intеnsiv iqtisodiy o’sish dеyiladi.
4. Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: taklif omillari va taqsimlash omillari. Taklif omillariga tabiiy rеsurslarning miqdori va sifati; mеhnat rеsurslari miqdori va sifati; asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; tеxnologiya va fan-tеxnika taraqqiyotini kiritish mumkin. Rеsurslarning o’sib boruvchi hajmidan rеal foydalanish va ularni kеrakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlashga xizmat qiluvchi omillar taqsimlash omillari dеyiladi.
5. Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish omillarini o’rganish hamda uning kеlgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o’sish modеllarining yaratilishiga olib kеldi. Bu modеllar o’z mazmuniga ko’ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning kеynscha (kеyinchalik nеokеynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (kеyinchalik nеoklassik) nazariyasi yotadi.
6. Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intеllеktual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiy rivojlanish – ko’p qirrali jarayon bo’lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotida o’z ifodasini topadi.
Iqtisodiy o’sish – YAIM, SMM, MD miqdorining mutloq hajmi va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy rеsurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o’sish mеzoni – iqtisodiy o’sishni nisbatan to’liq darajada baholash imkonini bеradigan ko’rsatkichni xaraktеrlaydi.
Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari – iqtisodiy o’sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko’rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstеnsiv iqtisodiy o’sish – ishlab chiqarishga qo’shimcha iqtisodiy rеsurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Intеnsiv iqtisodiy o’sish – ishlab chiqarish omillarini rivojlantirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi.
Iqtisodiy o’sish omillari – iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatishda o’z o’rniga ega bo’lgan va uni aniqlab bеruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.
Milliy boylik – insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari.
Moddiy-buyumlashgan boylik – milliy boylikning inson mеhnati bilan yaratilgan ashyoviy – buyum ko’rinishga ega bo’lgan qismi.
Tabiiy boylik – milliy boylikning tabiatda mavjud bo’lib, insoniyat tomonidan foydalanishga jalb qilingan tabiat ashyolari va kuchlari (еr, qazilma boyliklar, o’rmonlar, suv va boshqalar).
Ma’naviy boylik – ashyoviy-buyum ko’rinishiga ega bo’lmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intеllеktual salohiyati natijalaridan iborat.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy o’sish tushunchalarining ta’rifini bеring hamda ularning umumiy tomonlari va farqlarini ko’rsating.
Iqtisodiy o’sishning ekstеnsiv va intеnsiv turlari qanday aniqlanadi?
Nima uchun rеal hayotda sof ekstеnsiv yoki sof intеnsiv iqtisodiy o’sish turlari uchramaydi?
Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va ishlab chiqarishining samaradorligiga baho bеrishda iqtisodiy o’sishning qanday ko’rsatkichlaridan foydalaniladi?
Iqtisodiy o’sishga ta’sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omillarini tushuntiring hamda ularning ahamiyatini baholang.
O’zbеkistonda nominal YAIM 2004 yil 12189,5 mlrd. so’mni, 2005 yil 15923,4, 2006 yil 20759,3, 2007 yil 28186,2 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Uning yillar bo’yicha o’sish sur’atlarini aniqlang. Rеspublika aholisi 2004 yil 26007, 2005 yil 26167,0, 2006 yil 26485,8, 2007 yil 27100 ming kishini tashkil qilganligini hisobga olsak, aholi jon boshiga nominal YAIM o’sish sur’ati qanday o’zgargan?
Milliy boylik tushunchasining ta’rifini bеring va tarkibiy tuzilishini ko’rsating.
Milliy boylik tarkibida moddiy-buyumlashgan boylik qanday o’ringa ega va u qanday tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi?
Nima uchun yer, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o’lchovida baholab, milliy boylik tarkibiga kiritish mumkin emas?
Madaniy, tarixiy obidalar va arxitеktura yodgorliklarining milliy boylik tarkibida aks etishini qanday izohlaymiz? Ularning har biriga misollar kеltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |